Bu borada “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya’ni 2008 yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqiprokurordansudgao‘tkazilishiprinsipialqadambo‘ldi. Ushbu
qarorning o‘z vaqtida va puxta o‘ylab qabul qilingani bugungi kunda ko‘pgina amaliy misollarda o‘z isbotini topmoqda. Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu institut joriy etilgan 2008 yilning yanvaridan buyon sudlar tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi.