www.ziyouz.com
www.forum.ziyouz.com
Ziyo istagan qalblar uchun
Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
Izoh: Yer jinsidan bo‘lgan hamma narsa - toza tuproq, qum, bo‘r, ohak,
tosh kabi narsalar bilan
tayammum qilish mumkin. Bularning hammasidagi asosiy shart - ular pokiza bo‘lishi kerak.
Bular - Imom A'zam va Imom Muhammadning nazdlarida. («Dinda savolim bor»)
20. Suv ham, tayammum uchun pok narsa ham topolmagan kishi namozini qanday ado
etadi?
a) to pok bo’lmaguncha namozlarini o’qimaydi.
b) namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki
tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi.
c) namozni o’tkazib yubormaslik uchun niyat qilib, imo-ishora bilan o’qiyveradi. Poklangandan
keyin esa boshqatdan o’qib oladi.
To’g’ri Javob: namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi.
So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi.
Izoh: Suv ham, tayammum uchun pok narsa ham topolmagan kishi namoz payti kirganida
joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok
narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi. («Radd ul-muxtor»)