www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
tovarlar importi va eksportining o‘sib borishida va boshqa misollarda
yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning
oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir
etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston
eksport qiladigan
qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft
mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib
bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va
investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi.
Ularning foyda ko‘rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda
esa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlari va
iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi.
Shubha yo‘q, jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini
kamaytirish va
uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar
mavjud. Avvalambor keyingi davr mobaynida mamlakatimizning iqtisodiy
va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining
ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o‘z
vaqtida shakllantirib va
mustahkamlab olganimiz bunga kafolat va asos bo‘lib xizmat qilishi
muqarrar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda qabul qilingan
farmoni bilan jahon moliya inqirozining oqibatlariga qarshi kurash yo‘lida
bank va moliya tuzilmalariga qo‘shimcha yordam berish, iqtisodiyotning
real sektori korxona va kompaniyalarining
faolligini kuchaytirish va
rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishga solish ko‘zda tutilgan.
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda global inqirozning
oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta’sirini hisobga olgan holda,
qat’iy, har tomonlama o‘ylangan keng ko‘lamli loyihalar bugun amalga
oshirilmoqda.
Albatta, mamlakatimizda bunday chora-tadbirlar
tatbiq qilinishi bilan
bir qatorda bu jiddiy sinovni yengish, hech shubhasiz, ko‘p jihatdan
hammamizdan avvalo mas’uliyatimizni teran his qilishni,
barcha imkoniyat
va resurslarimizni ishga solishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: