Microsoft Word islom karimov jahon moliyaviy inqirozi ziyouz com doc


II. Bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni



Yüklə 138,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix28.11.2023
ölçüsü138,21 Kb.
#169281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
341c390b84033746c2b7611027ae5593 JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI, O‘ZBEKISTON SHAROITIDA UNI BARTARAF ETISHNING YO‘LLARI VA CHORALARI

II. Bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni 
modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, 
innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish — O‘zbekiston uchun 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
8
inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga 
chiqishning ishonchli yo‘lidir
Iqtisodiyotimizning jahon xo‘jalik va moliyaviy-iqtisodiy tizimiga 
integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga 
oladigan bo‘lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga 
ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirib o‘tirishning hech qanday 
zarurati bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman. 
Yana takror aytishga to‘g‘ri keladi — bunday ta’sir, avvalambor, 
umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin tushib ketishida va 
tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga 
nisbatan hamda eksportga yo‘naltirilgan yetakchi tarmoqlar va ular bilan 
bog‘liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z 
navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, ko‘zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o‘z 
oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish yo‘lida ko‘plab muammolarni 
tug‘dirmoqda. Muxtasar aytganda, 2008 yil biz uchun, birinchi navbatda 
mamlakatimiz mehnatkashlari uchun g‘oyat murakkab va og‘ir bo‘ldi. 
Lekin, yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay, 
xalqimizning fidokorona mehnati va amalga oshirilgan tadbirlar evaziga 
2008 yilda iqtisodiyotimizning nafaqat barqaror faoliyat ko‘rsatishiga, 
balki uning yuqori o‘sish sur’atlarini izchil ta’minlashga erishdik. 
2008 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 9 foizni, sanoatda 
12,7 foizni, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 17,7 foizni
tashkil etdi, xizmat ko‘rsatish hajmi 21,3 foizga o‘sdi.
Iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlari ham barqaror sur’atlar bilan 
rivojlandi: qurilish — 8,3 foiz, transportda yuk va yo‘lovchi tashish hajmi 
— 10,2 foiz, savdo sohasi — 7,2 foizga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligida 4,5 
foiz o‘sishga erishilib, 3 million 410 ming tonna paxta xom ashyosi 
tayyorlandi, 6 million 330 ming tonna g‘alla, shu jumladan, 6 million 
145 ming tonna bug‘doy yetishtirildi. 
Davlat byudjeti ortig‘i bilan bajarildi, ko‘zda tutilgan defitsit o‘rniga 
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,5 foiz miqdorida profitsitga erishildi. 
Puxta o‘ylangan qat’iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli 
inflyatsiya ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlari chegarasida, ya’ni yillik 
7,8 foiz darajasida saqlab qolindi.
Shu o‘rinda mamlakatimizda mehnatni rag‘batlantirish, ish haqini 
ko‘paytirish va aholi daromadlari o‘sishini ta’minlashga qaratilgan 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
9
siyosatni amalga oshirish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar haqida 
alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. 
2008 yilda o‘rtacha ish haqi byudjet tashkilotlarida 1,5 barobardan 
ziyod, butun iqtisodiyot bo‘yicha esa 1,4 barobar oshdi. Natijada o‘rtacha
ish haqi miqdori 300 AQSH dollaridan ortiq bo‘ldi. Aholining real 
daromadlari esa yil davomida jon boshiga 23 foiz ko‘paydi. 
2009 yilni oladigan bo‘lsak, o‘rtacha ish haqi miqdorini byudjet 
sohasida — va shunga mos ravishda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda ham 
— 1,4 barobar oshirish ko‘zda tutilmoqda. Inflyatsiyaning o‘sish 
ko‘rsatkichini 7—9 foiz darajasida saqlab turish mo‘ljallanmoqda. 
Tashqi bozorda kon’yunkturaning yomonlashuviga qaramasdan, 2008 
yilda tashqi savdo aylanmasi 21,4 foizga oshdi, ayni vaqtda tovarlar va 
xizmatlar eksporti 28,7 foizga ortdi. Natijada tashqi savdo balansida ijobiy 
saldo hajmi sezilarli darajada o‘sdi. Bu esa ishonchli to‘lov balansi va 
iqtisodiyotimiz barqarorligining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat 
qilmoqda. 
Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. 
Keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor
mahsulot salmog‘ining barqaror o‘sish tendensiyasi va xom ashyo 
yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani 
yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy eksport hajmida xom 
ashyo bo‘lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni 
vaqtda O‘zbekiston uchun an’anaviy eksport xom ashyosi bo‘lgan paxta 
tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2008 yilda 12 foizga 
tushdi. 
Ta’kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, 
avvalo, rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo 
aylanmasining o‘sishi hisobiga sifat jihatidan o‘zgarmoqda. 
Bu ko‘rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori 
qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining 
izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o‘sib borayotgan 
salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat 
eksportimizning xom ashyo resurslari narxi tez-tez o‘zgarib turadigan 
jahon bozori ta’siriga bog‘liqligini kamaytirishda muhim yo‘nalish bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Jahon iqtisodiy inqirozi davom etayotgan hozirgi sharoitda bunday 
o‘zgarish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Nega deganda, bugungi kunda 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10
eksport asosan xom ashyo yetkazib berishdan iborat bo‘lib, dunyo 
bozoridagi narx-navo o‘yinlariga haddan tashqari bog‘lanib qolayotgani 
ayrim mamlakatlarda valyuta tushumlarini kamaytiradigan, moliyaviy 
barqarorlikning yomonlashuviga olib keladigan, iqtisodiyotni izdan 
chiqaradigan jiddiy faktorga aylanmoqda.
Bizning keyingi yillarda eksport sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz, 
avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‘zgartirish va 
diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv 
rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga 
oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o‘z 
vaqtida boshlangan, chuqur o‘ylangan va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan 
ishlarimizning natijasidir. 
Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay 
investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kelmoqda. 2008
yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar 
hisobidan 6,4 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 
2007 yil bilan taqqoslaganda, 28,3 foizga ko‘p bo‘lib, yalpi ichki 
mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni tashkil etdi. 
O‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga 
yo‘naltirilganini ta’kidlash darkor. 
Keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy 
investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o‘sib borayotgani e’tiborga 
sazovordir. 2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi 
xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz 
ko‘p demakdir. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi davom 
etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb 
etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga 
ko‘payadi, buning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir. 
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash kerakki, o‘zlashtirilgan barcha 
investitsiyalarning qariyb 54 foizini korxonalar va aholi mablag‘lari tashkil 
etadi. Bu mamlakatimizda soliq yukini kamaytirish va xo‘jalik yurituvchi 
sub’yektlarning investitsiya faolligini rag‘batlantirish bo‘yicha olib 
borilayotgan soliq siyosati qanchalik to‘g‘ri ekanini yana bir bor 
tasdiqlaydi. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
11
Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni 
modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o‘ynaydigan loyihalarni 
amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini 
shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan, bugungi kunda 3 milliard 200 
million AQSH dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga ega 
bo‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi faoliyatiga katta 
ahamiyat berilmoqda. YAqin istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5 milliard 
dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. O‘tgan ikki yil mobaynida o‘nlab 
yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda 
moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSH dollaridan 
ziyod miqdorda kreditlar ajratildi. 
Mamlakatimiz bo‘yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish 
natijasida qariyb 250 milliard so‘mlik asosiy fondga ega bo‘lgan jami 423 
ta ob’yekt, jumladan, oziq-ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari 
sanoatida 118 ta, yengil va to‘qimachilik sanoatida 65 ta, qishloq va 
o‘rmon xo‘jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-kimyo sanoatida 13 ta, 
farmatsevtika tarmog‘ida 8 ta ob’yekt ishga tushirildi. 
2008 yilda ishga tushirilgan va hozirgi kunda qurilayotgan yirik ishlab 
chiqarish inshootlari qatorida Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan 
muntazam ta’minlash imkonini beradigan, uzunligi 165 kilometrlik Yangi 
Angren issiqlik elektr stansiyasi — "O‘zbekiston" yuqori kuchlanishli 
elektr uzatish liniyasi barpo etilganini alohida ta’kidlash joiz. Sirdaryo 
issiqlik elektr stansiyasini "So‘g‘diyona" kuchlantirish stansiyasi bilan 
bog‘laydigan, o‘uzor-Surxon yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari 
va Toshkent shahri elektr ta’minoti ob’yektlari loyihalarini amalga oshirish 
ishlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, 2008 yili 2 ming 600 kilometrdan 
ortiq ichimlik suvi hamda 825 kilometrdan ziyod tabiiy gaz tarmoqlari 
foydalanishga topshirildi. 
Ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish va foydalanishga topshirish 
masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200 
o‘quvchiga mo‘ljallangan 169 ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o‘rinli 
23 ta akademik litsey qurildi va rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga, 69 
ta yangi maktab barpo etildi va 582 ta maktab kapital rekonstruksiya 
qilindi. Shular qatorida 184 ta bolalar sporti inshooti, 26 ta qishloq vrachlik 
punkti va 7 million 240 ming kvadrat metr turarjoy binolari va boshqa 
ob’yektlar qurildi. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
12
2008 yilda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini 
yanada oshirish prinsipial muhim ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, 
fermer xo‘jaliklariga ajratilayotgan yer maydonlarini optimallashtirish 
borasida zarur ishlar amalga oshirildi. 
Dastlab zarar ko‘rib ishlaydigan, rentabelligi past va istiqbolsiz shirkat 
xo‘jaliklarini tugatish negizida tashkil etilgan xususiy fermer xo‘jaliklari 
bugungi kunda haqli ravishda qishloqda yetakchi bo‘g‘inga — qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy kuchga aylandi. 
Hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab 
chiqarishni tashkil etishning eng samarali shakli ekanini hayotning o‘zi 
tasdiqlab bermoqda. Yurtimizda fermer xo‘jaliklarini moddiy-texnik 
ta’minlash va moliyalash bo‘yicha bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to‘la 
javob beradigan ishonchli tizim va mexanizmlar shakllantirildi va 
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Har yili fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun katta miqdorda 
moddiy resurs va mablag‘lar ajratilmoqda. Faqat o‘tgan 2008 yilning 
o‘zida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eng muhim turlarini yetishtirish 
uchun 1 trillion so‘m, jumladan, paxta tayyorlashga — 800 milliard so‘m, 
g‘alla yetishtirishga 200 milliard so‘m mablag‘ avans tariqasida berildi. 
2009 yilda ushbu maqsadlar uchun 1 trillion 200 milliard so‘m 
yo‘naltiriladi. 
Qishloq xo‘jalik texnikasini lizing asosida sotib olish bo‘yicha maxsus 
tashkil etilgan Fond hisobidan ushbu maqsadlar uchun 2008 yili 43 
milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, 2009 yilda 58 milliard 
so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. 
Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday e’tibor va amaliy 
yordam tufayli 2008 yilda fermer xo‘jaliklarining paxta yetishtirishdagi 
ulushi 99,1 foizni, g‘alla tayyorlashda esa 79,2 foizni tashkil qildi. 
Shu bilan birga, o‘tgan davr mobaynida orttirgan tajribamiz 
fermerlikni yanada rivojlantirish uchun bir qator juda muhim 
muammolarni, xususan, fermer xo‘jaliklarining barqarorligi, eng muhimi, 
ularning samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishni 
qat’iy talab etmoqda.
Faoliyat yuritayotgan aksariyat fermer xo‘jaliklarining ish tajribasi 
shundan dalolat beradiki, fermer xo‘jaliklarini shakllantirishning dastlabki 
bosqichida ularga ajratib berilgan yer maydonlarining kamligi mahsulot


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
13
ishlab chiqarish rentabelligining o‘sishiga ko‘p jihatdan to‘sqinlik 
qilmoqda. 
Imkoniyati, kuch-quvvati kam bo‘lgan fermer xo‘jaliklari o‘zini zarur 
texnika, aylanma mablag‘ bilan ta’minlash, kredit qobiliyatiga ega bo‘lish, 
eng asosiysi, o‘z xarajatlarini qoplash va foyda ko‘rib ishlash, daromadni 
oshirishning ishonchli asosiga aylanolmasligini bugun hayotning o‘zi 
ko‘rsatmoqda. 
Shundan kelib chiqqan holda, yer maydonlarini to‘liq 
inventarizatsiyadan o‘tkazish va fermer xo‘jaliklari faoliyatini tanqidiy 
baholash asosida ularning yer maydonlarini optimallashtirish bo‘yicha 
keng ko‘lamli, shu bilan birga, puxta o‘ylangan ishlar amalga oshirildi. 
Bunda fermer xo‘jaliklarining qaysi sohaga ixtisoslashgani va 
mamlakatimizning turli hududlaridagi aholi zichligi alohida e’tiborga 
olindi. 
Ana shu ishlar natijasida fermer xo‘jaliklari uchun ajratilgan yer 
maydonlari bugungi kunda paxtachilik va g‘allachilikda o‘rtacha 37 
gektardan 93,7 gektargacha ko‘paydi yoki 2,5 barobardan ziyod oshdi. Bu
ko‘rsatkich sabzavotchilikda — 10 gektardan 24,7 gektargacha yoki 2,5 
barobar, chorvachilikda esa 154 gektardan 164,5 gektargacha ko‘paydi. 
2008 yilda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi 
barqaror rivojlandi. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, 
mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining 10
foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 foizga tushirilishi, jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarining kamaytirilishi va 
ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, 
kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli 
rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi. 
Natijada so‘nggi olti yil mobaynida faoliyat yuritayotgan kichik
biznes sub’yektlari soni 1,9 barobar ko‘paydi va 2008 yili qariyb 400 
mingtani tashkil etdi. 
Kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat 
mahsulotlari hajmi 2008 yili salkam 22 foizga ko‘paydi. Bu sanoat 
tarmog‘idagi o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichidan ancha ko‘pdir. Shuning 
natijasida kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2007 yildagi 
45,5 foizdan 2008 yilda 48,2 foizga ko‘tarildi. Bugungi kunda 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
14
mamlakatimizda ish bilan band bo‘lgan jami aholining 76 foizdan 
ko‘prog‘i aynan shu sohada mehnat qilayotgani ayniqsa e’tiborlidir.
Aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda ham jiddiy 
sifat o‘zgarishlari ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu 
masalani yechishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal 
rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli 
shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni 
rag‘batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. 
2008 yil mobaynida yurtimizda 661 mingga yaqin, jumladan, kichik 
biznes sohasida — 374 mingta, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida — 
qariyb 220 mingta, kasanachilik hisobidan esa — 97 ming 800 ta yangi ish 
o‘rni yaratildi. 
Albatta, ish o‘rinlari sonini ko‘paytirishda xizmat ko‘rsatish va servis 
sohasini rivojlantirish va kengaytirish muhim o‘rin tutadi. 2008 yili aloqa, 
axborotlashtirish, moliya, bank, transport xizmati ko‘rsatish, maishiy 
texnika va avtomobillarni ta’mirlash sohalari ancha yuqori sur’atlar bilan 
rivojlandi. So‘nggi to‘rt yil mobaynida yiliga o‘rtacha 50 foiz o‘sishni 
ta’minlayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmat 
ko‘rsatish jadal rivojlanayotganini alohida ta’kidlash lozim. Natijada 
xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2007 yildagi 
42,5 foizdan 2008 yilda 45,3 foizga o‘sdi. 
Ayni paytda qishloq aholisiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi yildan-
yilga o‘sib borayotganiga qaramay, hali-beri past darajada — bor-yo‘g‘i 
26,8 foiz bo‘lib qolayotganiga alohida e’tibor qaratish lozim. Aytish 
kerakki, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati ham talab darajasida emas. 
Takror va takror ta’kidlab aytish kerakki, ishlab chiqarish korxonalari 
bilan kooperatsiya asosida barpo etiladigan kasanachilikni rivojlantirishga 
katta ahamiyat berilmoqda. Bu borada mamlakatimizda ish beruvchi 
korxonalar uchun ham, kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi aholi uchun 
ham rag‘batlantirishning yaxlit va ta’sirchan tizimi yaratilgan. 
Bugungi bosqichda kasanachilik sohasi bandlik va oila byudjeti 
daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganini 
hech kim inkor etolmaydi. Ayni vaqtda kasanachilik fuqarolarni, birinchi 
navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, ko‘p bolali ayollarni, yordamga muhtoj 
nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab 
chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb 
etmoqda. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
15
2008 yilda kasanachilar tomonidan 34 milliard so‘mlik mahsulot ishlab 
chiqarildi va xizmatlar ko‘rsatildi. Kasanachilik uchun ish o‘rinlari ochgan 
korxonalar, shu borada o‘zlariga berilgan imtiyozlar hisobidan 1 milliard 
so‘mdan ortiq mablag‘ni tejashga erishdi. 
Aholini, ayniqsa qishloq aholisini ish bilan ta’minlashning yana bir 
muhim yo‘nalishi shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol 
boqish bilan shug‘ullanadigan kishilar sonini ko‘paytirishdan iborat. Qayd 
etish kerakki, bu masalada muayyan ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. 
Mamlakatimizda qoramollarni aholiga va fermer xo‘jaliklariga 
kimoshdi savdolari orqali sotish, ularga maqsadli va imtiyozli kreditlar 
berish, veterinariya xizmati ko‘rsatishning sifati va hajmini oshirish, ozuqa 
bilan ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlar yaratilgan. Chorvachilikni 
rivojlantirish dasturining ijrosi doirasida 2008 yili kimoshdi savdolarida 20 
ming 300 bosh qoramol sotildi. 2009 yilda yana 24 ming 600 bosh 
qoramol sotilishi ko‘zda tutilmoqda. Agar 2007 yilda qoramol sotib olish 
uchun 42,5 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lsa, 2008 yilda 
bu raqam 48 milliard 200 million so‘mni tashkil etdi. 
Ma’lumki, mamlakatimizda kam ta’minlangan oilalarni bepul sigir 
ajratish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2006 
yildan 2008 yilga qadar ana shunday oilalar uchun 103 mingdan ziyod 
qoramol berildi. 
Natijada 2009 yilning 1 yanvarigacha shaxsiy yordamchi va dehqon 
xo‘jaliklarida qoramol boquvchi sifatida ro‘yxatga olingan fuqarolarning 
umumiy soni 1 million 100 mingdan ko‘proqni tashkil etdi. Shulardan 54 
ming kishiga yangi mehnat daftarchasi berildi, 111 ming fuqaroning esa 
mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi. 
Jahon iqtisodiy inqirozi kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda bank-
moliya tizimi faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash 
alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, bank-moliya 
tizimi rivoji bilan bog‘liq masalalarga qisqacha to‘xtalib o‘tish maqsadga 
muvofiqdir.
Faqat 2008 yilning o‘zida "O‘zsanoatqurilishbank", "Asakabank", 
"Paxtabank", "o‘allabank" kabi yetakchi banklarning kapitallashuv 
darajasini oshirish bo‘yicha qator muhim qarorlar qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni moliyalashning asosiy kredit markazlaridan biri bo‘lgan 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
16
"Mikrokreditbank"ning nizom jamg‘armasini ko‘paytirishga oid farmoni 
qabul qilingani ham shu yo‘ldagi amaliy qadam bo‘ldi.
Natijada mamlakatimiz banklarining jami kapitali, qo‘shimcha 
resurslarni jalb etish hisobidan, 2007 yil bilan taqqoslaganda 40 foizga 
ko‘paydi. Bu ko‘rsatkich 2010 yilgacha bo‘lgan davrda ikki barobar 
oshadi.
Ayni paytda banklarimizning umumiy aktivlari hajmi aholi va yuridik 
shaxslarning hisob raqamlaridagi mablag‘lardan ikki barobardan ham 
ko‘pdir. Bu esa ushbu mablag‘larni ishonchli himoya qilish hamda ularga 
o‘z vaqtida va to‘la hajmda xizmat ko‘rsatishni kafolatlaydi. Ma’lumki, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan fuqarolarning 
banklar depozitlaridagi omonatlari, ularning miqdoridan qat’i nazar, davlat 
tomonidan to‘la kafolatlanadi. 
Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi kapitalining yetarlilik 
darajasi Bank nazorati bo‘yicha xalqaro Bazel qo‘mitasi talablari asosida 
belgilangan xalqaro standartlardan qariyb uch barobar ko‘p ekanini 
ta’kidlash joiz. 
Hozirgi vaqtda respublikamiz bank tizimining umumiy joriy likvidligi 
dollar hisobida 1,5 milliard dollardan ortiqdir. Bu tashqi nodavlat qarzlar 
bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovlar hajmidan 10 barobar ko‘pdir. 
Bu esa bizda likvidlik, ya’ni to‘lovlarga qodirlik darajasi bo‘yicha 
muammo yo‘q, deb aytish uchun asos beradi. 
2008 yilning eng muhim yutuqlaridan biri O‘zbekiston bank tizimiga 
jahonning nufuzli reyting agentliklaridan bo‘lgan "Mudis" agentligi 
tomonidan biryo‘la uchta yo‘nalish, ya’ni, bank-moliya tizimining 
barqarorligi, milliy valyutada uzoq muddatli depozit reytingi va xorijiy 
valyutada uzoq muddatli depozit reytingi yo‘nalishlari bo‘yicha "barqaror" 
reyting darajasi berilgani bo‘ldi. Mazkur agentlik hisobotida 
ta’kidlanganidek, "Bank tizimi uchun ijobiy baho banklarni nazorat qilish 
muhiti mustahkamligini, bank tizimining potensial o‘sishini, moliya 
tizimidagi tarkibiy o‘zgarishlar va milliy iqtisodiyotning o‘sishini aks 
ettiradi". 
Shular qatorida "Mudis" agentligi ikkita bankimiz — Tashqi iqtisodiy 
faoliyat milliy banki va "o‘allabank"ning kredit berish qobiliyati bo‘yicha 
reytingini ijobiy baholadi. Yana bir tanilgan xalqaro reyting agentligi — 
"Fitch" esa mamlakatimizning "Paxtabank", "Hamkorbank", 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
17
"O‘zsanoatqurilishbank" va "Asakabank" kabi banklariga "barqaror" 
reytingini berdi. 
Shu o‘rinda 2009 yilning 1 yanvarigacha O‘zbekistonning jami tashqi 
qarzi yalpi ichki mahsulotning 13,3 foizini tashkil etishini va bu 
ko‘rsatkich, xalqaro mezonlar bo‘yicha, "Har jihatdan maqbul holat" deb 
hisoblanishini ta’kidlash joiz. 
Hozirgi mavjud sharoitda 2009 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy 
dasturimizning eng ustuvor vazifalarini belgilab olishda jahon iqtisodiy 
inqirozining ta’siri va oqibatlarini yetarlicha to‘liq hisobga olish juda 
muhim. Dunyoning nufuzli ekspertlari tomonidan bildirilayotgan fikrlarga 
ko‘ra, bu inqiroz 2009 yilda va 2010 yilda ham davom etishi va ehtimol 
yanada chuqurlashishi kutilmoqda. 
Shundan kelib chiqqan holda, o‘z-o‘zidan ayonki, 

Yüklə 138,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin