YILLARIDAGI (1990-2010-YILLAR) ASOSIY TENDENSIYA VA KO'RSATKICHLARI HAMDA
2011-2015-YILLARGA MO'LJALLANGAN PROGNOZLARh STATISTIK TO'PLAMIGA YOZILGAN SO'ZBOSHI
QadrJj do'stJar!
Mamlakatimiz bundan yigirma yil oldin o'z mustaqilligini e'lon qilib, tarixiy taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo'ydi. Bu yillar davomida bosib o'tgan murakkab, shu bilan birga, sharafli yo'limizga nazar tashlar ekanmiz, O'zbekistonning o'tgan davr mobaynida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish borasida erishgan marra va natijalarini xolisona baholash zarurati mavjud ekanini anglaymiz.
Muxtasar aytganda, mustaqil taraqqiyotimizning eng birinchi kunlarida iqtisodiyotimiz qanday ahvolda bo'lgani, o'tgan tarixan qisqa davr- yigirma yil davomida iqtisodiyotimiz va hayotimiz darajasi qanday sur'atlar bilan rivojlangani, qanday yuksak cho'qqilarni qo'lga kiritganimiz, eng muhimi, qanday istiqbol rejalarini tuzayotganirnizga tanqidiy baho berishimiz lozim. Biz o'z oldimizga qo'yayot-
3ll
gan maqsad esa barchamizga yaxshi ma'lum- bu zarnonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimiz uchun rnunosib turmush sharoiti yaratish va uning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashini ta'minlashdan iborat.
Erishgan yutuq va marralarimizni xolis va munosib baholash uchun, avvalambor mamlakatimiz mus taqillikning dastlabki yillarida qanday murakkab vaziyatda bo'lganini esga olishimiz va o'zimizga aniq tasal'VUIetishimiz zarur.
Markazlashtirilgan rejalashtirish va taqsimlash
mexanizmi. asosida faoliyat ko'rsatgan butun sovet tizimiga xos bo'lgan illatlar bilan bir qatorda, respublikamiz iqtisodiyotining biryoqlama rivojlanib, faqat xomashyo yetkazib b rishga yo'naltirilgani, iqtisodiyot, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta'sir ko'rsatgan to'la va mutlaq paxta yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo'ygan edi.
ashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega bo'lishiga qaramasdan, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo'yicha oxirgi o'rinlardan birida turar edi.
SSSR parchalanib ketganidan keyin vujudga
kelgan sharoitda iqtisodiyotning fojiali ravishda inqirozga yuz tutishi, inflatsiyaning o'ta keskin o'si-
312
shini jilovlash, ilgari qaror topgan xo'jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy aloqalarning butunlay izdan chiqib ketishi oqibatlariga barham berish, ishsiz likning yanada aolishlga yo'l qo'ymaslik favqulodda muhim ahamiyat kasb etardi.
Biz mustaqillikning ilk kunJaridan bosblab o'z
umrini o'tab bo'lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, jahon tajribasini bar tomonlama puxta o'rganish, umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash, milliy urf-odat va an'analarimizni asrab avaylash va yanada mustahkamlash asosida ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etishga azm-u qaror qildik.
O'tgan davrda amalga oshirgan barcha ishlarimiz ni baholar ekanmiz, bugungi O'zbekistonning shakl lanishidagi ildd bosqichni alohida ajratib ko'rsatish uchun barcha asoslarimiz bor: 1991-yildan 2000- yilgacha bo'lgan muddatni o'z ichiga oladigan birinchi bosqich - o'tish davri va milliy davlatchilik asos larini shakllantirish bilan bog'liq birinchi galdagi islohot va o'zgarishlar davri.
Iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy
hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilish, aholi turmush darajasini muntazam oshirib borishni ta'minlashda 2001-yildan 2010-yilgacha bo'lgan muddatni o'z ichiga olgan ikkinchi bosqich -
313
mamlakatimizni faol demokratik yangilash, isloh etish va modernizatsiya qilish davri g'oyat muhim ahamiyat kasb etdi.
O'zbekiston iqtisodiyotini isloh etish, liberallash tirish va modernizatsiya etish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish bo'yicha har tomon lama chuqur o'ylangan, uzoq istiqbolga mo'ljallangan siyosatning amalga oshirilishi ana shu yillarning barchasini o'zaro bog'laydigan hal qiluvchi asos, o'zak bo'g'in bo'lib xizmat qildi.
O'zbekistonda qabul qilingan, <deb nom olgan, ijtimoiy yo'naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta'minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asos langan o'ziga xos yo'li -bulaming barchasi, ayniq sa 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi davrida o'zining nechog'liq to'g'ri va hayotiy ekanini isbotladi.
Biz istiqlolimiming birinchi kunlaridanoq chet
dan turib tiqishtirilgan < 314
o'tish jarayonida <> va « O'zbekistonda qabul qilingan iqtisodiy taraqqiyot
rnodelining eng muhim xususiyati chetdan qarz olish siyosatining chuqur o'ylanganida, mamlakatimizni tashqi omillarga bog'lab qo'yishi mumkin bo'lgan qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechishda namoyon bo'ldi.
Shu bilan birga, davlatirniz mustaqil taraqqiyot
ning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizga uzoq muddatH xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun amalda qiyosi bo'lmagan shart-sharoit va kafolatlar yaratishga alohida e'tibor qaratdi, to'lov qobiliyatiga ega bo'lgan ishonchli sherik sifatida o'zini ko'rsatdi.
Mustaqil taraqqiyotirnizning ana shu yiginna yillik
davri davomida amalga oshirgan ishlarimizni tahlil qilar ekanmiz, biz tanlagan model, chuqur o'ylan gan va izchil amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlarning ustuvor yo'nalishlari yurtimizdagi siyosiy tizim, fuqarolik jamiyati, milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishi, aholining hayot darajasi izchil oshib borishi uchun mustahkam va ishonchli poydevor yaratdi, deb ta' kidlashga barcha asoslarimiz bor.
315
Ishonchim komilki, mamlakatimizning hayoti va qiyofasida yuz berayotgan, quruq statistik raqam va ko'rsatk.ichlar misolida ham kuzatish, sezish mum kin bo'lgan, odamning hayrati va havasini uyg'ota digan o'zgarishlar hech bir xolis fikrlaydigan insotmi befarq qoldirmaydi.
O'tgan davr mobaynida, ayniqsa, mustaqil taraq qiyotimizning dastlabki yillarida yengib o'tishimizga to'g'ri kelgan ulkan qiyinchiliklar, muammolar, tahdid va sinovlarga qaramasdan, O'zbekiston iqtisodiyoti 20 yildavomida qariyb 3,4 barobar, yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga 2,5 barobar, o'rtacha ish haqi 14 barobar o'sganini, bu davrda mamlakatimiz aholisi 8 million 244 ming kishiga ko'payib, hozirgi kunda 28,5 million nafami tashkil etishini inobatga oladigan bo'lsak, chindan ham tasavvur qilishning o'zi qiyin.
Aholining yalpi daromadlari amaldagi hisob kitoblar bo'yicha 8,6 marta oshdi. Ayni paytda bu ko'rsatkichning 47 foizi biz uchun mutlaqo yangi bo']gan mulk shakllari va tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlardir.
Ta'kidlash joizki, ko'rilayotgan chora-tadbirlar
tufayli o'rtacha daromadga ega bo']gan aholining ulushi o'sib bormoqda. Ekspertlar tomonidan bildirilgan xulosalarga ko'ra, o'rtacha darajadagi barqaror pul daromadlariga ega bo'lgan uy xo'ja-
316
liklarining ulushi 2010-yil yakunlari bo'yicha 60 foizni tashkil etgan. Holbuki, 1990-yilda bu ko'rsatkich 18 foizdan iborat edi.
Boshqacha aytganda, mamlakatimiz aholisi daromadlarida o'ta keskin farq bo'lishiga yo'l qo'ymaslik borasida izchil ish olib borHmoqda.
Davlatning ijtimoiy himoya sohasi uchun sarf
lagan xarajatlari, aholi jon boshiga hisoblaganda,