Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə9/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#41554
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
19tom2011yilpdf

navbatida sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chiqarish imkonini berganini alohida takidlash lozim.

Ayni paytda sudyalik lavozimiga nomzodlarni taqdim etish,

sudyalarning vakolatini to‘xtatish va muddatidan oldin tugatish, ularga nisbatan intizomiy ish yurituvni qo‘zg‘atish vazifalari Adliya vazirligi vakolatidan chiqarilgani ham bu borada muhim qadam bo‘ldi.

Bundan tashqari, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, xususan, sud tizimi uchun kadrlar masalalari bilan shug‘ullanish vazifasi maxsus organ – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasiga yuklatilganini qayd etish lozim.

Shular qatorida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida maxsus vakolatli tuzilma – Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash departamenti tashkil etildi. Bu esa sudlarning ularga xos bo‘lmagan vazifalardan sezilarli darajada xalos bo‘lishi va butun diqqat-e’tiborini o‘zlarining asosiy burchi bo‘lmish odil sudlovni amalga oshirish uchun qaratish imkonini berdi.

Umumiy yurisdiksiya sudlari ixtisoslashtirilib, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etildi. Bu o‘z navbatida ularning jinoyat va fuqarolik ishlarini malakali asosda ko‘rib chiqish, inson huquq va erkinliklarini to‘la va har tomonlama himoya qilish bo‘yicha faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin