Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   101
2 5208751846268607301

Buyuk Britaniyaning kasb tanlashga yo’llash ishlarini tashkil etilishi. Bu 
mamlakatda, yoshlar bandligiga ko’maklashish xizmati XX asrning boshida 
ochilgan bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan va 
mehnat bozori o’zgarib, mavjud kasblarning eskrishi kuzatilgan hamda malakali 
xodimlarga bo’lgan talab o’sib borgan. Mamlakat ishchilarini ishga joylashtirishni 
tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy yo’qotishlar qoniqarsiz darajada 
bo’lishi jamiyatda doimiy ijtimoiy tanglikni keltirib chiqishiga sabab bo’lgan. Bu 
holat, ayniqsa, ishsizlik bilan aziyat chekayotgan yoshlarga ta’siri kuchliroq 
bo’lgan. Shu munosabat bilan, 1909 yilda hukumat, davlat mehnat birjalari 
doirasida yoshlarni ishga joylashtirish bilan shug’ullanuvchi maxsus byurolari 
tashkil etilgan. Mehnat birjalari tarkibida umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun 
kasb tanlashga yo’llash xizmatlari tashkil etilgan. Mazkur xizmatlar, 16 yoshgacha 
bo’lgan o’quvchilarga yordam ko’rsatgan, mehnat birjalari tarkibidagi yoshlarni 
bandligini ta’minlash byurosi esa 19 yoshdan o’quvchilarga kasb tanlashda yordam 
ko’rsatgan.
Mamlakatda kasbga yo’naltirishning ikki yo’nalishdagi tizimi uzoq vaqt 
davomida saqlanib turdi. Faqatgina XX asrning 60-yillarida, davlat, maktabning 
kasb tanlashga yo’llash xizmati va kattalar bandligini ta’minlash tizimini 
birlashtirish bilan mavjud tizim o’zgartirishga qaror qildi. Lekin, bu qaror kasb 
tanlashga yo’llash sohasidagi ko’pchilik o’qituvchi va mutaxassislar tomonidan 
ma’qullanmadi. Shu munosabat bilan 1973 yilda, kasb tanlashga yo’llash ishlari 
nafaqat maktablarda, balki kollej va universitetlarida ham amalga oshirilishi kerak, 


92 
degan, maxsus qonun qabul qilingan. Shu qarorga asosan, kasb tanlashga yo’llash 
ishlari ta’limning barcha bosqichlarida amalga oshirila boshladi.
Maktab va boshqa o’quv yurtlarida asosiy kasb tanlashga yo’llash ishlarini 
professional maslahatchilar tomonidan amalga oshirilgan. Ularning asosiy vazifasi, 
o’quvchilarni qiziqishlarini, qobiliyatini aniqlash va kasb tanlash bo’yicha ularga 
maslahat berishdan iborat bo’lgan. Ularning ishlari diagnostik yondashuvga 
asoslangan xolda tashkil etilgan. Ular qiziqishlarini aniqlashga doir savolnomalar, 
turli testlar (qobiliyatini, shaxs sifatlarini aniqlash testlari va h.k.) ishlatganlar. 
Biroq, diagnostik yondashuv o’quvchilar faoliyatini aniqlashga to’sqinlik qilgan.
1970 yillarda kasb tanlashga yo’llash ishlarini rivojlanayotgan jarayonini 
hisobga olib, yangi kontseptual yondashuv shakllantirilgan. Ko’proq e’tibor 
maktab ta’limning barcha bosqichlarida o’quvchining o’z faoliyatini 
rivojlantirishga qaratilgan. O’quv jarayoniga, kasbga tayyorlashning umumlashgan 
variantli dasturlari joriy etilgan, lekin bu dasturlar orqali o’quvchilar qat’iy kasb 
tanlash ko’nikmalariga yo’naltirilmagan. Shuning uchun o’quvchilar o’z kuchlarini 
bir necha kasblarda sinab ko’rishlari mumkin bo’lgan. Bunday yondashuv 
o’quvchilar mavjud kasblar bilan yuzaki tanishganlari uchun ham to’liq tan 
olinmadi, chunki o’quvchilarda maktabni tamomlagach, muvaffaqiyat bilan 
mehnat qilish imkoni bo’lmadi. Shuning uchun, kasb tanlashga yo’llash sohasida 
kontseptual yondashuvlar qayta ko’rib chiqildi va e’tibor o’quv jarayoniga 
qaratildi. Professional kasbiy tayyorgarlik ta’lim sohasidagi umumiy ta’lim 
tayyorgarlik yo’nalishlaridan biri sifatida hisobga olingan edi. Ta’lim jarayoniga 
muayyan kasblar bo’yicha kasbiy ko’nikmalar va o’quvchilarning shaxsiy 
fazilatlarini rivojlantiruvchi, o’quvchilarni kasblar bo’yicha fikrlash doirasini 
kengaytirish uchun kurslar kiritilgan.
Ta’lim va mehnat faoliyati qat’iy cheklanmagan bo’lib, kasb tanlashga yo’llash 
ishlari keng o’rganilib chiqilgan va yoshlarga kasb tanlash haqida ongli qaror qabul 
qilishga yordam berishga mo’ljallangan faoliyat turlari qabul qilingan.
Xususiy maktablarda shakllanib qolgan an’anaga ko’ra, o’quvchilarning 
kasb tanlashiga shaxsan maktab direktori javobgar bo’lgan. U kasb tanlash 


93 
bo’yicha rahbarni tayinlaydi, uning ishi uchun zarur shart-sharoitlar bilan 
ta’minlaydi, muhokama qilish uchun ota-onalar hamda kasb tanlashga yo’llash 
bo’yicha xizmatlar va tashkilotlar bilan uchrashuvlar tashkil etadi.
Kasb tanlashga yo’llash jarayonida o’qituvchi-murabbiylarning ta’siri 
sezilarli darajada katta hisoblanadi. Ular o’quvchilarning shaxsiy sifatlari va 
qobiliyatini yuzaga chiqishiga ko’maklashadilar, o’quvchilar tomonidan individual 
rejalarini bajarilishini nazorat qiladilar va o’quvchilarga tavsiya beradilar. Kasb 
tanlashda, maslahatchi sifatida o’quvchilarining kasbiy faoliyati, qobiliyati va 
imkoniyatlari haqidagi ma’lumotga ega o’quv fani o’qituvchilari ham ishtirok 
etadilar. O’quvchilarning kasbga yo’naltirishga qaratilgan pedagogik jamoaning 
faoliyati natijasida, yuqori sinf o’quvchilarning juda oz qismigina kasb tanlashga 
yo’llash xizmatlari yoki boshqa maktabdan tashkari tashkilotlar xizmatidan 
foydalanadilar.
Shunday qilib, Buyuk Britaniyada kasbga yo’naltirishning vazifasi 
o’quvchilarga kasb tanlashga yordam berishgina emas, balki mehnat bozori 
talablari doirasida o’zlarini baholashga o’rgatish. Shu bilan birga, kasbni mustaqil 
tanlashga va u yoki bu turdagi professional faoliyatida amaliy tajriba oshirishiga 
alohida e’tibor qaratiladi. Kasb tanlashga yo’llash tizimi ijtimoiy-iqtisodiy 
ehtiyojlariga muvofiq holda tez rivojlangan. Ta’lim va kasbiy yo’lining tanlashga 
yo’naltirish ishlari yagona va uzluksiz jarayon sifatida qaraladi. Kasb tanlashga 
yo’llashishlari maktabda o’qish davrida amalga oshirilib boriladi va keyinchalik 
uning mehnat faoliyatini nazorat qilib boriladi. Buyuk Britaniya yoshlarini kasb 
tanlashga yo’llash muammosiga alohida e’tibor qaratiladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin