Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


kiritilgan (tadqiqotchi o’zi kuzatayotgan  jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi),   yashirin



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118
kiritilgan
(tadqiqotchi o’zi kuzatayotgan 
jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi), 
 yashirin
bo’ladi. 
O’tkazilish joyiga asosan kuzatishlar 
dala 
va 
laboratoriya
kuzatishlariga 
bo’linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa sun’iy, 
ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o’tkaziladi. 
Olib borish muntazamligiga ko’ra kuzatishlar 
tizimli
(ma’lum vaqt davomida 
ob’ektni o’rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo’yicha) va 
tizimsiz
(noma’lum 
vaqt davomida rejaga asoslanmagan) bo’ladi. 
O’rganilayotgan hodisaning o’tkazilish davomiyligi, vazifalari va ko’lamiga 
ko’ra kuzatishlar 
qisqa vaqtli
(farazlarni ifodalash yoki boshqa metodlar 
yordamida olingan ma’lumotlarni nazorat qilish va to’ldirish uchun tadqiqotning 
boshlang’ich bosqichida o’tkaziladi) va, uzoq oylar va yillar davomida keng 
ko’lamli yoki murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning kechishini kuzatishga 
xizmat qiluvchi 
uzoq vaqtli
kuzatishlarga bo’linadi. 
2.
 
Psixologiyada «shaxs» tushunchasi. 
 
«Shaxs» tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Shaxsni u yoki bu yo’nalishda 
bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya 
o’rganadi. Psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o’laroq, shaxsning ichki 
dunyosini, boshqacha qilib aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy- irodaviy 
holatlarini, individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi. Psixologiya 
fanida shaxs muammosini o’rganish bo’yicha turli nazariyalar mavjud bo’lib, 
ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, 
bixevioristik kabi qarashlar, yondashuvlar qiradi. 
Biogenetik nazariya 
negizida insonning biologik rivojlanishi bosh omil 
sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy 
xususiyat kasb etadi, ular bilan o’zaro aloqalar tan olinadi, xolos. Mazkur 
nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi – biologik determinantlarga 


27 
(aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial- psixologik 
xususiyatlar kelib chiqadi. 
Taraqqiyot jarayonining o’zi avval biologik rivojlanishning universal 
bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonuniyat F. Myuller 
va E. Gekkellar tomonidan kashf qilingan bo’lib, ular ushbu qonuniyat 
taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilish hamda antidarvinchilarga qarshi 
kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq, inson organizmining 
individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushunti- rishda qo’pol 
xatolarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, biogenetik qonuniyatga ko’ra, shaxs 
psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy 
taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan 
g’oya yotadi.
Psixologiya tarixida 
biologizmning 
yaqqol 
ko’rinishi 
Z.Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini 
topgan. 
Uning ta’limotiga 
binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki 
instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, u jinsiy (seksual) maylga (libidoga) 
bog’liqdir. Bunga o’xshash biologizatorlik 
omillari 
inson 
xulqini 
belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki vazifasini bajara olmaydi.
Sotsiogenetik nazariya. 
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi
sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashuvga binoan, 
shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish 
(sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro 
munosabati 
vositalaridan 
kelib 
chiqqan 
holda 
tushuntiriladi. 
Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning 
ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin