Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Kasb tanlashga yo’llashning mohiyati va mazmuni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118
Kasb tanlashga yo’llashning mohiyati va mazmuni.
Kasb tanlashga yo’llash - bu har bir shaxsning o’ziga xos individual xususiyatlari 
va mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o’z kasbiy o’rnini topishi 
uchun shaxsga ta’sir etishning ilmiy asoslangan shakl, usul va vositalar tizimidir. 
U insonning kasbiy kiziqishi va imkoniyatlari xamda jamiyatning aniq bir kasbiy 
faoliyat turiga ehtiyojlarining mutanosibligiga erishishga yo’naltirilgandir.
Kasb tanlashga yo’llash - mohiyat va samaradorlikni baholash 
ko’rsatkichlariga ko’ra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Kasbga yo’naltirishni xal 
etish vazifalari bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-fiziologik va psixologik-
pedagogik mohiyatga ega muammodir. Kasb tanlashga yo’llash insonning 
qobiliyati va iqtidorini maqsadli rivojlantirishda, uning kasb mahorati, ish 
qobiliyati va salomatligini asrashga imkon yaratadi hamda aholini ijtimoiy 
himoyalash va uning bandligi sohasidagi davlat siyosatining muhim elementlaridan 
biri sifatida namoyon bo’ladi. Kasb tanlashga yo’llash shaxsning mehnat 
salohiyatidan samarali foydalanish, uning ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirish 
xamda majburiy ishsizlikning oldini olishda muhim rol o’ynaydi. Kasb tanlashga 
yo’llash tadbirlari inson tomonidan o’z kasbiy malakasini oshirishning qulay 


86 
shakllarini izlash, ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuskorlik, intellektual va mehnat 
mustaqilligini rivojlantiradi.
Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama 
barkamol rivojlantirishning shart-sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning ma’naviy, 
aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya’ni barcha o’quv-tarbiya jarayoni 
bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi.
Kasb tanlashga yo’llash quyidagi qismlarni o’z ichiga oladi: kasbiy axborot, kasbiy 
maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy moslashish.
Kasbiy axborot - ma’lum bir kasbni egallash xoxishi bo’lgan shaxsga, turli 
mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o’sish 
imkoniyatlariga mehnat bozorining holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning 
shakllanishiga, shaxsning istak va ko’nikmalariga quyilgan talablar hamda 
zamonaviy kasblarning istiqboli va mazmuni to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash, 
targ’ibot qilish chora-tadbirlaridir.
Kasbiy maslahat - kasb tanlash yoki faoliyat turini o’zgartirishda yordamga 
muhtoj bo’lgan shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, shaxsiy fazilatlari, 
kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog’ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini o’rganish 
asosida psixologik-maslaxatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o’zaro muloqot 
tizimidan iborat.
Kasbiy tanlov va saralash - kasbiy faoliyatning alohida turlariga yaroqlilik 
darajasini aniqlashga yo’naltirilgan shaxsning psixofiziologik xususiyatlari 
(tanlash) yoki aniq bir kasbga bo’lgan psixofiziologik me’yoriy talablar (saralash) 
asosida shaxsni har tomonlama o’rganish tizimidir.
moslashish - ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy-psixologik va 
tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni muvofaqqiyatli ravishda 
kasbni egallashi uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan choralarning 
majmuaviy tizimidir.


87 
2.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin