Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118
Mehnat psixologiyasi
- inson psixik faoliyatining takomillashishi va 
qonuniyatlarini o’rganuvchi psixologiya sohasi bo’lib, u mehnat jarayonida 
shaxsdagi jarayon, holatlar va xususiyatlarni o’rganadi. 
Mehnat psixologiyasi 
vazifalariga
psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini, mehnat 
unumdorligini orttirishning psixologik shart-sharoitlari, mehnat va dam olish 
rejimi, mehnat turlarini psixologik tahlil qilish, kadrlarni ularning individual 
psixologik xususiyatlariga qarab tanlash hamda joy-joyiga qo’yish, ishlab chiqarish 
avariyasi va travmasining psixologik sabablari kabi masalalar kiradi.
Muhandislik psixologiyasi
-inson va texnik tuzilmalar o’rtasidagi 
informatsion aloqa vositalari va jarayonlarini o’rganuvchi psixologiya tarmog’idir.
Muhandislik psixologiyasi psixologiyaning texnik moslamalar bilan uni 
boshqaruvchi kishilar o’rtasidagi o’zaro bog’lanish hamda o’zaro ta’sirini 
tekshirish bilan shug’ullanuvchi maxsus sohasi. 
Muhandislik psixologiyasining 
ilmiy vazifasi 
optimal konstruktsiyalarni psixofiziologik jihatdan asoslash va 
mexnat unumdorligini orttiruvchi psixikani loyhalashda mutaxassis injenerlarga 
bevosita yordam berishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi 
- ontogenezda shaxs tug’ilganligidan to 
umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish 
bosqichlarini 
o’rganuvchi 
psixologiya 
tarmog’i. 
Yosh 
psixologiyasi 
psixologiyaning turli yosh bolalik, o’smirlik, o’spirinlik va boshqa bosqichlaridagi 
psixik rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi maxsus sohasi.
Pedagogik psixologiya
- shaxsga ta’lim-tarbiya berishning qonuniyatlari va 
muammolarini o’rganuvchi psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya 
psixologiyaning yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning psixologik 
muammolarini o’rganuvchi maxsus sohasi. Pedagogik psixologiya pedagogikaning 
ilmiy asoslaridan biri bo’lib, pedagogika nazariyasi va amaliyotini tashkil qilish 
uchun zarur bo’lgan psixologiyaga oid fakt hamda qonuniyatlarni aniqlaydi.
Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini alohida 
ta’kidlash lozim. E. A. Klimov, mehnat psixologiyasiga quyidagicha tavsif beradi: 
mehnat psixologiyasi fan sifatida bu insonning sub’ekt sifatida faoliyat ko’rsatishi 


15 
va shakllanishi sohasidagi vazifalarni echish usullari, yo’llari va sharoitlarini 
o’rganuvchi psixologiya yo’nalishidir.
Kasb psixologiyasi
shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o’rganadi. 
Bunda shaxs rivojlanishi kasbiy shakllanish sifatida ko’rib chiqiladi. Kasb 
psixologiyasi-mehnat psixologiyasining kasblarning psixologik komponentlarini 
yoki muayyan kasbda ishlovchilarga nisbatan qo’yiladigan psixologik talablarni 
o’rganish hamda ilmiy tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi bo’limidan iborat.
Mutaxassislikning turli ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy qarashlarida 
kasbiy hulq muhim axamiyatga ega. Shaxsning psixomotor motivatsion va 
kognitiv sifatlariga e’tibor berilgan holda kasbiy yutuqlarga asosiy e’tibor 
qaratiladi. Inson va uning kasbi o’rtasidagi, shuningdek, kasbiy vazifasi va kasblar 
olami tuzilmasi o’rtasidagi munosabatlar tahlil qilinadi.
Kasb psixologiyasi inson uchun kasbiy faoliyatning ahamiyatini o’rganib, 
shaxsning kasbiy shakllanishini tadqiq etadi, shuningdek, yoshlikda kasbiy
tasavvurlarni rivojlanishini, kasbiy etuklik determinantalarini ayniqsa, kasbga 
kirishish va uning hayotga bo’lgan ta’sirini o’rganadi.
Kasb psixologiyasining muhim jihatlari 
- bu kasbiy faoliyatning tahlili, 
kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o’rganishi, kasbiy talablarni 
aniqlashdan iborat.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin