DINIY TASHKILOT — diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga
ko‘maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish
ko‘radigan ixtiyoriy, teng huquqli va o‘z-o‘zini boshqaruvchi uyushma. Ayni vaqtda
fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan biri hisoblanadi. D. t. larning
eng muhim belgisi ularning o‘z-o‘zini boshqarishidir, ya’ni, ular ma’muriy jihatdan davlat
idoralaridan ajratilgan. D.T.larning faoliyati qonunlarga zid kelmasa, davlat ularning
ichki aqidaviy ishlariga aralashmaydi. Ular o‘z ustav (nizom)lariga muvofiq tashkil topish
va ish yuritish, xodimlarni tanlash, tayinlash va almashtirish huquqiga egadir. "Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi O’zbekiston Qonunida ta’kidlanganidek,
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusmlar va
marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy
jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar va b.) D. t.lar deb e’tirof etiladi. Tegishli ustav
(nizom) asosida faoliyat yurituvchi respublika diniy uyushmalari O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi. Viloyat, tuman va shahar,
shaharcha va qishloq hududida bo‘lgan D. t.lar tegashli viloyatlar, shuningdek, Toshkent
sh. hokimiyati adliya boshqarmalari tomonidan ro‘yxatga olinadi. D. t. ro‘yxatga
olingandan so‘ng u yurvdik shaxs deb tan olinadi. D. t.lar tasarrufida binolar (masjidlar),
transport vositalari, pul va b. mulklar bo‘lishi mumkin. D. t.larning mulkiy huquqi qonun
tomonidan himoya qilinadi.
DINIY O’QUV YURTLARI - ilohiyotni o‘qitib, ruhoniylar tayyorlovchi maktablar. Islom
dinida madrasalar ilk D.o‘.yu. hisoblanib, ular diniy va tarixiy asarlarda 9-a.dan tilga
olina boshlagan. Ularda ko‘p asrlar mobaynida ilohiyot, til va shariat darslari bilan bir
qatorda, falsafa, amaliy fanlar ham o‘qitilgan. Keyinchalik madrasalarda, asosan, diniy
ta’lim beriladigan bo‘ldi. Faqat ayrim musulmon dorilfununlarida ta’lim avvalgisicha
qoldi. Hozir jahondagi ko‘p mamlakatlarda oliy, o‘rta va boshlang‘ich ma’lumot beruvchi
ko‘plab D.o‘.yu. mavjud.
Islom mamlakatlarida hozir ham madrasalar asosiy D.o‘.yu. hisoblanadi. Misr Arab
Respublikasida al-Azhar, Tunisda Zaytuna, Hindistonda Aligarx, Pokistonda Panjob,
Turkiyada Anqara diniy dorilfununlari va b. mavjud. O’zbekistonda 12 ta D.o‘.yu. faoliyat
ko‘rsatadi. Bular: Toshkentdagi Imom al-Buxoriy nomli islom in-ti, "Ko‘kaldosh",
Buxorodagi "Mir Arab" madrasalari, shuningdek, Toshkentdagi "Xadichai Kubro",
Buxorodagi "Jo‘ybori Kalon" ayol-qizlar islom o‘rta maxsus bilim yurtlari, Namangandagi
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
71
"Mulla Qirg‘iz", Urganchdagi "Faxriddin ar-Roziy", Nukusdagi "Muhammad ibn Ahmad al-
Beruniy", Andijondagi "Said Muhyiddin Mahdum" islom o‘rta maxsus bilim yurtlari va b.
O’zbekistonda din davlatdan ajratilgani uchun D.o‘.yu. davlat xalq ta’limi tizimiga
kirmaydi.