Microsoft Word Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir word


Yordamchi so’zlarning vazifalariga ko’ra turlari



Yüklə 95,22 Kb.
səhifə22/25
tarix25.04.2023
ölçüsü95,22 Kb.
#102230
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir pdf 1

Yordamchi so’zlarning vazifalariga ko’ra turlari


Oʼzbek tilida vazifasiga koʼra, yordamchi soʼzlar 3 turga boʼlinadi:



  1. bogʼlovchi;

  2. yuklama;

  3. koʼmakchi.

Bogʼlovchi (grammatikada) — yordamchi soʼz. Gap va ran boʼlaklarini birbiriga bogʼlaydi. Bogʼlovchi ishlatilishiga koʼra, yakka Bogʼlovchilar («va», «ammo», «lekin», «agar», «chunki», «uchun» va b.), takrorlanuvchi Bogʼlovchilar («baʼzi», «bir», «goh», «yo» va b.) ga boʼlinadi. Bogʼlovchi grammatik maʼno va vazifasiga koʼra, teng Bogʼlovchi va ergashtiruvchi Bogʼlovchi larga ajratiladi. Teng Bogʼlovchilar «va», «hamda» — biriktiruv Bogʼlovchi larga («bahor keldi va daraxtlar uygʼondi»); «ammo», «lekin», «birok», «balki» — zidlovchi Bogʼlovchi larga («u ishga bordi, biroq ishlamadi»); «yo», «yoki», «yoxud», «goh… goh», «dam… dam» — ayiruvchi Bogʼlovchi larga («dam havo ochiladi, dam yomgʼir yogʼadi»); «na… na» — inkor B. larga («na yomgʼir yogʼadi, na havo ochiladi») boʼlinadi. Biriktiruvchi Bogʼlovchining vazifasini «bilan» koʼmakchisi, «ham», «da», «u» («yu») yuklamalari ham bajarishi mumkin. «U» («yu») yuklamasi zidlovchi Bogʼlovchi vazifasida ham keladi. Ergashtiruvchi Bogʼlovchi koʼpincha bosh gapga qoʼshilib, izohlash va aniqlash mazmunini beruvchi ergash gapni bogʼlab keladi. Ular — «ki(m)» — aniqlov B. («deydilarkim, oyda ham dogʼ bor»); «chunki», «shuning uchun», «negaki», «toki» — sabab va maqsad B. («keldi, shuning uchun quvondim»); «goʼyo», «goʼyoki» — chogʼishtiruv B. («u tik agʼanadi, goʼyo ostidan kesilganday boʼldi»); «agar», «basharti», «garchi» — shart va toʼsiqsizlik B. («agar kelsa, gaplashaman»)larga farqlanadi.


Yuklаmа — yordamchi soʼzlarning bir turi; ayrim gap boʼlagiga yoki gapga qoʼshimcha maʼno berish uchun qoʼllanadi. Yuklama tuzilishiga koʼra 2 xil boʼladi: Yu. qoʼshimcha (qoʼshimcha holiga kelib qolgan Yuklama: mi, chi, da, a, ya) va Yuklama soʼz (ayrim soʼz holidagi Yuklama: faqat, xuddi, naq, ham). Hoz. oʼzbek adabiy tilida gapga yoki ayrim soʼzlarga qoʼshilganda anglatadigan maʼnolariga koʼra Yuklamaning quyidagi turlari farqlanadi: soʼroq va taajjub Yuklama lari (mi, chi, a, ya), asosan, gapni soʼroq gapga aylantiradi: Bu kitobni oʼqidingizmi?; kuchaytiruv va taʼkid Yuklamalari (ku, ham, u, yu, da, oq, ki) gapga tasviriylik berib, soʼz maʼnosini kuchaytirish, shuningdek, taʼkid maʼnosini qoʼshish uchun ishlatiladi. Mas: Necha marta uchrashay dedimku, vaqtim boʼlmadi; ayiruv va chegaralov Yuklamalari (gina, faqat) turli soʼzlar bilan kelib, ularni ajratib, chegaralab koʼrsatish uchun qoʼllanadi. Mas: U faqat oʼsha voqea haqida soʼzlardi; aniqlov Yuklamalari (xuddi, naq, qoq) oʼzi aloqador boʼlgan gap boʼlagi maʼnosini aniqlash uchun xizmat qiladi. Mas: Oʼgʼli otasining xuddi oʼzi. Yuklamalar, shuningdek, tasdiq, inkor, qistov kabi maʼnolarni ifodalash uchun ham ishlatiladi.

Koʻmakchi — yordamchi soʻzlarning bir turi. Gapda ot yoki otlashgan soʻzlardan keyin kelib, vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon sintatik munosabatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Koʻmakchi aslida mustaqil soʻzlardan hosil boʻlgan. Shunga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi:


1) sof (asl) Koʻmakchi;
2) funksional Koʻmakchi (koʻmakchi vazifasida qoʻllanuvchi soʻzlar).

Sof koʻmakchi mustaqil lugʻaviy maʼnolarini batamom yoʻqotgan yordamchi soʻz boʻlib, boshqa soʻzlar bilan birikkan holda turli munosabatlarni anglata-di: sayin, orqali, tufayli, yangligʻ, bilan va b. Funksional Koʻmakchi mustaqil maʼnoli soʻzlar boʻlib, maʼlum urinlardagiva koʻmakchi sifatida qoʻllanadi. Funksional Koʻmakchining morfologik shakl va maʼno xususiyatiga koʻra turlari:


1) ot Koʻmakchi (tomon, yon, oʻrta va b.);
2) s i fat Koʻmakchi (boshqa, qarshi, tashqari va b.);
3) feʼl Koʻmakchi (koʻra, qarab, buylab va b.);
4) ravish Koʻmakchi (burun, avval, ilgari va b.).
Ko‘makchi yordamchi so‘zning bir ko‘rinishi sifatida. Turkiy tillarda (jumladan, o‘zbek tilida ham) ko‘makchi ko‘pdan buyon tilshunoslarning tekshirish manbai bo‘lib kelmoqda. O‘zbek tilidagi ko‘makchiga birinchi bo‘lib mukammal ta’rifni A.N.Kononov bergan: “Ko‘makchilar shunday bir gruppa so‘zlarki, ular ot bilan yoki obyekt bilan predikat orasidagi qurol-vosita, maqsad, sabab, payt, masofa, yo‘nalish, o‘xshatish kabi munosabatning yaratilishida xizmat qiladi”. SH.Shoabdurahmonov ham o‘zining “Yordamchi so‘zlar” asarida ko‘makchiga shunday ta’rif bergan: “Ko‘makchi obyektning obyektga yoki obyektning predikatga bo‘lgan turli grammatik munosabatini ko‘rsatuvchi yordamchi so‘zdir”. Darhaqiqat, ko‘makchi mustaqil so‘z orasidagi tobe munosabatni ifodalash va kelishik ma’nocini aniqlashtirish, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Shu xususiyati bilan ko‘makchi bog‘lovchi va yuklamadan farq qiladi. Ko‘makchi ma’no va vazifa jihatidan kelishik qo‘shimchasiga yaqin turadi. SHuning uchun ba’zan kelishik shaklidan anglashilgan ma’no ko‘makchi bilan ham ifodalanadi (Mashinada keldim – mashina bilan keldim. Ukamga oldim – ukam uchun oldim kabi). Lekin ular kelishik affiksiga qaraganda ma’noni aniq, konkret ifodalaydi.
Ko‘makchining shakliy xususiyatiga ko‘ra turlari. Ko‘makchi shakli va bajaradigan vazifasi jihatidan quyidagi turlarga bo‘linadi:
a) sof ko‘makchi;
b) yarim ko‘makchi;
d) qo‘shimchasimon ko‘makchi.
Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan [uchun][bilan][sari][qadar][kabi][singari][sayin][orqali] so‘zi 
Yüklə 95,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin