164
IX. TAFAKKUR. INTELLEKT. NUTQ
Reja
1. Tafakkur, uning xususiyatlari va turlari.
2. Tafakkur operatsiyalari, sifatlari va individual xususiyatlari
3. Intellekt haqida tushuncha.
4. Nutq va uning turlari.
1. Tafakkur, uning xususiyatlari va turlari.
Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni
bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy
ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va
tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda
insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida
ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv
reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam
hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch
ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar:
«yuaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat
natijasida nima hosil bo‘ladi?»dan iborat.
Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor,
tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning
mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan
iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni
ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi.
Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt
va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur
jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‘tish sodir bo‘ladi.
Shunday qilib,
tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish
sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri
Dostları ilə paylaş: