Mazkurqonungako‘ra,jinoyatlarning tasnifio‘zgartirildi.Buning natijasida og‘ir va o‘ta og‘ir toifadagi jinoyatlarning qariyb 75 foizi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazildi.
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo‘yicha qamoq va ozodlikdan mahrum etish jazolari o‘rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo‘llash imkoniyati ancha kengaytirildi. Jinoiy jazo tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zid bo‘lgan mol-mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 11 ta moddasiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanmasligi haqidagi qoidalar kiritildi.
Aytish kerakki, jazo tizimini liberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan bunday chora-tadbirlarning naqadar to‘g‘ri bo‘lganini hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda. Ishonchim komil, xo‘jalik ishlari bilan bog‘liq jinoiy ishlar bo‘yicha odamlarni qamash shart emas – bu davlatga juda qimmatga tushadi, qolaversa, bunday jazo turi mahkumlarni tarbiyalash va qayta tarbiyalash vazifasini hal qilmaydi.
Jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi bunday choralar natijasida O‘zbekistonda hozirgi kunda qamoqdagilar soni jahon miqyosida eng past ko‘rsatkichni, ya’ni har 100 ming nafar aholiga 166 kishini tashkil qiladi.
Qiyoslash uchun aytish mumkinki, Rossiyada bu ko‘rsatkich 611 kishini, AQSHda 738 kishini tashkil etadi. Mamlakatimizdaso‘nggio‘nyilda ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahbuslar soni ikki barobardan ko‘proq kamayganining o‘ziham bu sohada olib borilayotgan islohotlarimizning qanday ijobiy natijalar berayotganidan dalolatdir.