Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101
2 5208751846268607301

3.Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri 
Zamonaviy mutaxassislar oldiga qo’iladigan eng muxim masalalardan biri 
— malakali kadrlar sifatida o’zligini, o’z qobiliyatlari, intellekti, shaxsiy 
fazilatlarini bilgan tarzda atrofdagilar mehnatini okilona tashkil etish va ijtimoiy 
foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat 
ko’rsatishdir. Bu o’rinda inson ruhiyati qonunlarini o’rganuvchi psixologiya 
fanining o’rni benihoya katta. Yosh avlodni yangi ta’lim standartlari asosida, jahon 
talablariga javob beruvchi 
mutaxassislar qilib tarbiyalash OO’Yuda ta’lim olayotgan yoshlar uchun yangi 
darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlar tayyorlashning ham yangicha 
usullari 
talab 
etilmokda. 
Yangi 
pedagogik 
texnologiya 
usullarini 
mukammalashtirish va amaliyotga tadbiq etish davr talabidir. 
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, oldimizda hozirgi kunda oliygoxlarda 
talabalar bilim olishlari uchun, sohani chuqur egallashlari uchun barcha 
imkoniyatlarni yaratish vazifalari turibdi. Gap fikr yuritish operatsiyalarini 
faollashtirish, aqliy faoliyatni faollashtirish xususida borar ekan, biz eng avvalo, 
e’tiborni talabalarning yo’nalganligini aniklashga qaratishimiz lozim. Yo’nalganlik 
shaxsning atrof muhitda ro’y berayotgan voqea, hodisalarga nisabatan 
munosabatlar majmui bo’lib, faoliyat sifatini belgilab beradi. 


102 
Xatti - harakatlar tuzilishining shakllanishiga ta’sir o’tkazadi (yangi 
extiyojlar, maqsadlar, motivlar). Bu o’rinda ustanovkalar ham alohida axamiyatga 
ega. O’qish-bilim olish faoliyati shaxs kamolotida muhim ahamiyatga ega va 
chukur muammo kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, 
malaka va turli ko’nikmalar uzlashtriladi. Faoliyat turlari o’z-o’zidan ro’y 
bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini kanday tutishi, 
egallangan mavqei ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatni amalga 
oshrish va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «Motiv» va 
«Motivatsiya» tushunchalari ishlatiladi. «Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» 
tushunchasidan kengroq ma’noga ega. Motivatsiya-inson hulq-atvori, yo’nalishi va 
faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu 
tushuncha u yoki bu shaxe hulkini, ya’ni «nega?», «nima uchun?», «nima 
maqsadda?», «qanday manfaat yulida?» degan savollarga javob kddirish —
motivatsiyani qidirish demakdir. 
Shaxsning jamiyatda odamlar orasida xulki va o’zini tutish sabablarini 
o’rganish tarbiyaviy axamiyatga ega bo’lib, masalani yoritishning ikki jihati 
farklanadi. 
1. Ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari 
nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qizikishlar va 
h.k.). 
2. Tashqi sabablar — faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlar. Ya’ni, bular 
ayni konkret holatlarning kelib chikishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir. 
Shaxs hulq-atvorini ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy 
dispozitsiya deb ham ataladi. Ular shaxs tomonidan anglanilishi yoki 
anglanmasligi mumkin. Ba’zan shunday bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi 
yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini 
o’zi tushunib etmaydi. «Nega?» degan savolga «o’zim ham bilmayman», deb 
javob beradi. Bu anglangan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar 
shaxs biror sohaga, kasbga qiziqib, ongli tarzda, uning barcha sir-asrorlarini 
egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo’ladi, 


103 
aniqrog’i, dispozitsiya anglangan, ongli xisoblanadi. Shu nukgai nazardan motiv 
kengroq tushuncha 
bo’lib, u shaxsdagi u yoki bu faollik usuliga nisbatan turgan moyillik, xozirlikni 
tushungirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin 
motivlar muammosi ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy hulq motivlari borasida katta, 
keng kamrovli tadqiqotlar olib borib, shuni anikdadiki, har bir odam o’ziga xos 
tarzda u yoki bu vaziyatni idrok kilish va 
baholashga moyil bo’ladi. Bu baholar turlicha xarakterga ega. 
Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat, kayfiyatga qarab bir 
xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga moyil bo’larkan. 
Shuning uchun xam odamning ayni paytdagi real harakatlarni o’sha ma’lum 
sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaktsiyasi 
sifatida karamay, balki shunga uxshash xolatlarni idrok etishga ichki bir hozirlik 
— dispozitsyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda 
shaxs faolligining motivatsiyasi turli sharoitlarda orttirilgan tajribaga tayangan, 
ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba me’yorlarining ta’sirida shakllanadigan 
sabablar majmuasini o’z ichiga oladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin