Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə7/62
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#41554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62
19tom2011yilpdf

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqqanidan keyin o‘n kun muddat ichida uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.

Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining azolari Bosh vazir taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.

Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.

Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.

Yangi Bosh vazir nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.

Oliy Majlis tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi”.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilayotgan ushbu o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati shundan iboratki, ularga ko‘ra, Bosh vazir lavozimiga nomzod ko‘rsatish va uni tasdiqlashning yanada demokratik prinsiplarini ifodalaydigan yangi tartibi o‘rnatilmoqda. Shuningdek, Konstitutsiyaga kiritilayotgan bu o‘zgartishlarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish huquqi berilmoqda. Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli

masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining vakolatlari doirasidan chiqarilmoqda.

Taklif etilayotgan yana bir muhim o‘zgartish O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 96-moddasiga taalluqlidir.

Mamlakat Prezidenti turli sabablarga ko‘ra o‘z vazifasini bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu moddani turlicha talqin etishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uning yangi tahririni quyidagi mazmunda bayon etish taklif qilinadi:

“Mamlakatning amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi”.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga zikr etilgan tuzatishlarni kiritish taklif etilayotgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78- va 93-moddalariga ham tegishli o‘zgartishlar kiritish zarurati tug‘iladi.

Jumladan, Konstitutsiyaning 78-moddasi 15-bandini “… shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish” degan so‘zlar bilan to‘ldirish kerak.

93-moddaning 15-bandiga “viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi” degan so‘zlardan oldin “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan …” degan so‘zlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.

93-moddaning 8-bandidan “ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi” degan so‘zlarni chiqarish tavsiya etiladi.

93-moddaning 16-bandini “…O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli” degan so‘zlar bilan to‘ldirish lozim.

Shuningdek, 93-moddaning 12-bandidan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori” degan so‘zlardan keyin “uning o‘rinbosarlari” degan so‘zlarni chiqarish va ularning o‘rniga “Hisob palatasi raisini” degan so‘zlarni kiritish va undan so‘ng matn bo‘yicha “tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi” degan tarzda bayon etish kerak.

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

Biz hammamiz shuni aniq anglab olishimiz zarurki, saylovlarda yutib chiqqan siyosiy partiya taqdim etgan Bosh vazir nomzodining Parlament tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi haqidagi konstitutsiyaviy tartibning belgilanishi, hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi institutining joriy etilishi va siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan boshqa qator chora-tadbirlar o‘z mazmun-mohiyati bilan mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirishning yangi bosqichini boshlab beradi.

Ayni vaqtda shuni unutmasligimiz kerakki, mazkur islohotlarning muvaffaqiyati, avvalambor, mamlakatimizni yanada demokratlashtirish va liberallashtirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz sur’atiga, fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligiga, ularning siyosiy va huquqiy madaniyatining yuksakligiga va o‘z-o‘zidan ayonki, birinchi navbatda siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning O‘zbekistonimiz taqdiri va kelajagiga daxldor bunday ulkan mas’uliyatli vakolatlarni o‘z zimmasiga olishga qay darajada tayyor ekaniga bevosita bog‘liqdir.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin