Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101
2 5208751846268607301

Tushunchali tafakkur – bu ma’lum tushunchalar qo‘llaniladigan tafakkur. 
U yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va 
tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan 
foydalanamiz.
Obrazli tafakkur – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining 
bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. Ko‘pincha 
tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi odamlarda 
ustun bo‘ladi. 
Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi, lekin 
bunday aks ettirish mavhumdir. O‘z navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi 
olamni aniq va sub’ektiv aks ettirish imkonini beradi. Shunday qilib, tushunchali 
va obrazli tafakkurlar bir-birini to‘ldiradi. 
Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur obrazlarni qo‘llash bilan bog‘liq. Bu tafakkur 
odam biror masalani echishda turli obrazlarni, hodisalar va jismlar haqidagi 
tasavvurlarni tahlil qilishida, qiyoslashtirishida, umumlashtirishida namoyon 
bo‘ladi. 
Ko‘rgazmali-harakatli tafakkur – mohiyati real jismlar bilan amalga 
oshiriladigan amaliy o‘zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo‘lgan tafakkurning alohida 
turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi 
mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlarda kengroq ifodalanadi. 
Yana til vositalari asosida vazifa bajaruvchi so‘z-mantiqiy tafakkur mavjud 
bo‘lib, u tafakkur tarixiy rivojlanishining so‘nggi bosqichidir. Unga tushunchalar 
va mantiqiy hosilalarni qo‘llash xosdir. 
Amaliy tafakkur tajriba, amaliy harakatlar asosida amalga oshiriladi va aniq 
vazifalarni bajarishga qaratilgan, nazariy – tajriba bilan ish ko‘rmasdan 
tushunchalardan foydalanadi. Diskursiv tafakkur – kengaytirilgan tafakkur, ichki 
sezgi kechishining tezligi, aniq ifodalangan bosqichlarning mavjud emasligi, oz 


168 
darajada anglanganligi bilan xaraterlanadi. Reproduktiv, ishlab chiqaruvchi 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin