Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
2 5208751846268607301

Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va 
keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima, 
qachon, qaerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi 
jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va 
mohirona yo’naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni 
to’g’ri yo’naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur: 


35 
– 
ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini 
saranjomlash, yorug’likka qulay joylashib olish; 
– 
muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko’rish; 
– 
aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish, 
aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi soat 5 dan 11 
gacha, kunduzgi soat 16 dan kechki 20–24 gacha aqliy faoliyat unumdorligi 
yuqoriligini kuzatish mumkin). 
Muxandis xodimning kasbiy faoliyatida diqqatning asosiy xususiyatlari 
(taqsimlanishi, tarqoqligi, barqarorligi, tez o’rin almashishi) ham o’zisha xos 
ahamiyat kasb etishi, ya’ni sodir bo’lgan voqea-hodisalarning zarur tomonlarini 
o’rganish va aniqlik kiritishda, jinoyatchi shaxsning psixik holatini kuzatishda qo’l 
kelishini anglab etish lozim. Masalan, diqqatning hajmi 7–12 ta ob’ektni to’liq 
qamraydi, barqarorligi 10–12 daqiqa to’liq saqlanadi, bir soniya ichida diqqatni 3–
4 marotaba ko’chirish mumkin. 
Diqqatni kuchaytirish usullari: 
– javobgarlik hissini sezish, faoliyat samaradorligini belgilovchi ahamiyatli 
tomonlarni hisobga olish; 
– 
muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirishda irodaviy kuchga tayanish; 
– 
ob’ektni «e’tibor bilan kuzat», «yaxshilab qara», «yana bir bor tekshir» 
kabi diqqatni kuchaytiruvchi buyruqlarni berish; 
– 
salbiy hissiyotlarni kuzatish jarayoniga aralashtirmaslik; 
– 
kuzatuvchanlik faoliyatini susaytiruvchi omillarni inobatga olmaslik. 
Diqqatni jamlash tamoyillari: 
– muayyan holatga diqqatni yo’naltirish; 
– 
ahamiyatsiz ma’lumotlarni miyada saqlamaslik; 
– 
keraksiz fikrlarga chalg’imaslik. 
Diqqat jarayoni, o’z navbatida, kuzatuvchanlik faoliyati bilan uyg’un 
shakllanadi. Kuzatish muxandis xodimlarining kasbiy faoliyatida o’ziga xos 


36 
ahamiyat kasb etadi. U operativ qiziqish uyg’otgan shaxslarning jinoiy faoliyatini 
fosh etishda, ularning aloqalarini, shaxsiy xislatlarini o’rganishda, tergov 
jarayoniga tegishli ma’lumotlarni to’plashda namoyon bo’ladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin