Yaponiyaning ham kasb tanlashga yo’llash o’ziga xosligi mavjud. Kasbga
yo’naltirishni tashkil etish ta’lim tizimining o’ziga xos jihatlari bilan bog’liqdir.
Yaponiyada ta’limning asosiy maqsadlaridan biri bu – o’quvchilarni kasbga
tayyorlashda, o’quvchilarni kasbiy rivojlanishga o’rgatish, kelajakdagi, shaxsiy
fazilatlariga mos va o’zlari qiziqqan kasbiy rivojlanish yo’llarini to’g’ri tanlay
olish qobiliyatini o’stirish hisoblanadi.
S.Fukuyama tomonidan o’quvchilarni kasbni tanlashga tayyorligini
shakllanishini baholovchi test ishlab chiqilgan. Bu test "B-test" (Rikiuata test) deb
nom olgan. Muallif kasb tanlashning uchta asosiy omillar belgilaydi:
a) o’z-o’zini tahlil qilish,
b) kasblarni tahlil qilish,
c) professional sinovlar (o’zini kasblarda sinab ko’rish).
O’z-o’zini tahlil qilish – o’quvchilar o’z xarakterini, intellektual qobiliyatini,
mahoratini, jismoniy kuchini aniqlash imkonini beradi. Mazkur tahlil, (pedagog,
psixolog, ota-onalar) kuzatuvi, o’rganishi va ularning baholari natijasida o’quvchi
o’ziga bergan baholarini hisobga olgan holda o’z vaqtida to’g’ri yo’nalishda ish
olib borishlariga sabab bo’ladi. Kasblarning tahlili – turli kasblarning
xususiyatlarini va xodimlarga qo’yiladigan talablarni ochib beradi. Kasbiy sinovlar
– o’quvchilarga mazkur kasbda tajriba orttirish hamda qobiliyati va ko’nikmalarini
uning tabiatiga mosligini aniqlash imkonini beradi.
96
Har yili yapon yoshlari tanlov asosida inson bilan o’zaro bog’liq bo’lgan
(texnika, tabiat, belgilar tizimi, badiiy obraz) mehnat faoliyatlarida ishtirok
etadilar. Maktab o’quvchilari bir yilda 16 marta, uch yil davomida 48 marta o’z
bilim va ko’nikmalarini sinab ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar. “B-test”
dasturida – o’z-o’zini kasbiy sinovlar va ular tomonidan qo’lga kiritilgan
professional tajribalari qayd etilib boriladi. O’z-o’zini kasbiy sinovlar natijasida
o’quvchilar, tanlagan kasb bo’yicha tayyorgarligi hamda mazkur kasb, xodimga
qo’yadigan talablari bilan tanishganlik va bilim, ko’nikmalarga egalik darajasini
hisobga olgan holda o’zining individual xususiyatlarini, manfaatlari va
intilishlariga solishtirish imkonini beradi.
Rossiyaning kasb tanlashga yo’llash ishlaridagi tajribalari ham o’ziga xosligi bilan
ajralib turadi. Rossiyaning ta’lim tarixida yoshlarni kasb tanlashga tayyorlash
muammosini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilgan va qaratilib kelmoqda.
Boshqa mamlakatlarda bo’lgani kabi, Rossiyada ham kasb tanlash muammosi
ijtimoiy mehnatning taqsimlanishi va kasblar paydo bo’lishi bilan birga yuzaga
kelgan. Lekin, XIX asr oxiriga qadar, kasb tanlashga ilmiy muammo sifatida
e’tibor qaratilmagan, chunki odatda yoshlar o’z qiziqish yoki qobiliyatlarini
hisobga olmay, ota-onalari kasbini tanlashga moyil bo’lganlar. Kasb tanlash
jarayoniga ilmiy nuqtai nazarda e’tibor qaratilmagan. Shu bilan birga yoshlarga
kasb tanlashga tayyorlash faoliyatlarini olib boruvchi tashkilotlar ham bo’lmagan.
Bu holat, sanoat ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi va ko’plab yangi ish
o’rinlari hamda tor doiradagi mutaxassisliklar paydo bo’lgunga qadar davom
etgan. Rossiyada kasb tanlashga yo’llash ishlariga, asosan XX asr boshida e’tibor
qaratila boshlagan.
Bu davrga kelib, kasb tanlashga yo’llash xizmatining keng tarmog’i ochildi,
kasb tanlashga yo’llash byuro va laboratoriyalar hamda turli ilmiy-tadqiqot
institutlarida kasba yo’naltirish metodologik muammolari bilan shug’ullanuvchi
psixotexnik laboratoriyalar tashkil etila boshlagan, ilmiy-tadqiqotlar metodlari
rivojlantirildi, kasb tanlashga yo’llash testlari ishlab chiqildi hamda kasbni
mutaxassisga qo’yiladigan talablari o’rganila boshlandi.
97
Ko’proq e’tibor, maktablardagi kasb tanlashga yo’llash ishlariga, ayniqsa,
tarbiyaviy ishlarga qaratildi. Ko’pchilik o’qituvchilar o’qitayotgan o’quv fanlari
orqali kasb tanlashga yo’llash ishlarini amalga oshirganlar. Yoshlarni kasbni
mustaqil tanlashga tayyorlashni nazorat qilish uchun qisqa muddatli o’quv kurslari
tashkil etilgan. Pedagogika institutlari ayrim bo’limlari (pedagogik va
psixotexnik)da talabalarni kasb tanlashga yo’llash maxsus tayyorgarlik ishlari
boshlangan.
Keyingi yillarda, o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga e’tibor oshdi, kasb
tanlashga yo’llash nazariyasi va amaliyoti yuzasidan tadqiqotlarni kuchayganini
kuzatish mumkin. Uning quyidagi asosiy komponentlarini ishlab chiqildi: kasbiy
tarbiya, kasbiy ta’lim, kasbiy maslahat, kasbiy tanlov, kasbiy moslashish.
O’quvchilarni mustaqil ravishda kasb tanlash muammolarini hamda kasb tanlashga
yo’llash shakl va metodlari tadqiq etildi. Maktab va korxonalar hamkorligini
mustahkamlash hamda mehnat ta’limini rivojlantirish chora-tadbirlar ishlab
chiqildi (E.F.Zeer, E.A.Klimov, N.S.Pryajnikov, S.N.Chistyakova, N.F.Rodichev,
E.O.Cherkashin va boshq.).
XX asr 70-yillarning oxiriga kelib, maktablar va maktabdan tashqari bolalar
ta’lim muassasalarining asosiy faoliyati kasb tanlashga yo’llash va kasblar haqida
ma’lumotlar yig’ish, kasb tanlash imkoniyatlari va bandlikni ta’minlashdan iborat
bo’lgan. Maktablarda kasb tanlashga yo’llash ishlarini tashkil etish uchun
pedagogik kadrlarni tayyorlash tizimi tashkil etildi, kasb tanlashga yo’llash
doirasidagi ilmiy tadqiqotlar soni ortdi, muntazam ravishda natijalar aks etgan
ilmiy anjumanlar, simpozium, seminarlar o’tkazildi.
1980 yillarga kelib kasb tanlashga yo’llash ishlari davlat darajasiga
ko’tariladi. Mehnat davlat qo’mitasi xuzurida, kasbiy maslaxat punktlaridan iborat
keng tarmoqli bo’linmalariga ega bo’lgan xududiy kasb tanlashga yo’llash
markazlari tashkil etildi. Maktabning kasb tanlashga yo’llash tizimini
rivojlantirishda o’quv-uslubiy xonalar muhim rolni o’ynadi.
XX asrning 90 yillarda Rossiyani bozor iqtisodiyotiga o’tishi, kasbni
mustaqil tanlash tushunchalari o’zgarishiga olib keldi, fukarolar orasida kasbiy
98
faoliyatini qayta-qayta o’zgartirish ehtimoli oshdi. O’zgarishlar kasb tanlashga
yo’llash siyosatiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Insonlarning ehtiyojlari va qiziqishlari
kasb tanlashga yo’llash ishlarga bog’liq bo’lib qoldi. Ilm-fan va amaliyot kasb
tanlashga yo’llash muammolarining yangi echimlarini topish vazifasiga duch keldi.
1990 yilda, S.N.Chistyakova rahbarligida “Maktab–mehnat–kasb”, shaxsning
rivojlanish qonunlariga, uning qiziqishlari va ehtiyojlariga asoslanib o’quvchilarni
kasb tanlashga yo’llash tizimining yangi yondashuvlarni ishlab chiqish uchun
“Vaqtinchalik ilmiy-tadqiqot jamoasi” tashkil etildi.
Rossiyaning 2002 yilda joriy etilgan maxsus maktablar o’quvchilari
tomonidan kasbni mustaqil tanlashga tayyorlash doirasida olib borilayotgan ishlar
sezilarli darajada ta’sir etdi. Maxsus kasbiy yo’naltirishni maktabgacha va
boshlang’ich ta’limiga ham kiritish mumkin bo’ldi.
Kasbga yo’naltirishning asosiy bosqichi umumiy ta’limning asosiy bosqichi
bilan bir vaqtga to’g’ri keladi. O’quvchilar ta’lim olish yo’nalishni tanlash
bo’yicha qaror qabul qiladilar hamda maxsus kasbiy ta’limni o’zlashtiradilar,
shuningdek, psixologik-pedagogik va shaxsiy diagnostikaga ega bo’ladilar.
O’quvchilarda qabul qilgan shaxsiy qarorlariga nisbatan xurmati shakllanadi,
chunki u orqali yuqori sinfda maxsus kasbiy ta’limni olishga qaror qabul qiladi.
Maxsus kasbiy yo’naltirishning yakuniy bosqichi umumiy ta’limning yuqori
sinflarida amalga oshiriladi, natijada, o’quvchida ta’limni yoki maktabdan keyingi
kasbiy faoliyatni davom ettirishga qaror shakllanadi.
Kasbga yo’naltirishga maxsus tayyorgarlik ishlari: ta’limni yoki ish faoliyatini
davom ettirishni tanlashda yordam ko’rsatish, kasblar olami bilan tanishish,
mehnat bozorida talab va ehtiyojlari haqidagi axborotlar bazasi bilan ishlash kabi
tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Xalqaro tajribalarni o’rganish davomida kasbga yo’naltirishning mazmuni
va tahliliga ham alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarni kasbga yo’naltirishning bir
qator yo’nalishlari mavjud, bular: tahliliy yo’nalish, ta’limiy yo’nalish, shaxsga
yo’naltirilgan yo’nalish, shakllanayotgan yo’nalish, rivojlanayotgan yo’nalish,
uning (qiymatli, mintaqaviy, insonparvarlik va boshq.) jihatlari kabilardir.
99
Tahliliy yo’nalish - ish faoliyatda foydalanish uchun tahlil vositasi
yordamida aniqlanadigan shaxsning qiziqish va qobiliyatlarini e’tibor olgan holda
kasb tanlashga yo’llashishini olib boradi.
Yoshlarni kasbga yo’naltirishda tarbiyaning o’rni beqiyos chunki, tarbiya
insonni tashqi ta’sirlarga bo’lgan munosabatlariga asoslangan. K.Roberte,
D.Syuper va boshqalar “har kimni har qanday kasbga o’rgatish mumkin, faqat
uning uchun, samarali usulni tanlash zarur” - deb hisoblaydilar. Shuning uchun,
yoshlarni o’qitishda, asosiy vazifa shaxsning individual xususiyatlarini o’rganish
va o’qitish uchun optimal sharoitlarni tashkil etish lozim. Bu olimlarning fikriga
ko’ra kasb tanlashga yo’llash o’quv jarayonining ajralmas qismi bo’lishi kerak.
Kasbga yo’naltirishning tarbiyaviy yo’nalishi o’quvchining ijtimoiy kelib
chiqishidan qat’iy nazar, kasb tanlashda va berilgan imkoniyatlardan foydalanishda
mustaqil qaror qabul qila olishiga o’rgata olishi lozim.
Kasbga yo’naltirishning bunday yondashuvi shaxs qobiliyatlarini
rivojlanishiga olib keladi. Lekin, u differentsial ruhiy fiziologiya nazariyasi va
amaliyotida olingan ma’lumotlarni inkor qiladi. Odamlar orasidagi mavjud tabiiy
va kam o’zgaruvchan individual farqlar bir xil kasblarda chidamlilikni
shakllantirishiga yoki boshqalariga esa bajara olmas to’siq bo’lishi mumkin.
Kasbga yo’naltirishda insoniylik xissini uyg’otishda, o’quvchining
insonparvarlik tushunchasining umumiy tamoyillariga asoslaniladi.
Kasbga yo’naltirishning rivojlanishi, kasbni to’g’ri tanlanishini belgilovchi
omildir. Bu esa, kasb tanlovchini muhim hayotiy va kasbiy vazifalarini hal etish
jarayonida faol bo’lishini talab etadi. Kasbga yo’naltirishning asosiy maqsadi,
o’quvchi tomonidan kasbni mustaqil tanlashda uning psixologik tayyorgarligini
shakllantirishni jadallash-tirishdir.
Amaldagi kasb tanlashga yo’llash ishlarida diagnostika va tarbiya
masalalarida uzluksizlik mavjud bo’lsada, haligacha bu sohada olimlar o’rtasida
nazariy va amaliy ishlanmalar yuzasidan muhokamalar to’xtamagan.
Kasbni mustaqil tanlashga tayyorlash jarayoniga, ta’lim jarayoni sifatida qaralishi
kerak. Kasbni mustaqil tanlashga tayyorlashni shakllantirishda, kasb tanlovchini
100
ongli va asoslangan kasbiy faoliyat turini tanlash imkonini beruvchi motivatsion
munosabatini, kobiliyatni, muhim shaxsiy fazilatlarini ifoda etish va
rivojlantirishga o’rgatish kerakki, shu orqali kasb tanlovchining o’zining shaxsiy
ichki resurslarini ishga tushurish bilan o’zining kasbiy faoliyatini olib bora olsin.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda rivojlangan mamlakatlarda
o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga katta e’tibor qaratiladi, deb xulosa qilish
mumkin. Shu bilan birga, kasb tanlashda, mehnat bozori sharoitida o’zini-o’zi
baholay olish qobiliyatiga hamda etarli darajada raqobatbardosh bo’lishga intilish
ustuvor vazifa hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlardagi kasb tanlashga yo’llash
sohasidagi muammolarini o’rganganimiz, bizga, o’tmishdan qolgan va hozirgi
kundagi an’analarimizni, tajribalarimizni qaytadan ko’rib chiqish, tahlil qilish
hamda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga va o’qituvchilarni bu jarayonni
boshqarishga tayyorlashga bo’lgan qarashlarimizning o’zgarishi dinamikasini
kuzatish imkonini beradi.
Xorijiy mamlakatlar kasb tanlashga yo’llash tajribalari shuni ko’rsatib
turibdiki, aksariyat mamlakatlarda hozirda ta’limni insonparvarlashtirish
tendentsiyasi
keng
tarqalgan.
Ta’lim
tizimlari
pragmatik,
dinamik,
moslashtirilganligi bilan farq qilmoqda. Ko’p mamlakatlarda, ta’lim
modernizatsiyalashishi
nafaqat
ta’lim-tarbiyaning
strukturasiga
balki,
o’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash tizimiga ham ta’sir qilgan.
Xorijiy davlatlar tajribasida kasb tanlashga yo’llash va bandlikni
ta’minlashga, kasb haqida ma’lumot va maslahat berish, kasbni o’quvchi
tomonidan tanlashga tayyorlash, uning bandligini ta’minlash va mehnat faoliyatiga
moslashuvi (adaptatsiyasi)ni ta’minlovchi jarayonlarni o’z ichiga oluvchi yagona
kompleks sifatida qaralmoqda. Xorijiy olimlarning mazkur kompleksning qismlari
haqidagi fikrlari shuni ifodalaydiki, o’quvchining o’qishdan mehnat faoliyatiga
o’tishi - natijaviy harakatdir.
Xalqaro hamjamiyat tomonidan to’plangan tendentsiyalar va yoshlarni kasb
tanlashga yo’llash tajribalari, bizning ta’lim tizimimiz qiziqishini uyg’otmoqda
101
hamda hozirda joriy etish bo’yicha tajribalar va chora-tadbirlar belgilash maqsadga
muvofiq ekanligini anglatmoqda.
Jahonning yoshlarni kasb tanlashga yo’llash tajribasidan kelib chiqib, kasbga
yo’naltirishda diagnostik yo’nalishining asosiy maqsadi bolaning tug’ma
salohiyatini tashxis qilishdan iborat, shuning uchun o’quvchiga o’z ustida ishlash
sharoitini yaratish lozim.
Shaxsni ijtimoiylashuvini rivojlantirish asosida turmush tarzini tanlashga,
yoki oddiy qilib aytganda maktab o’quvchilarini kasbni mustaqil tanlashga
tayyorlash jarayoni takomillashtirilsa, shundagina kasb tanlashga yo’llash ishlari
shaxsga yo’nalgan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |