230
Malakalarning ko‘chishi
– muayyan faoliyat sohasida hosil qilingan
malakalarning yangi malakalar hosil qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdan
iborat
qonuniyat.
Mustaqillik
– shaxsning muayyan aqliy, axloqiy yoki amaliy masalalarni hal
qilishida ayniqsa murakkab vaziyatni baholash va maqsadga muvofiq yo‘lni
tanlashda o‘zining mustaqil fikrlari, tamoyillari hamda ye’tiqodiga yega bo‘lishdan
iborat irodaviy xarakter xislati.
Maqsadga intiluvchanlik
– shaxsning o‘z xatti-harakatlarini
barqaror
hayotiy maqsadlarga bo‘ysundira olishida, maqsad yo‘lida hamisha tayyor, qat’iy
bo‘lishida ifodalanadigan xarakter xislati.
Odamovilik
– odamlaraga qo‘shilmay, ko‘pchilik yoqtirmay,
yakka holda
yashashni afzal ko‘rishdan iborat salbiy xarakter xislati.
Odat
– kundalik faoliyatda ko‘p takrorlanishi natijasida avtomatlashgan va
bajarilishi shaxsning funksional yehtiyojiga aylanib
ketgan harakatlardan iborat
individual xislati.
Osoyishta tip
– nerv tizimining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari teng
hamda o‘rtacha kuchga yega bo‘lgan tipi.
Passivlik
– atrofdagi narsa va hodisalarga,
kishilarga nisbatan befarq
munosabatda bo‘lishdan va jismoniy yoki psixik faoliyatsizlikdan iborat holat.
Dostları ilə paylaş: