Alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan navbatdagi eng muhim ustuvor vazifa — qishloqda turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o‘zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog‘liq keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o‘rni va ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, fermer xo‘jaliklari rivojini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. 2009 yili tasdiqlangan "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" Davlat
dasturida bu hujjatning mazmun-mohiyati, eng muhim yo‘nalishlari,
konkret parametrlari va moliyaviy manbalari aniq belgilab qo‘yilganini
hisobga oladigan bo‘lsak, bugun bu masalalarga batafsil to‘xtalib
o‘tishning zarurati bo‘lmasa kerak.
Lekin bu ustuvor yo‘nalish va uni amalga oshirish dasturi nafaqat 2009
yil, balki o‘rta muddatli istiqbol uchun belgilab olinganini alohida
ta’kidlash o‘rinlidir.
Qishloqlarimiz qiyofasini, qishloqda hayot sifatini, ishlab chiqarish munosabatlarining mazmun-mohiyatini o‘zgartirishga, agrosanoat majmuida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirishga, oxir-oqibatda qishloq aholisining ijtimoiy-siyosiy va madaniy saviyasini, ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirishga qaratilgan, biz uchun o‘ta dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu davlat dasturini bajarishga kirishar ekanmiz, 2009 yildagi bosh vazifamiz uni amalga oshirish bo‘yicha istiqboldagi barcha ishlarni mustahkam tashkiliy asosga qo‘yishdan iboratdir.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
Dasturning prinsipial ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlariga
yana bir bor e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.