15. "Insonni ota-onasiga yaxshi muomala qilishga buyurdim. Agar ota-onang noma’lum
bir narsani menga sherik keltirishga (buyurib) zo‘rlasa, itoat etma. Sizlar mening dargohimga
qaytib borasizlar, sizlarga o‘z qilmishinglarni ayon qilaman", oyati qaysi sahobiyning onasi
o'g'lining Islomga kirganidan norizo bo'lgan paytida nozil bo'lgan?
a) Talha ibn Ubaydulloh
b) Sa'd ibn Abu Vaqqos
c) Zubayr ibn Avvom
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.
Izoh: Sa’d ibn Abu Vaqqos Islomni qabul qilganini onasidan ancha payt yashirib yurdi, lekin har
ishni nihoyasi bo’lgani kabi bu ish ham vaqti kelib oshkor bo’ldi. Va ona o’z o’g’lini yana
jaholatga qaytarish cuhun hamma usulni qo’lladi. Hech bir amali kor qilmagaidan keyin,
ona:”Agar sen ota-bobolaringni diniga qaytmas ekansan, emn hech narsa yemayman ham,
ichmayman ham”, deya qasam ichdi. Shunda Sa’d ibn Abu Vaqqos onasiga qarab: “Ey ona, men
seni qanchalik yaxshi ko’rishimni bilasan, lekin agar seni yuzta joning bo’lsayu, ko’z o’ngimda
yuz marta o’lsang ham bu dinimdan qaytmayman”, dedi-da mahzun holda Rasululloh sav
oldilariga maslahat olish uchun yo’l oldi. Bu paytda Rasululloh sav Alloh taoloning yuqorida
keltirilgan “Luqmon” surasining 14-15 oyati karimalarini vahiy orqali qabul qilayotgan edilar.
”Saodat asri qissalari”.
16. Islomga yashirin da'vat paytida musulmonlar qaysi sahobaning uyida to'planib ilm
Dostları ilə paylaş: |