Ziyo istagan qalblar uchun
Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
4-tur javoblari.
Mavzu: Islom diniga oshkora da'vatning boshlanishi
1. Oshkora da’vatga asos bo‘lgan oyat qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) Toha surasi, 5-oyat
b) Shuaro surasi, 214-oyat
c) Hijr surasi, 94-oyat
To’g’ri Javob: Hijr surasi, 94 oyat.
Izoh: Mushriklarning tahdidi kuchayib ketganligi sababli Rasululloh SAV qurayshning katta
yig’inlarida oshkora da’vat olib bormadilar. Musulmonlar pinhona ibodat qilishar, namozlarini
ko‘pincha Makkaning tog’lariga chiqib, pana-pastqamda o‘qishardi. Ularning soni o‘ttizdan
oshganda Rasululloh SAV hammalarini bir joyga jamlab, din ahkomlarini o‘rgatishlari va yo‘q-
yo‘riq ko‘rsatishlari zarur bo‘lib qoldi. Shu maqsadda birinchilar qatori islom diniga o‘tgan
Arqam ibn Abu Arqamning hovlisiga yig’ildilar. Shu paytgacha Hijr surasining: "Senga
buyurilganini oshkora o‘rtaga tashla, mushriklar bilan teng bo‘lma", degan 94-oyati nozil
bo‘lguncha maxfiy ish tutilgan edi. Bu oyat kelgach, Rasululloh SAV Allohning va’dasi va
yordamiga ishonib, oshkora da’vatga o‘tdilar. (“Nurul Yaqin”)
2. Payg'ambarimiz SAV qarindoshlarini ochiq davat qilishlariga nima sabab bo'lgan?
a) Qurayshda islom sezilib musulmonlar orasi kengayib ularga nisbatan zulm kuchayganda
qabiladagi hurmatlik insonlardan himoya istab
b) Abu Bakr r.a. ni kaltaklanganlarini oson qabul qila olmaganlari sabab
c) Shuaro surasining 214-oyati nozil bolishi sabab
Dostları ilə paylaş: |