www.ziyouz.com
kutubxonasi
26
omili sifatida yanada jadal rivojlantirish — ustuvor vazifa bo‘lib
qoladi.
Bizning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatimizda kichik biznes va xizmat
ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga qanday katta ahamiyat berilayotganini
yana bir bor takrorlashning hojati yo‘q, deb o‘ylayman.
Faqat
e’tiboringizni shunga qaratmoqchimanki, kichik biznesning ixcham va
harakatchanligi, bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlari va iste’molchilar
ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olishi uni jahon iqtisodiy inqirozi
davrida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadini
oshirish borasida
eng qulay va maqbul vositaga aylantiradi.
2009 yilda kichik biznesni yanada qo‘llab-quvvatlash vazifasi har
qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki kichik biznes
yangi-yangi ish o‘rinlarini yaratib, bizning sharoitimizda ish bilan band
aholi daromadining 70 foizdan ortig‘ini tashkil etmoqda.
Shu sababli Inqirozga qarshi choralar
dasturida kichik biznesni
rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu chora-
tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay
biznes muhitini yaratish
maqsadida institutsional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o‘z
ichiga oladi.
Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni
qo‘llab-quvvatlash maqsadida Imtiyozli kredit jamg‘armasining resurs
bazasini ikki barobar oshirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga,
berilgan
imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi, aylanma mablag‘larni
to‘ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddati 12 oydan 18
oyga oshirildi.
2009 yilning 1 yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan
kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lov stavkasi 8 foizdan 7 foizga
kamaytirildi, moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatayotgan
mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovidan 3
yil muddatga
ozod etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar, nodavlat xo‘jalik
yurituvchi sub’yektlarni oladigan dividendlarining investitsiyalarga, avval
olingan kreditlar uchun hisob-kitob qilishga yo‘naltiriladigan qismi 5 yil
muddatga soliqdan ozod etildi.
Shuningdek, Inqirozga qarshi choralar
dasturida 2009 yilda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishlar sonini
kamida yana 30 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
27
Ayniqsa, xizmatlar ko‘rsatish sohasini yanada jadal rivojlantirish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni chuqurlashtirish
katta ahamiyatga
ega ekanini alohida ta’kidlash joiz.
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlarni
tubdan qayta ko‘rib chiqish va qishloq joylarda ularni aholi, ayniqsa,
yoshlar bandligining, qishloqda hayot darajasini oshirishning muhim omili
sifatida jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish zarur.
Bu boradagi eng asosiy vazifa vaziyatga
tadbirkor nuqtai nazaridan
qarash, ya’ni
unga o‘z ishini rivojlantirish uchun nima to‘sqinlik
qilayotgani va davlat tomonidan qanday yordam kerakligini aniqlash
lozim. Xususiy sektorga qishloq joylarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar
turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga ham alohida
ahamiyat berish darkor.
Dostları ilə paylaş: