Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118
Qiyosiy metod
(«ko’ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub 
odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko’ra taqqoslashdan 
iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo’lgan odamlarning ikkita katta guruhi 
(talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish uchun bir xil tajriba 
metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o’zaro solishtiriladi. 
Longityud metodi
(«uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq 
vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda 
ta’lim olish vaqti davomida ko’plab marta tekshirish. 
Qiyosiy va longityud metodlari o’z afzalliklariga ega. Kesimlar metodi qisqa 
vaqt ichida ko’p sonli sinaluvchilarni tadqiqot bilan qamrab olish imkonini beradi. 
Longityud metodi kesimlar metodi e’tiboridan chetda qolgan nozik farqlar, xususiy 
rivojlanish turlarini qayd etishga imkon yaratadi. Amaliyotda bu ikki metod bir-
birini to’ldiradi. 
Majmuiy metod
– tadqiqotda turli fan vakillarining ishtiroki turli hodisalar
masalan, shaxsning fiziologik, psixologik va ijtimoiy taraqqiyoti o’rtasidagi 
aloqalar va bog’liqliklarni o’rnatish imkonini beruvchi o’rganish usuli. 
Kuzatish
– psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, 
maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo’lgan metod. 
Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo’lib uning ob’ektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv 
yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo’llagan holda nazorat 
olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil: 
standartlashtirilgan 


26 
(belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o’tkazilgan), 
erkin 
(oldindan 
o’rnatilgan chegaralarga ega bo’lmagan), 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin