Kasb tanlashga yo’llashning mohiyati va mazmuni.
Kasb tanlashga yo’llash - bu har bir shaxsning o’ziga xos individual xususiyatlari
va mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o’z kasbiy o’rnini topishi
uchun shaxsga ta’sir etishning ilmiy asoslangan shakl, usul va vositalar tizimidir.
U insonning kasbiy kiziqishi va imkoniyatlari xamda jamiyatning aniq bir kasbiy
faoliyat turiga ehtiyojlarining mutanosibligiga erishishga yo’naltirilgandir.
Kasb tanlashga yo’llash - mohiyat va samaradorlikni baholash
ko’rsatkichlariga ko’ra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Kasbga yo’naltirishni xal
etish vazifalari bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-fiziologik va psixologik-
pedagogik mohiyatga ega muammodir. Kasb tanlashga yo’llash insonning
qobiliyati va iqtidorini maqsadli rivojlantirishda, uning kasb mahorati, ish
qobiliyati va salomatligini asrashga imkon yaratadi hamda aholini ijtimoiy
himoyalash va uning bandligi sohasidagi davlat siyosatining muhim elementlaridan
biri sifatida namoyon bo’ladi. Kasb tanlashga yo’llash shaxsning mehnat
salohiyatidan samarali foydalanish, uning ijtimoiy va kasbiy faolligini oshirish
xamda majburiy ishsizlikning oldini olishda muhim rol o’ynaydi. Kasb tanlashga
yo’llash tadbirlari inson tomonidan o’z kasbiy malakasini oshirishning qulay
86
shakllarini izlash, ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuskorlik, intellektual va mehnat
mustaqilligini rivojlantiradi.
Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama
barkamol rivojlantirishning shart-sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning ma’naviy,
aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya’ni barcha o’quv-tarbiya jarayoni
bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi.
Kasb tanlashga yo’llash quyidagi qismlarni o’z ichiga oladi: kasbiy axborot, kasbiy
maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy moslashish.
Kasbiy axborot - ma’lum bir kasbni egallash xoxishi bo’lgan shaxsga, turli
mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o’sish
imkoniyatlariga mehnat bozorining holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning
shakllanishiga, shaxsning istak va ko’nikmalariga quyilgan talablar hamda
zamonaviy kasblarning istiqboli va mazmuni to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash,
targ’ibot qilish chora-tadbirlaridir.
Kasbiy maslahat - kasb tanlash yoki faoliyat turini o’zgartirishda yordamga
muhtoj bo’lgan shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, shaxsiy fazilatlari,
kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog’ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini o’rganish
asosida psixologik-maslaxatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o’zaro muloqot
tizimidan iborat.
Kasbiy tanlov va saralash - kasbiy faoliyatning alohida turlariga yaroqlilik
darajasini aniqlashga yo’naltirilgan shaxsning psixofiziologik xususiyatlari
(tanlash) yoki aniq bir kasbga bo’lgan psixofiziologik me’yoriy talablar (saralash)
asosida shaxsni har tomonlama o’rganish tizimidir.
moslashish - ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy-psixologik va
tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni muvofaqqiyatli ravishda
kasbni egallashi uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan choralarning
majmuaviy tizimidir.
87
2. Ilg’or xorijiy mamlakatlarda kasb tanlashga yo’llash tajribasi
Yoshlarni kasbni mustaqil tanlashga tayyorlash bo’yicha mavjud
adabiyotlarning o’rganilishi, bu muammo turli mamlakatlarda o’ziga xos milliy
xususiyatlar va ijtimoiy-iqtisodiy muhitdan kelib chiqib anchagina farq qilishi
kuzatildi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlardagi, yoshlarni kasb tanlashga
yo’llash ijtimoiy-iqtisodiy hamda milliy an’ana sifatida davlat tomonidan tartibga
solinadi. Bu tajribaning qay darajada samarali ekanligini ta’lim sifatida va
tayyorlanayotgan kadrlarning kompetentsiya darajasida ko’rish mumkin.
AQShda kasb tanlashga yo’llashishlari XX asrning boshlarida shakllana
boshladi. Bu davrda, mamlakatda sanoat ishlab chiqarish tez o’sishi jarayonida
bo’lganligi sababli, umumiy ta’lim va maxsus malakali kadrlarga bo’lgan talab
ham ortgan edi. Bu muammoni hal qilish uchun, 1908 yilda Boston shahrida
F.Parsons tomonidan shahar maktablari o’quvchilari uchun birinchi kasb tanlashga
yo’llash maslahat byurosi tashkil etiladi. Byuroning faoliyati kasbga yo’naltirishni
boshlanishi hisoblangan.
Uning vazifasi to’g’ri kasb tanlashda o’quvchilarga maslahat berishdan iborat
edi. O’quvchilar tavsiyalarni o’tkazilgan so’rovnomalar va test natijalari asosida
olganlar. Shu bilan birga yoshlarning haqida ma’lumotlar, muayyan kasb
talablariga mos holda qilingan.
F.Parsonsning shaxs xususiyatlari va ishlab chiqarish omillarini hisobga olish
zarurligi haqidagi g’oyalar turli ta’lim muassasalarning o’quv dasturlarida ham o’z
ifodasini topgandi. Kasb tanlashga yo’llash shaxsga o’zining shaxsiy sifatlarini va
kasb xususiyatlarini o’rganishga yordam berish bo’lib, natija o’quvchi tomonidan
o’z kasb yo’lini oqilona tanlash bilan yakunlanishidir. Biroq F.Parsonsning g’oyasi
inson va uning kasbiy faoliyati biroz soddalashtirilgan ko’rinishda aks ettirilgan.
Bunda mehnat unumdorligi ishchining manfaatlariga bog’liq bo’lgan. So’ngra,
xuddi shunday byuro Nyu-Yorkda tashkil etilgan. Uning vazifasi kasblar haqida
yanada batafsil bilishlari uchun o’quvchilar qanday talablarga javob berishlari
lozimligini o’rganish edi. Byuro maktab o’qituvchilari bilan hamkorlikda
so’rovnoma va testlardan foydalangan holda ish olib borganlar. Byuroning bu
88
tajribalari AQSh, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Chexiya, Slovakiya va boshqa
mamlakatlarda keng tarqalib borgan.
Byuro o’z faoliyati davomida quyidagilarga amal qilishni ta’kidlaydi:
- kasb tanlash, turmush o’rtoq tanlashdek ahamiyatga tenglashtirish kerak;
- kasbni tasodifiy holatga umid qilgandan ko’ra, uni tanlash afzaldir;
- kasbni, mutaxassis maslahati bilan va yaxshi o’ylab ko’rib, ishonch xosil qilgan
holda tanlash kerak;
- yoshlar ko’p sonli kasblar bilan tanishib chiqishi lozim, birinchi uchragan yoki
“qulay” bo’lgan kasbni tanlashi kerak emas;
- maslaxatchi kasb tanlashda, shaxsning xarakter xususiyatlarini, kasb tanlash
omillari va kasblar olami bilan yaqindan tanishib chiqqandagina uning ishi yaxshi
natija beradi.
O’tgan asrning 50-yillarida AQShda A.Maslovning kasbiy rivojlanish
kontseptsiyasi hisoblangan nazariyasi ishlab chiqilgan, bunda shaxs o’zi mustaqil
kasb tanlashi kerak bo’lgan, o’quvchi o’z qobiliyati mos kasbni o’zi tanlashi va
amaliyotda o’zini ko’rsata olish kerak. Bu kontseptsiya S.Axelrod, S.Ginsberg,
E.Ginsburga va boshqlarning ishlarida yanada rivojlandi va bu ta’lim-tarbiya
jarayonida o’qituvchilarga va o’quvchilarning individual faolligiga ta’siri
ahamiyatli bo’lgan.
D.Syuper kontseptsiyasi asosida AQSh maktablarida kasbga yo’naltirishni
nazorat qilish yoki maslahat xizmati tartibi ishlab chiqilgan. Kasb tanlashga
yo’llash maslahatchisining tayinlanishi maktab davrida o’quvchi bilan birgalikda
uning kasbiy faoliyati sohasini tanlash rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish
erishishga yordam berishdir.
AQSh maktablarida kasb tanlashga yo’llash maslahat ishlari o’quvchining
maktab yillari davomida amalga oshiriladi. Kasb tanlashga yo’llash maslahatlarini
o’quvchilarni qiziqtiradigan turli savollarga javob bera oladigan va turli
masalalarda tavsiyalar berish imkoniyatiga ega, yosh psixologiyasini biladigan va
tegishli tayyorgarlikka ega mutaxassis bergan. Maslahatchi-konsultant
o’quvchilarni kasblar olami va ularning egallash yo’llarini bilan tanishtiradi.
89
Ta’lim jarayonida o’qituvchilar kasb tanlashga yo’llashlarini muvofiqlashtiradilar
va ota-onalarga farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam
beradilar.
AQShda o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llashishlari maktab xizmati bilan
chegaralanib qolmaydi. Bu mamlakatda yoshlarni kasb tanlashga yo’llash va
bandligini ta’minlash tizimini yuritadigan davlat tasarrufidagi turli tashkilotlar
mavjud bo’lib, ularning faoliyati yuqori darajada tavsiflanadi. AQSh
Konstitutsiyasiga ko’ra, ta’lim masalalari federal hukumatning xizmat doirasi
kirmaydi.
Har bir shtat ta’lim jarayonini tashkil qilish bilan bog’liq masalalar
yuzasidan mustaqil qaror qabul qiladi. Har bir shtat o’z o’quv reja va dasturlari
ega. Barcha shtatlarning davlat boshqaruvi organlari hodimlaridan biri
maktablardagi kasb tanlashga yo’llashlarini muvofiqlashtirish bilan bog’liq ishlarni
bajaradi.
AQShda yoshlarini kasb tanlashga yo’llashlarini Mehnat vazirligiga bo’ysunuvchi
xususiy va davlat aholi bandligi xizmatlari (mehnat birjalari) ham bajaradilar.
Aholi bandligi xizmatlari yoshlar va kattalar bandligini ta’minlashda test sinovdan
o’tkazish va maslahatlar berish bilan birga tadbirkorlarning talab va ehtiyojlari
ko’ra bo’sh ish o’rinlariga nomzodlarni aniqlash bilan ham shug’ullanadilar.
AQShda shuningdek, xususiy agentliklar keng tarqalgan. Ularning
faoliyatini davlat hukumati nazorat qiladi. Davlat kasb tanlashga yo’llash
90
xizmatlaridan farqli o’laroq, xususiy agentliklar pullik xizmat ko’rsatadilar.
Xususiy agentliklar xodimlari sotsiologiya, psixologiya yoki boshqaruv
yo’nalishlaridan birida diplomga ega bo’lishi kerak.
Kollej va universitetlar o’quvlari uchun ta’lim muassasalar xuzuridagi kasb
tanlashga yo’llash markazlari tashkil etilgan bo’lib, ular yoshlarni nafaqat kasb
tanlashga yordam beradilar, balki ularni mehnat faoliyatini yo’lga qo’yishga, butun
hayoti va mehnat faoliyati davomida mustaqil qaror qabul qilishga ham
o’rgatadilar.
Yangi kontseptual yondashuvga asoslangan kasb tanlashga yo’llashlari turli
ta’lim dasturlarida ham o’z ifodasini topgan. Masalan, “maktabdan ishga” dasturi
(1994 yil) orqali o’quvchilar o’z amaliy tajribalarida turli sohalar haqidagi
tushunchalarga ega bo’lishadi. O’quvchilar firma yoki biror ishlab chiqarishda,
mutaxassis nazoratida ishlab ko’rish imkoniga ega. Bundan tadbirkorlar o’zlari
manfaatdordirlar. Ular jamiyatga kadr tayyorlashni nafaqat faxr hisoblaydilar,
balki o’z kompaniyasini kengaytirish va takomillashtirish uchun iqtidorli yoshlar
orasidan zaxiralar tayyorlash uchun ham bu ishda qatnashadilar.
O’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlashning yana bir yo’li bor. Maktabning
so’nggi ikki yili (11-12 sinflar) davomida kollej dasturi bo’yicha akademik o’quv
mashg’ulotlari o’tkaziladi. O’quvchilarga mutaxassislar tomonidan laboratoriya va
ishlab chiqarishda turli amaliy vazifalarni bajarishlari uchun individual dasturlar
ishlab chiqiladi. O’quvchilar tomonidan dasturlarni erkin tanlanishi muayyan
mutaxassisliklarni, qiziqish, bilimi va ko’nikmalarini hisobga olgan holda tanlash
imkonini beradi. Bu esa ta’lim jarayonida kasbiy yo’lini o’zi anglagan holda
tanlash imkonini beradi.
AQSh asosiy ahamiyatni mehnat bozorini rivojlantirish istiqbollarining
holatiga hamda kasbning shaxsga qo’ygan talabi, ta’lim olish yo’llari va
imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar bazasiga qaratadi.
91
Ma’lumotlar bazasidan foydalanish kasb tanlashga yo’llashlarini sezilarli darajada
samaradorligini oshirishga olib keladi.
Shunday qilib, AQSh kasb tanlashga yo’llash tizimining ishi maktab
yoshidagi o’quvchlardan tortib to katta yoshdagi aholi kasbni mustaqil tanlashini
qo’llab-quvvatlashga
yo’naltirilgan.
So’nggi
yillardagi
yangi
axborot
texnologiyalarni kirib kelishi bilan inson hayotida o’zgarishlar ro’y berdi. Bu esa,
mamlakatning iqtisodiy o’sishiga hissa qo’shdi.
Dostları ilə paylaş: |