Microsoft Word islom karimov jahon moliyaviy inqirozi ziyouz com doc



Yüklə 138,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix28.11.2023
ölçüsü138,21 Kb.
#169281
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
341c390b84033746c2b7611027ae5593 JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI, O‘ZBEKISTON SHAROITIDA UNI BARTARAF ETISHNING YO‘LLARI VA CHORALARI



www.ziyouz.com
kutubxonasi 
1
 
ISLOM KARIMOV 
 
 
JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY 
INQIROZI, O‘ZBEKISTON 
SHAROITIDA UNI BARTARAF 
ETISHNING YO‘LLARI VA 
CHORALARI 
 

 
ISBN 978-9943-01-391-9 
Toshkent 
«O‘zbekiston» 
2009 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
2
 
 
 
2008 yilda boshlangan va bugungi kunda ko‘lami tobora kengayib va 
chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga baho berar 
ekan, ko‘pgina xalqaro ekspert va mutaxassislar bu inqirozning sabablari 
va yanada avj olishi bilan bog‘liq prognozlarida javoblardan ko‘ra 
ko‘proq savollarga duch kelishmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari" deb 
nomlangan ushbu asarning dolzarbligi ham aynan ana shu holatlar bilan 
izohlanadi. Kitob quyidagi ikki qismdan iborat:
birinchisi — jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga 
ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan 
omillar;
ikkinchisi — bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni 
modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, 
innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish — O‘zbekiston uchun 
inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning 
ishonchli yo‘lidir.
I. Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri 
hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo‘lgan 
omillar
Bugungi kunning eng dolzarb muammosi — bu 2008 yilda boshlangan 
jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga 
kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat. 
Avvalo, jahon moliyaviy inqirozi haqida.
Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida 
ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi 
kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov 
qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning 
yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va 
aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. 
Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish 
va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq 
ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
3
Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global 
moliyaviy inqiroz 
holatini va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan 
oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida 
quyidagi xulosalarga kelmoqda. 

Yüklə 138,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin