Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/118
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194998
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
1.
Kasbiy psixologiyani fan sifatidagi ahamiyatini aytib bering. 
2.
Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
3.
Kasbiy psixologiya fani metodlarini tavsiflang. 
4.
Kasbiy psixologiya fanining qonuniyatlari va o’ziga xos tomonlari 
nimalarda ko’rinadi? 


21 
5.
Kasbiy psixologiya fani qaysi fanlar bilan uzviy bog’liq? 
II.
 
Kasbiy psixologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari 
Reja: 
1.
Kasbiy psixologiyanig tadqiqot metodlari 
2.
Psixologiyada «shaxs» tushunchasi.
3.
Muxandis xodimlari shaxsining bilish faoliyatiga psixologik tavsif. 
4.
Muxandis xodimlar faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy va 
shaxsiy fazilatlarning o’rni 
1. 
Kasbiy psixologiyanig tadqiqot metodlari 
Kasbiy psixologiya fanining o’ziga xos ilmiy o’rganish metodlari mavjud. 
Psixologiya fanini ilmiy o’rganish metodlari («metod» yunoncha so’z bo’lib, 
«biror narsaga borish yo’li» degan ma’noni anglatadi) psixik jarayonlar, holatlar 
va individual xususiyatlar to’g’risidagi bilimlarni egallashda qo’llaniladigan 
nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning 
yig’indisidir. 
Kasbiy psixologiya muxandislik psixologiya sohasining ob’ektiv 
qonuniyatlarini o’rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu 
metodlar o’zining maqsadi va yo’nalishiga qarab tasniflanadi.
Individual-psixologik 
xususiyatlarni 
o’rganishning 
instrumental 
metodlariga avvalo eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har xil 
testlar o’tkazish, anketalar, so’rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni 
psixodiagnostikaga oid asosiy qo’llanmalarda berilgan. 
Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining 
doimiyligi yoki o’zgaruvchanligi darajasi, tuzilishini aniqlash uchun nihoyatda 
katta ahamiyatga ega. Biroq, psixologik metodlar yordamida olinadigan 
materiallarda ayrim xatolar ham bo’lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini 
psixologik o’rganishning o’ziga xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment 
tadqiqotining barcha bosqichlarida maxsus o’rganish va hisobga olishni talab 


22 
qiladi. 
Kasbiy psixologiyaning o’rganish sohalariga, jumladan, tek- shirilayotgan 
shaxsning inson-texnika munosabatlari sharoitidagi holatlari kiradi. Shaxs 
harakat qiladigan bu sharoitlar shaxsning odatdagi tadqiqot sharoitida yo 
aniqlash juda qiyin bo’lgan, yo umuman ko’rinmaydigan tomonlarini ko’rsatadi. 
Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o’rganishga imkon 
beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi. 
Psixoanaliz xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy sabablarini 
tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo’llaniladi. 
Anketa metodi.
Bu metodga tadqiqotchini 
qiziqtiruvchi 
faktlar 
haqida bir qator materiallar olish uchun nisbatan ko’p sonli shaxslar guruhiga 
beriladigan savollarning bir xilligi xos. Materiallarga statistik ishlov beriladi va 
tahlil qilinadi. 
Suhbat (intervyu) 
metodi
.
Ushbu 
yordamchi metod
tadqiqqotning eng boshida umumiy yo’nalish olish va ishchi farazlarni yaratish
maqsadida qo’llaniladi. Bu erkin, majburiy bo’lmagan suhbat.
Suhbat (intervyu) anketa tadqiqotlaridan keyin ham qo’llanishi mumkin. 
Bunda anketa tadqiqotlari natijalari suhbatlashish orqali chuqurroq o’rganiladi. 
Suhbatga tayyorgarlik jarayonida savollarni berishga katta e’tibor qaratish lozim. 
Savollar qisqa, aniq va tushunarli bo’lishi kerak. 
So’nggi yillarda psixodiagnostika o’tkazishda kompyuterdan foydalanishga 
qiziqish keskin oshdi. Avtomatlashtirilgan psixologik tizimlarning dastlabki 
variantlari mamlakatimizda XX asrning 60-yillaridayoq ishlab chiqilgan edi. 
Ammo ular, EHMlardan foydalanish qiyinligi va ularning qimmat turishi 
sababli, ommaviy tarzda yoyilmadi. O’tgan asrning 80-yillari o’rtalaridan 
boshlab esa kompyuter tizimlari test o’tkazish amaliyotiga keng tatbiq etila 
boshlandi. 
Kompyuterlashtirishdan avval psixologik test o’tkazish uzoq davom 
etadigan, bir xil tusdagi bir muncha murakkab ish bo’lgan. Testdan o’tayotgan 
shaxs juda ko’p savollarni o’qir hamda maxsus jadvallarning katta qog’oz 
«choyshab»larini to’ldirar edi. To’ldirilgan jadvallarga «qo’lda» ishlov berish 


23 
ayniqsa qiyin va katta hajmli ish bo’lgan. Psixolog yoki uning yordamchilari 
javoblarni guruhlarga ajratar (yordamchi jadvallarga yozib qo’yar yoki maxsus 
trafertalardan foydalanar), har bir guruhdagi javoblarni hisoblar va aniq 
psixologik ko’rsatkichlarni aniqlar edilar. Bunday psixologik diagnostika 
quyidagi sabablarga ko’ra amalda qoniqarsizdir: 

testlarda kam sonli xohlovchilarning ishtirok etishi, javoblarga ishlov 
berishning nihoyatda qiyinligi statistik ji- hatdan ishonchli natijaga erishish 
uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni shakllantirishga imkon bermasligi; 

jarayonning testdan o’tkazilayotgan shaxs ruhiyati va his- tuyg’ulariga 
ta’siri, natijada uning psixologik holatini buzib ko’rsatishi; 

javoblar ishlovi hajmining kattaligi muqarrar ravishda hisob-kitob 
xatolariga olib kelishi; 

ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, test o’tkazuvchi psixo- logning 
sub’ektiv qarashlari va test natijalarini amaliy qilishi. 
Hozirgi vaqtda test o’tkazish jarayoni kompyuterda erkin suhbat shaklida 
olib boriladi. Savollarning bir xildagi ketma-ketligiga barham berilgan. Har bir 
savol ekranda paydo bo’ladi va javob kiritilganidan keyin yo’q bo’ladi. So’ngra 
keyingi savol paydo bo’ladi va hokazo. Vaziyat uzluksiz o’zgarib turadi. 
Testdan o’tayotgan shaxsning o’zi suhbat (dialog) sur’atini, hissiy boyligini 
belgilaydi. Bularning bari shaxsning suhbatda o’zini to’liq namoyon etishiga 
yordam beradi. 
Hozir kompyuterlarda psixologik parametrlarni hisoblash hamda testdan 
o’tayotgan shaxs javoblarining butun majmui bo’yicha berish jarayoni bir necha 
soniya vaqt talab qiladi. Psixolog test o’tkazib bo’lingan zahoti asosiy psixologik 
ko’rsatkichlarning to’liq to’plamiga ega bo’lgan tayyor psixokartani oladi. U 
faqat mutaxassis sifatida ishlaydi. Asosiy ko’rsatkichlar majmui dastlabki tarzda 
baholanganidan so’ng ancha ixtisoslashgan dasturlar bo’yicha qo’shimcha test 
tayinlanishi mumkin. Bunday dasturlar bloki ishlab chiqilgan, yo’lga qo’yilgan
Psixokartalarning to’planib boruvchi massivi kompyuterda keyinchalik 
ishlov berish – umumiy statistik qonuniyatlarni (mutaxassisning psixologik 


24 
portreti xususiyatlariga jins, yosh, ish staji, kasb va boshqa omillarning ta’sirini) 
aniqlash uchun foydalaniladi. 
Testdan o’tish 90 daqiqadan oshmasligi kerak. Asosiy testdan keyin 
tekshiriluvchi shaxs o’zining individual-tipologik va shaxsiga xos xususiyatlarni 
raqamlar ko’rinishida ifodalovchi maxsus psixogrammalarni oladi. Psixolog-
mutaxassis yakka tartibdagi suhbatda tekshiruvchiga test natijalarini tushuntirib 
beradi. Ta’kidlash joizki, ba’zi test o’tkazish tizimlarida kompyuterda 
tekshiriluvchilarga o’z shaxsini test ma’lumotlari bo’yicha tavsiflash taklif 
etiladi. Bunday xarakteristikalar (tavsiflar) rasmiy (formal) xususiyatga ega, 
ularda olingan empirik ma’lumotlar inobatga olinmaydi. Bundan tashqari, test 
o’tkazish tizimi o’z-o’zicha emas, balki inson faoliyatini yaxshilash uchun zarur. 
Olingan ma’lumotlarni psixolog muayyan maqsadga yo’naltirilgan suhbat, 
kuzatish kabilarning natijalari bilan solishtiradi. 
Psixolog test natijalari bo’yicha individual maslahat jara- yonida psixik 
adaptatsiya (moslashuv) xususiyatlari, hissiy-irodaviy holati, shaxsning tuzilishi 
va ehtiyoj yo’nalishlarini tahlil qiladi. 
Shunday qilib, tizimli yondashuv psixologiya va muxandislikning turli 
usullari bilan birga, faoliyat jarayonining asosiy psixologik qonuniyatlari, 
shaxsning tuzilishi va huquqiy normalar tizimining o’zaro ta’sirini etarlicha 
chuqur tahlil etish va aniqlashga, ushbu o’zaro ta’sirning barcha ishtirok etuvchi 
elementlarini inobatga olgan holda aniq tavsiflash va muhim xususiyatlarini 
ajratishga imkon beradi. 
Psixologik tadqiqotda qo’llaniladigan metodlarning barchasini to’rt guruhga 
ajratish mumkin: 1) tashkiliy metodlar; 2) tajriba metodlari; 3) ma’lumotlarni 
qayta ishlab chiqish metodlari; 4) izohlash metodlari. Birinchi guruhga qiyosiy, 
longityud va majmua metodlari kiradi. Ma’lumotlar olishning tajriba metodlari 
kuzatish va o’zini kuzatish (introspektsiya), tajriba metodlari (laboratoriya, 
tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, anketalar, 
so’rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili 
(xronometriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va 


25 
boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o’z ichiga oladi. Ma’lumotlarni 
qayta ishlash metodlariga miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga 
ajratish, tahlil) metodlari kiradi. Izohlash metodlariga turli xildagi irsiy 
(materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va 
boshqalarni ajratib ko’rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha 
xususiyatlarining tuzilishlari o’rtasidagi aloqani o’rnatish) metodlar kiradi. 
Psixologik tadqiqotning asosiy metodlarini birmuncha to’liqroq holatda ko’rib 
chiqamiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin