Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
67
muntazam foydalangan. Xorijiy Sharq mamlakatlarida "D. ul-x." hozir ham keng
tarqalgan. Uning sharxlari va turkiy tilga qilingan tarjimalari ham mavjud.
DALOILXONA (arab. daloil - dalillar) - O’rta Osiyoning yirik shaharlaridagi eski diniy
maktab. D.ga savodi chiqqan bolalargana qabul qilingan. Unda dastlab (taxm. 1-2 oy)
bolalarga Qur’onning ayrim sura va oyatlari, so‘ngra asosiy kitob - Daloil ul-xayrot"
yodlatilgan. D.da o‘qish muddati aniq belgilanmagan. Qobilyatli,
xotirasi kuchli talabalar
kitobni 2-3 oy davomida yod olganlar.
DARVISH, qalandar (fors. - turkcha -qashshoq, kambag‘al; arab. faqir) - o‘zini Alloh
yo‘lida xizmat qilishga bag‘ishlagan va o‘zini o‘zi kamolotga yetishtirish yo‘liga kirgan
inson. "So’fiy" so‘ziga sinonim. D.lik ta’limotining asosini zikr
tushish orqali xudo bilan
"yaqinlashish" va, hatto, u bilan "qo‘shilib ketish" mumkin, degan g‘oya tashkil qiladi.
Eron, O’rta Osiyo, Turkiyada D. so‘zi tor ma’noda - shaxsiy mulki bo‘lmagan kambag‘al,
daydi zohidni (16-asr boshigacha -"qalandar" atamasining sinonimi) anglatgan. D.ning
boshlang‘ich ma’nosini bildirgan "kambag‘al" so‘zi so’fiylikning ixtiyoriy kambag‘allik, oz
narsaga qanoat qilish haqidagi ta’limotidan kelib chiqqan. D. lar muayyan maslak
(suluk)ka birlashgan va uning goyalarini targ‘ib qilgan. D. likning mashhur suluklari:
naqshbandiylik, yassaviylik, kubroviylik va b. Ta’limoti, amaliyoti,
odati va kiyimlaridan
qat’i nazar, D.lar ikki guruh - daydi, doimo darbadarlik qilib yuruvchilarga va shayx,
pirlar rahbarligida muqim yashovchilarga bo‘lingan. D.larning birinchi guruhi erta
bahorda dunyo bo‘ylab safarga otlanganlar. Shuning uchun ularni "darbadar", eshikma-
eshik yuruvchi deb ham ataydi.
Ikkinchi guruhi hunarmandlar, savdogarlar, turli
darajadagi amaldorlar va b.dan iborat bo‘lib, uyda yashab, o‘z
ishlari bilan
shug‘ullangan. Ular har kungi ibodatni bajargan, hafta yoki oyning aniq belgilangan kuni
umumiy zikr tushishga qatnashganlar. Inqilobdan oldin O’rta Osiyoda ham D.lik keng
yoyilgan, D.larning faoliyati bilan bog‘liq qalandarxonalar va xonaqoxlar mavjud bo‘lgan.
D.lik suluklarining ta’siri Pokiston,
Hindiston, Indoneziya, Eron va Afrikaning ayrim
mamlakatlarida hozir ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: