Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


Fuqarolarning sud orqali himoyalanish ka



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə10/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#41554
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
19tom2011yilpdf

Fuqarolarning sud orqali himoyalanish kafolatlari jiddiy tarzda kuchaytirildi, ushbu kafolatdan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni ta’minlash bo‘yicha katta ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Aynan ushbu davrda kassatsiya instansiyasi isloh qilinib, sud ishlarini qayta ko‘rishning apellatsiya tartibi joriy etilgani ham muhim yangilik bo‘ldi. Mazkur o‘zgarishlarga muvofiq endilikda apellatsiya instansiyasi

ishni yangitdan ko‘rib chiqishga yubormasdan, uni o‘zi to‘la hajmda ko‘rib chiqishi mumkin.

Bugungi kunda fuqarolar qonuniy kuchga kirgan birinchi instansiya sud qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini kassatsiya instansiyasida, o‘z advokati ishtirokida bevosita himoya qilish imkoniga ega bo‘lishdi. Shu tariqa fuqarolarning birinchi instansiya sudlarining qarorlariga nisbatan shikoyatlarini yashirin, yopiq tarzda ko‘rib chiqish tartibi batamom tugatilganini ta’kidlash lozim. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, joriy etilgan yangiliklar birinchi instansiya sudlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida tuzatish, sud faoliyatida sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslikning muhim kafolatiga aylandi.

Shu borada quyidagi raqamlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Agar

2000 yilda sud xatolarining deyarli yarmi nazorat tartibida tuzatilgan bo‘lsa, 2009 yil yakunlariga ko‘ra, bunday holatlarning 85 foizdan ortig‘i apellatsiya va kassatsiya tartibida bartaraf etilgan.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin