27
(aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning mohiyatidan
sotsial- psixologik
xususiyatlar kelib chiqadi.
Taraqqiyot jarayonining o’zi avval biologik rivojlanishning universal
bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biogenetik qonuniyat F. Myuller
va E. Gekkellar tomonidan kashf qilingan bo’lib, ular ushbu qonuniyat
taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilish hamda antidarvinchilarga qarshi
kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq, inson organizmining
individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushunti- rishda qo’pol
xatolarga yo’l qo’yilgan.
Jumladan, biogenetik qonuniyatga ko’ra, shaxs
psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy
taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan
g’oya yotadi.
Psixologiya
tarixida
biologizmning
yaqqol
ko’rinishi
Z.Freydning shaxs talqinida o’z ifodasini
topgan.
Uning ta’limotiga
binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki
instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, u jinsiy (seksual) maylga (libidoga)
bog’liqdir. Bunga o’xshash biologizatorlik
omillari
inson
xulqini
belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki vazifasini bajara olmaydi.
Sotsiogenetik nazariya. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi
sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik
yondashuvga binoan,
shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish
(sotsializatsiya) usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro
munosabati
vositalaridan
kelib
chiqqan
holda
tushuntiriladi.
Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotning
ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
Kognitivistik yo’nalish. Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J.
Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J. Piajening intellekt nazariyasi
ikkita muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funktsiyalari va intellektning
davrlari ta’limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning
asosiy funktsiyalari
uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko’nikish)dan iborat bo’lib,
28
intellektning funktsional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni ajratadi:
1)
sensomotor intellekti (tug’ilishdan to 2 yoshgacha);
2)
operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha);
3)
muayyan operatsiyalar davri (7–8 yoshdan 11–12 yoshgacha);
4)
formal (rasmiy) operatsiyalar davri.
J. Piajening g’oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini
kognitiv-genetik
nazariyaga
biriktirish
mumkin.
Bu
yo’nalishning
namoyandalari qatoriga L. Kolberg, D. Bromley, Dj. Birrer, A. Vallon, G.
Grimm va boshqalar kiradi.
Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o’rganishga Rossiyalik
atoqli olimlar L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N.
Leontev, B. G. Ananev, A. G. Kovalev, L.I. Bojovichlar o’zlarining salmoqli
hisslarini qo’shganlar.
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs – ijtimoiy munosabatlarning ham ob’ekti,
ham sub’ekti. A. N. Leontevning tushunti- rishicha, shaxs faoliyat sub’ektidir. K.
K. Platonov jamiyatda o’z vazifasini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli individni
shaxs deb ataydi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq
ochishga harakat qilgan
S. L. Rubinshteynning ta’rificha, shaxs tashqi ta’sirlar yo’nali- shini
o’zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar mahsulidir.
A.V.Petrovskiyning quyidagi ta’rifini shaxsning psixolo- gik ta’rifi sifatida
qabul qilish mumkin: «O’z mehnati tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan,
jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida munosabatga kirishuvchi
odam shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol o’zgartiruvchi sub’ektga
aylanadi». Ko’rinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli
tomonlardan yondashib, unga har xil ta’rif berishgan.
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta’rif
berish
mumkin.
«Shaxs o’z menligini anglagan, o’zgalar bilan o’zaro munosabatlarga