Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
DIN (arab. - mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, 
yo‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish va b.). Arab tilida "D." so‘zi juda keng ma’noda 
ishlatiladi. Qur’onda ham "D." turli ma’nolarda 100 dan ortiq marotaba ishlatilgan. Ana 
o‘sha ma’nolarning hammasi ham urfdagi "D."da ham o‘z aksini topgan. D.da Allohning 
mulki, hukmi, qiyomatdagi hisob-kitobi, osiylarni jazolashi, tadbir qilish bor. 
Shuningdek, D.da bandaning bo‘ysunishi, itoat qilishi, ibodati, parhezkorligi, Alloh 
ko‘rsatgan yo‘lni tutishi, ma’lum ishlarni odat va e’tiqod qilishi kabi ma’nolar bor. 
Bundan D. Alloh bilan banda orasida bo‘lishi kerak aloqalarning to‘plami ekanligi kelib 
chiqadi. Musulmon ulamolar mazkur ma’nolarni e’tiborga olgan holda D.ni "Sog‘lom aql 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
egalarini ularning o‘z ixtiyorlariga binoan bu dunyoda salohiyatga, u dunyoda najotga 
eltuvchi ilohiy ko‘rsatmalar" deb ta’riflaganlar. D. aqida, shariat va tariqat bobidagi ilohiy 
ko‘rsatmalarning to‘plamidir. Aqida musulmon kishi imon keltirib ishonmog‘i lozim 
bo‘lgan narsalarni o‘z ichiga oladi. Misol uchun Allohga, ilohiy kitoblarga, 
payg‘ambarlarga, farishtalarga, qiyomat kuniga, yaxshi yomon qadar Allohdan 
ekanligiga ishonish va b. Shariat D.ning amaliy qismidir. U ibodat, muomalot va 
hududga bo‘linadi. Ibodatga namoz, ro‘za, zakot, haj kabi narsalar kiradi. Muomalotga 
insonlar orasida bo‘ladigan savdo-sotiq, kasb-hunar, dehqonchilik kabi hayotiy aloqalar 
va ishlar kiradi. Hududda esa, yuqoridagi masalalarda xatoga yo‘l qo‘yib jinoyat 
qilganlarga belgilangan jazo choralari haqida so‘z ketadi. Tariqat esa, ruhiy va axloqiy 
tarbiyani o‘z ichiga olgandir. Ana o‘shalarning hammasining majmuasi D. deb ataladi. 
Imom al-Buxoriy hadislarida keltirilgan D.ga berilgan ta’rif keng tarqalgan. Unga ko‘ra 
D. - imon, islom, ehson yig‘indisidan iborat. D. tushunchasini sharxlashda bu uchlikni 
saqlab qolgan holda hanafiylar imonning ahamiyatiga urg‘u beradilar, ash’ariylar - diniy 
ko‘rsatmalarga rioya etish (al-islom) muhimligani, xanbaliylar, keyinchalik Ibn Taymiya - 
"haqiqiy an’ana", sof yo‘lni Qur’on va sunnatga amal qilish ahamiyatini aytadilar. Alloh 
o‘zi yaratgan insonning tabiatini bilganidan va uning o‘zi yaratgan bu dunyoda qandoq 
yashab o‘tishi uchun eng yaxshi yo‘lni ko‘rsatib, unga D.larni yuborib turgan. Inson 
jamiyati sodda bo‘lgan davrda Alloh D. hukmlarini ham sodda qilgan. U insoniyatni asta-
sekin tarbiyalab o‘stira borib ilohiy D.ni ham mukammallashtirgan. Bir D.ning vazifasi 
bitgandan keyin uning hukmini bekor qilib, o‘rniga hukmlari mukammalroq bo‘lgan 
keyingi D.ni yuborgan. Har bir ilohiy D.ni undan keyingi kelgan ilohiy D. amaldan 
qoldirgan. Insoniyat kamoliga yetganda Alloh islom dinini oxirgi, mukammal va boqiy D. 
qilib yuborgan. D. ilohiy-samoviyga va soxta-qalbakiga bo‘linadi. Alloh tomonidan 
insonlar ichidan payg‘ambar tanlab olib, u orqali diniy ta’limotlar yetkazilgan bo‘lsa, 
ilohiy D. bo‘ladi. Hoz. kunda yahudiylik, nasroniylik va islom ilohiy D.lar hisoblanadi. 
Qolgan D.lar soxta-qalbaki D.lardir. Ularni turli odamlar o‘zlari to‘qiganlar va obro‘-
e’tiborini oshirish uchun o‘z ta’limotlariga ilohiylik nisbatini berganlar. Gohida ta’limot 
egasining o‘zi o‘z ta’limotlarining ilohiy ekanligani da’vo qilmagan bo‘lsa ham, undan 
keyingi kelgan shogirdlari bu da’voni qilgan bo‘ladilar. Keng ma’noda D. "ma’naviy 
olam", "ma’naviyat" sifatida "moddiy olam" - dunyoga qarama-qarshi qo‘yilgan. Biroq bu 
holat ularning o‘zaro bir-birlaridan ajralganliklarini anglatmagan. Bu tushunchalar 
dialektikasi, ularning aloqadorlik va qarama-qarshilik darajasi, ularning har birini 
faoliyati doirasi azaldan diniy va ijtimoiy munozaraning muhim belgisi bo‘lib kelgan (q. 
Qur’on). Shaxsiy ismlar (mas., Salohad D., Faxr ad-D.), shuningdek, ilohiyotga doir 
adabiyotlarda D. so‘zi ko‘pincha "Al-Islom"ga sinonim sifatida qo‘llaniladi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin