Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə59/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#41554
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
19tom2011yilpdf

5 martadan ko'proq oshdi, har yili Davlat bud­

jetining qariyb 60 foizi sog'liqni saqlash, ta'lim, kommunal xo'jalik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog'liq boshqa sohalami rivojlantirish uchun yo'naltirilmoqda.

Shu davrda yurtimizda odamlaming o'rtacha umr ko'rish darajasi 67 yoshdan 73 yoshga yetdi. Onalar o'limi 3,1 barobardan ziyod, bolalar o'limi esa 3,2 barobar kamaydi.

Ta'kidlash kerakki, erishgan ana shunday barcha yutuqlarimizning zamirida avvalo millionlab yurt­ doshlarimizning kundalik fidokorona mehnati, o'z wnrini o'tab bo'lgan boshqaruv va xo'jalik yuritish tizimidan voz kechilgani, mamlakatimizni tubdan isloh etish va modemizatsiya qilishning bar tomon­ lama chuqur o'ylangan dasturi mujassamdir.

Yurtimizda tub ma'muriy islohotlar amalga oshirildi, davlat boshqaruvining tarmoqlar va hududlar bo'yichaprinsipial jihatdan mutlaqo yangi

317

tuzilmasi shakllantirildi, joylarda hokimlik institutini joriy etish orqali mahalliy hokimiyat organlari qayta tashkil etildi, mahalliy o'zini o'zi boshqarishning noyob tizimi -mahalla instituti rivojlantirildi va mustahkamlandi.

Mamlakatimizda bozor infratuzilmasi institutlari yaratilib, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradi­ gan mutlaqo yangi moliya va Hili bosqichli zamo­ naviy bank tizimi shakllantirildi, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida chuqur iqtisodiy islohotlar o'tkazildi.

Istiqlol yillarida mulkchilikning tuzilishida tub o'zgarishlar ro'y berdi, ko'p ukladli iqtisodiyot amalda shakllanib) uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlandi. Kichik biznes va xususiy tadbir­ korlik mamlakatimiz iqtisodiyotida nafaqat hal qiluvchi o'rin egalladi, ayni vaqtda bozomi zarur tovar va xizmatlar bilan to'ldirish, odamlaming daromadlari va farovonligi oshib borishining asosiy manbayiga, aholi bandligi o'sishining eng muhim omiliga aylandi.

Yurtimizda yoqilg'i-energetika va g'alla mus­

taqilligiga erishildi. Boy mineral xornashyo va qishloq xo'jaligi resurslarini chuqur qayta ishlashga asoslangan zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda, korxonalarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik yangilashning keng ko'lami dastur-

318

larini izchil amalga oshirish ta'minlanmoqda. Ener­ getika, neft-gaz-kimyo, rangli metallurgiya, kimyo va to'qimachilik sanoati, mashinasozlik va avtomo­ bilsozlik, farmatsevtika va mikrobiologiya, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sifatli va chuqur qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi iqtisodiyotimiz taraqqiyotining lokomotivi hisob­ langan, yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish tarmoqlari jadal sur'atlar bilan rivoj­ lanmoqda.

Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarning keng jalb etilishi, eksport salohiyati va mahsulot eksporti hajmining oshirilishi milliy iqtiso­ diyotimizni tarkibiy o'zgartirish va diversifikatsiya qilishni ta'minlash borasidagi eng muhim natija bo'Jdi, tashqi qarzlarning maqbul darajasi saqlan­ gan holda, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi va oltin-valuta resurslarining barqaror o'sishiga erishildi.

Jahon tajribasida o'xshashi bo'lmagan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta'lirnini rivoj­ lantirish davlat umummilliy dasturining amalga oshirilishi davlatimiz tomonidan jismoniy sog'lom, ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalashga qaratil­ gan doimiy e'tibor iqtisodiyotimizning o'sishi va yangilanishi, demokratik o'zgarishlarni joriy etish va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish

319
bo'yicha o'zgalarning havasini uyg'otayotgan sur'atlarga erishishda beqiyos aharniyatga, tom rna'­ noda <
Sog'liqni saqlash sohasida Davlat dasturini amalga oshirish bo'yicha izchil ish olib borilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda sifat jihatidan yangi, zamo­ naviy talablarga javob beradigan, o'z tarkibida respublika va viloyat tez tibbiy yordam markazlarini birlashtirgan tibbiy muassasalar tarmog'i yaratildi.

Barcha viloyat markazlarida kattalar va bolalar uchun ko'p tarmoqli tibbiy markazlar tarmog'i faoliyat yuritmoqda.

Mustaqillik yillarida qishloq joylarda zamonaviy

asosda jihozlangan 3 ming 200 dan ortiq qishloq vrachlik punkti barpo etildi.

Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo'yicha zamonaviy tizim yaratildi, barcha viloyat markazlari va Toshkent shahrida perinatal va skrining markazlari faoliyat ko'rsatmoqda.

Albatta, o'tgan davrda amalga oshirilgan barcha ishlarni sanab o'tishning imkoni yo'q, biroq bu o'zgarishlar, qo'lga kiritilgan yutuq va marralarimiz­ ning eng muhim xususiyatini o'z kuchimiz bilan barpo etgan ko'plab noyob inshootlar misolida yaqqol ko'rish mumkin. Ya'ni, mustaqillik yillarida barpo etilgan strategik sanoat obyektlari-Sho'rtan gaz­ kimyo majmuasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavo-

320


di, Asaka va Samarqand avtomobil zavodlari, Qo'ng'irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi, o'nlab to'qimachilik majmualari, yuz1ab yangi korxonalar va muhandislik-kommunikatsiya infratu­ zilma obyektlari, mamlakatimizning yagona transport tizimini yaratadigan, transmilliy transport yo'nalish-· Iari va jahon bozoriga chiqishni ta'minlaydigan zamonaviy avtomobil yo'llari, 694 kilometrdan ziyod uzunlikdagi Navoiy -Uchquduq -Sulton Uvays­ tog' -Nukus va 223 kilometrlik Toshg'uzor­ Boysun-Qumqo'rg'on temiryo'l tarmoqlari,

-<> va < Angren>> xalqaro logistika mar­

kazJari -bularning barchasi amalga oshirgan ishlari­ mizning ko'lami va miqyosi naqadar ulkan ekanidan dalolat beradi.

O'zbekistonning iqtisodiyotni isloh etish, bar­ qaror mutanosib iqtisodiy o'sishni ta'minlash, inqirozga qarshi choralarni amalga oshirish borasida erishgan yutuqlari Xalqaro valuta jamg'armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi nufuzli xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar, dunyodagi boshqa qator yetakchi moliyaviy . tashkilotlar tomonidan e'tirof etildi.

Mamlakatimizning o'tgan 20 yillik mustaqil taraqqiyoti davomida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob etib, munosib baholar ekanmiz, shu bilan birga, erishilgan bu marralar xalqimiz uchun

321

munosib hayot sharoitini yaratish va mamlakati­ mizni ravnaq toptirish yo'lidagi dastlabki qadamlar ekanini yaxshi tushunamiz.

Biz shu davr mobaynida erishgan barcha yutuq­ larimizga mahliyo bo'lib, havolanish tuyg'usi va xotiijamlik kayfiyatiga berilishga aslo yo'l qo'y­ masligimiz lozim.

Shuni doimo yodda tutishimiz kerakki, hayot hech qachon bir joyda to'xtab turmaydi va erishgan natijalari bilan kifoyalanmasdan, dunyoda kechayot­ gan tub o'zgarishlar jarayonidagi o'z o'rniga haqqoniy va tanqidiy baho beradigan, davming tobora ortib borayotgan talablari va jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat kurashiga mos holda qadam tashlaydigan davlatgina birinchi navbatda muvaffaqiyat qozona oladi.

Aynan shunday yondashuv va tamoyillar O'zbe­

kistonni o'rta va uzoq istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan reja va dasturlarimiz, ustuvor yo'nalishlarimiz asosida mujassam bo'lmog'i darkor.

Bunda mamlakatimiz iqtisodiyotini moderniza­ tsiya qilish va liberallashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning davomiyligini va yanada izchil chuqurlashib borishini ta'minlash favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizning bugungi kundagi eng muhim ustuvor

yo'nalishlarimiz chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga

322

oshirish, jadal va mutanosib rivojlanishni ta'minlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, investitsiyaviy ishchanlik muhitini shakJlantirish va chuqurlashtirish, yuksak texnologiyalar asosida yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chi­ qarishni o'zlashtirish, eksport sohasidagi mav­ qeyimizni mustahkamlashdan iboratdir.

Hozirgi bosqichda ichki ehtiyojning o'sishiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Chunki bunday yondashuv jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sha­ roitida iqtisodiyotning izchil rivojlanishini bar­ qarorlashtirish va rag'batlantirishning omili sifatida muhim aharniyat kasb etadi.

Ijtimoiy soha va xizmat ko'rsatish tarmog'ini rivojlantirish, infratuzilma, transport-kommunikatsiya yo'nalishidagi loyihalami amalga oshirish va yangi uy-joy obyektlarini ayniqsa qishloq joylarda barpo etish, ish haqi va aholi daromadlarining izchil oshib borishini ta'minlash bundan buyon ham e'tibori­ miz markazida bo'lib qolishi kerak.

Yurtimizdagi mavjud imkoniyat va resurslar, o'tgan

yillar davomida yaratilgan mustahkam salohiyat o'z kelajagimizga katta ishonch bilan qarash uchun bizga barcha zarur asoslarni beradi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim soha va tarmoqlarini rivojlantirishning 2011 -2015-yillarga

323

mo'Ijallab qabul qilingan mikroiqtisodiy ko'rsat­

kichlar va hisob-kitob parametrlari prognozlari

2015-yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 2010-yilga nisbatan 145-150 foiz atrofida oshirishni nazarda tutadi, o'rtacha yillik o'sish sur'atlari esa kamida 8 foizni tashkil etishi kerak.

Yaqin besh yilda jalb etiladigan kapital qo'yil­

malar hajmi 2,3 marta, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar miqdori taxminan 2 marta o'sishi ko'zda tutilmoqda. Bu mablag'lar iqtisodiyotimizda jiddiy tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, yetakchi sanoat tarmoqlarini modemizatsiya qilish, awalo energetika, neft-gaz sohasi, mashinasozlik, kimyo va rangli metallurgiya, yengil sanoat, shuningdek, transport-kommunikatsiya sohasi, mamlakatimizda jahon bozorida talab yuqori bo'lgan mutlaqo yangi raqobatdosh mahsulotlami ishlab chiqarish bo'yi­ cha keng miqyosdagi loyihalami amalga oshirishga yo'naltiriladi.

Yurtimizda aholining umumiy daromadlarini

2015-yilda 2010-yilga nisbatan kamida 2,6 marta oshirish ko'zda tutilrnoqda, ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori ham sezilarli ra­ vishda ortadi. Qisqacha aytganda, aholining hayot sifati va darajasi ancha yuksaladi.

Bugun, bosib o'tgan yo'limizga nazar tashlab,

shu yillar davomida amalga oshirgan ishlarimiz,

324

shuningdek, istiqbol rejalarimizni haholar ekanmiz, milliy davlatchiligimizni qayta tiklash, siyosiy va iqtisodiy mustaqilligimizni mustahkamlashning eng og'ir va mashaqqatli sinovlaridan munosib tarzda o'tgan, avvalo o'z kuchi, imkoniyati va salohiyatiga tayanib, demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish va jahon hamjamiyatidan mustahkam o'rin egal­ lash yo'lida ishonch bilan qat'iy i]garilab borayot­ gan buyuk va muqaddas Vatanimiz, mard va oliyjanob xalqimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin