bugungi sharoitda faqat puxta tayyorgarlikka ega bo‘lgan, har tomonlamayaxshita’minlangan vaijtimoiyhimoyalanganQurolli Kuchlarginaxavfsizlikvabarqarorlikning,sarhadlarimizdaxlsizligi vamamlakatimiz hududiyyaxlitligining,pirovardnatijadael- yurtimizning tinchligi va osoyishtaligining, osuda hayotimizning mustahkam va ishonchli kafolati bo‘la oladi.
Aziz vatandoshlar!
Mana shu qutlug‘ ayyomda sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 19 yilligi bilan yana bir bor tabriklar ekanman, barcha harbiy xizmatchilarga – askar va serjantlar, ofitser va generallarga – bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz saflarida mas’uliyatli xizmat vazifasini o‘tayotgan yurtimizning mard va jasur o‘g‘lonlariga, Vatanimizni himoya qilishdek olijanob burchini munosib ado etayotgan barcha insonlarga samimiy minnatdorlik so‘zlarini izhor etishdan baxtiyorman.
Barchangizga yangi 2011 yilda mustahkam sog‘lik, baxt va omad tilayman!