Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
BOBIYLIK - 19-a.ning 40-50-y.larida Eronda shialik ichida vujudga kelgan diniy 
harakat. Asoschisi - Mirzo Ali Muhammad Sheroziy Bob laqabi bilan tanilgan (1849 
y.v.e.) bo‘lib, vafotidan keyin Bahoullo laqabli Mirzo Husayn Ali harakatga rahbarlik 
qilgan. Shundan keyinroq bu harakat bahoiylik deb nomlandi. Bobiylar (bahoiylar) 
akddasini quyidagilar tashkil qiladi: ular e’tiqod qilishlaricha, Bob butun borliqni 
yaratgan. Tanosux (ruhning bir jismdan boshqasiga ko‘chib yurishi) B. aqidasining 
asosini tashkil qiladi. 19-raqamni muqaddas bilib oylarni va oylardagi kunlarni 19 tadan 
deb bo‘lgan. Shuningdek, B. aqidasida Budda, Konfutsiy, Brahma va Zardushtni 
payg‘ambar deb e’tiqod qilish buyuriladi. Iso Masihni xochga mixlangan deb ishonadilar. 
Jannat, do‘zax, farishtalar, jinlarni va payg‘ambarlar mo’jizasini inkor qiladilar. Ayollar 
satri avratda hijob bilan yurishini harom deydilar. Boylar, shoh zulmiga qarshi qaratilgan 
yirik xalq qo‘zg‘olonlari B. bayrog‘i ostida ko‘tarilgan. Bobiylar shaxsni himoya qilish, 
kambag‘allardan olinadigan soliklarni bekor qilish, yirik yer egalarining xususiy mulkini 
tugatish, barcha mol-mulkni teng taqsimlashni talab qildilar. Mavjud din va davlat 
tizimini ag‘darib tashlashni targ‘ib etdi. Bobiylar ta’qib etildi, ularning qo‘zg‘olonlari 
shafqatsiz bostirildi. Kutulib qolganlari yashirindi yoki mamlakatni tark etishdi. B. 
tarafdorlari Eronda, oz mikdorda Iroq, Suriya va Isroilda mavjud.
 
BOBO DEHQON - 1) Markaziy Osiyo xalqlarining mifologiyasida dehqonchilik homiysi. 
Islomdan oldin vujudga kelgan timsol. Miflarda B.D. odamlar uchun turli narsalar - olov
o‘simliklar, mehnat qurollarini topib beradigan yoki dastlab ularni yaratgan, ularga ov 
qilish, hunar va san’atni o‘rgatadigan, ular orasida ijtimoiy tartib, nikoh qoidalari
sehrgarlik, urf-odat va bayramlarni joriy etadigan afsonaviy shaxs, baquvvat keksa 
dehqon sifatida talqin etilgan. Afsonalarda aytilishicha, B.D. birinchi bo‘lib omoch va 
sug‘orish arikdarini ixtiro qilgan. Markaziy Osiyoda islomning tarqalishi natijasida B.D. 
obrazi uning manfaatlariga moslashtirilgan, ba’zan B.D.ni Odamato va Xizr obrazlari 
bilan aynanlashtirilgan. Yer haydash, ekin ekish, hosilni yig‘ib olish va shunga o‘xshash 
dehqonchilik ishlari B.D. nomi bilan boshlangan. Hosilni yig‘ib olish munosabati bilan 
B.D.ga atab maxsus xirmon to‘yi o‘tkazilgan, har xil taomlar tayyorlangan, ularda 
mullalar, qorilar B.D. sharafiga duolar o‘qigan. O’zbek va tojiklarda yer xaydashni va 
ekishni birinchi boshlab bergan dehqon B.D.ning timsoli deb qaralgan; 2) dehqonchilik 
ishida katta tajribaga ega bo‘lgan odam, obro‘li dehqon.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin