DAHRIYLIK (arab. dahr - vaqt, takdir, falak) - islom paydo bo‘lmasdan ilgari arab
jamiyatida keng tarqalgan aqida. "O’lim", "takdir", "ajalning yetishi" ma’nolarini
anglatgan. Bu aqidaga ko‘ra, insonning taqtsiri oldindan belgilab qo‘yilgan, u erkin iroda
yoki ixtiyor egasi emas, peshonasiga "yozilgan" narsa albatta sodir bo‘ladi va undan
qutulishning iloji yo‘q. Johiliya arablarida narigi dunyo borligiga, bu dunyoda zahmat
chekkanga u dunyoda ajr, gunoh ishlar qilganlarga azob berilishiga ishonch yo‘q edi.
Borliqning egasi, oliy hokimi sifatida muayyan bir xudo emas, qandaydir "dahr", taqdiri
falak, inson irodasi bilan hisoblashmaydigan va undan yuqori turadigan tasodifiy
o‘zgarishlar jarayoni tasavvur qilinardi. Ularning e’tiqodicha, o‘limdan so‘ng hamma
narsa tugaydi, shuning uchun bugungi kun bilan yashab qolish kerak. Bunday hissiyot
Qur’onda quyidagi so‘zlar bilan ifodalangan: "Ular deydilar: faqat bitta - bu dunyodagi
hayotimiz bor - yashaymiz va o‘lamiz; bizni dahr (vaqt, takdir) halok qiladi" ("Josiya"
surasi, 24-oyat). Keyinchalik, islom adabiyotida "dahriy" so‘zi "mo’min" so‘zining ziddi
sifatida ishlatila boshlandi. 19-a.da D. atamasi "materialist" (moddiyun) tushunchasining
istilohi sinonimi sifatida qo‘llanilgan. O’rta asrlarda bir qancha olim, mutafakkir va
shoirlar (mas., Mansur al-Halloj) D.da ayblanib, shafqatsiz jazolangan. Hozir ham
musulmon dunyosida D. qoralanadi. D. va ateizm bir ma’noni anglatmasa-da, sho‘rolar
davrida ularni sinonim so‘z sifatida ishlatish rasm bo‘lib qolgan edi.
DEV (fors. - div) - qad. Eron mifologiyasidaga bahaybat yovuz kuchlar. Lekin, ular
ba’zan sehrgar, kohin, avliyolarga bo‘ysungan bo‘lsa, yaxshi foydali ishlarni ham
bajaradi deb tasavvur etilgan. D. haqidagi tasavvur zardushtiylikdan islomga ham
o‘tgan, ular yovuz ruhlar deb talqin etiladi. O’tmishda O’rta Osiyo xalqlari orasida turli
qiyofadagi D.lar (etti boshli, bir ko‘zli, badani jun bilan qoplangan va h.k.) to‘g‘risidagi
tasavvurlar mavjud bo‘lgan. Ularga atab har xil urf-odatlar (maxsus ovqatlar tayyorlash,
chiroq yoqish, jonliq so‘yish va b.) o‘tkazilgan. Hoz. vaqtda ham ayrim dindorlar ongida
D. to‘g‘risidagi tasavvurlar saqlanib qolgan.