Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


tafakkur – bu namuna bo‘yicha tafakkur, ijodkorlik esa – yangi kashfiyotlar,  yangi natijalarga olib boruvchi tafakkur. Realistik tafakkur



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101
2 5208751846268607301

tafakkur – bu namuna bo‘yicha tafakkur, ijodkorlik esa – yangi kashfiyotlar, 
yangi natijalarga olib boruvchi tafakkur. Realistik tafakkur voqelikni to‘g‘ri aks 
ettiradi, odam o‘z hulq-atvorini anglaydi, autistik tafakkur esa, asosan, ob’ektga 
emas, affektga mos bo‘lganlarni ifodalaydi, ehtiyojni qondirishga, kelib chiqqan 
hissiy zo‘riqishni kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Tafakkurning aqliy jarayonning natijasi hisoblangan uch xil shakli: 
tushuncha, mulohaza va xulosa farq qilinadi. 
Tushuncha –  bu jism va hodisalarning umumiy, ahamiyatga ega bo‘lgan 
va farqlanuvchi belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli. Tushunchalar asosida 
hodisalar va jismlar haqidagi mavjud bilimlarimiz yotadi. U aniq va mavhum 
bo‘lishi mumkin. Jismning barcha belgilaridan aynan ushbu jism yoki o‘xshash 
jismlar guruhini xarakterlab beruvchi ma’lum belgilar yig‘indisi ajratilgan bo‘lsa, u 
holda aniq bir tushuncha haqida gap ketadi. Bunday tushunchalarga shahar, g‘oya, 
jamiyat va boshqalar kiradi. Agar jismdagi biror-bir alohida belgi ajratilib, va bu 
belgi o‘rganish predmeti bo‘lib xizmat qilsa, alohida jism sifatida o‘rganilsa, 
mavhum tushuncha hosil bo‘ladi. Bunday tushunchalarga fidokorlik, tenglik, 
vijdoniylik va boshqalar kiradi. 
Tushunchalar ayrim va umumiy bo‘lishi mumkin. Ayrim belgilar deb, 
jismning qaysi sinfga tegishliligidan qat’iy nazar, yagona jismga taalluqli bo‘lgan 
tushunchaga aytiladi. Ayrim tushunchalarga moskva, toshkent, baykal ko‘li va 
boshqalar kiradi. Umumiy tushuncha deb, bir jismga emas, balki, jismlar sinfiga, 
bu sinfdagilarning istalgan jismiga tegishli bo‘lgan tushunchaga aytiladi. Masalan, 
samolyot, davlat, korxona, institut va h.k. 
Tushunchalarning tasavvurdan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlariga, 
tasavvurlarning doimiy obrazga ega ekanligi, tushuncha esa – bu so‘zda o‘z 
ifodasini topgan fikr ekanligidan iboratligi kiradi; tasavvur ahamiyatli va 
ahamiyatga ega bo‘lmagan belgilarni o‘z ichiga oladi, tushunchalarda esa faqatgina 
ahamiyatli belgilar saqlanib qoladi. Tushuncha tasavvurdan ko‘ra ko‘proq 


169 
umumlashtirilgan aks ettirish hisoblanadi. 
Hukm – jismlar va hodisalar o‘rtasidagi aloqani aks ettiruvchi tafakkur 
shakli; biror narsani tasdiqlash yoki inkor etish. Tasdiqlovchi hukmga misol 
sifatida: «psixika miyaning vazifasi», «barcha metallar elektr tokini o‘tkazadi», 
inkor etishga – «suvda hech qanday yog‘ erimaydi» kabi hukmlarni keltirish 
mumkin. 
Biz tasdiqlayotgan yoki inkor etayotgan hukmning ma’lum sinfning jislaridan 
birortasi, ba’zilari yoki har qaysi jismga taalluqli bo‘lishiga bog‘liq ravishda 
hukmlar ayrim, xususiy yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Ayrim hukm: «bu odam 
hech qachon aldov yo‘liga kirmaydi». Xususiy hukm: «ba’zi metallar suvdan 
og‘irroq». Umumiy hukm: «suyuqlikdagi har bir jismga u siqib chiqargan 
suyuqlikka teng bo‘lgan bosim ta’sir ko‘rsatadi». 
Hukmlarning ob’ektiv voqelikni aks ettirishiga ko‘ra ular chin va soxta 
bo‘lishi mumkin. Chin hukm jismlar va ularning xossalari o‘rtasidagi voqelikda 
mavjud bo‘lgan aloqalarni ifodalaydi. «massa – inertlik o‘lchovi» chin hukmdir. 
Xato hukm ob’ektiv hodisalar o‘rtasidagi voqelikda mavjud bo‘lmagan aloqani 
ifodalaydi, masalan: «barcha odamlar uchun o‘lim muqarrar emas». 
Bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm yuzaga keladigan tafakkur shakli 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin