Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə11/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#41554
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
19tom2011yilpdf

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda prokuror va advokatning tengligini, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud faoliyatining barcha bosqichlarida o‘zaro tortishuv bo‘lishini ta’minlashga, odil sudlovning sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, 2008 yilda “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi bu borada g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Shu asosda amaldagi qonunchiligimizga sud-huquq tizimini liberallashtirish, inson huquqlari himoyasini ta’minlash jarayonining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan advokatura mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu qonunga muvofiq himoyachiga jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslardan mutlaqo mustaqil ravishda jinoyat ishi protsessining har qanday bosqichida malakali yuridik yordam ko‘rsatish huquqi berilgani e’tiborga sazovordir. Shu bilan birga, himoyachining ko‘rilayotgan ishda ishtirok etish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlardan o‘ziga ijozat berilgani to‘g‘risida yozma ravishdagi tasdiqlovchi hujjat va shuningdek, o‘z himoyasidagi shaxs bilan uchrashish uchun ruxsat olish majburiyatini belgilaydigan normalar jinoyat-protsessual qonunchiligidan chiqarildi. Endilikda bularning barchasi uchun – shunga e’tibor beringlar – advokatlik

guvohnomasi va advokatlik muassasasi tomonidan beriladigan orderning o‘zi kifoyadir.

Qonunda advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, uning o‘z himoyasi ostidagi shaxsga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirish maqsadida har qanday shaklda ta’sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlar uchun javobgarlik belgilanganini e’tirof etish zarur.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin