Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101
2 5208751846268607301

kirisha oladigan tabiat va jamiyatga faol ta’sir o’tkaza oladigan har qanday 
individ». 
Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning fikrlaridan 
kelib chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushu- nish bo’yicha quyidagi 
xulosalarga kelish mumkin. 
1) 
jamiyatning a’zosi hisoblangan va ong egasi bo’lgan har bir individ 
shaxsdir; 
2) 
shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o’ziga xos bo’lgan murakkab 
individual sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va xususiyatlar shaxs 
xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida, irodasi va xulq-avtorida, 
xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va qiziqishlarida ifodalanadi; 
3) 
odam shaxs bo’lib tug’ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot jarayonida 
shaxs sifatida shakllanadi. 
4) 
shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub bo’lgan 
jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan holda o’rganish 
mumkin. 
Ushbu xulosalardan muxandis faoliyatida amalda foydalaniladigan 
bo’linsa, shaxs muammosini o’rganishning ikki tendentsiyasi («tendentsiya 
lotincha so’z bo’lib, «intilish», «g’oya», «fikr», «mayl», «tamoyil» degan 
ma’nolarni anglatadi) birli- gini kuzatish mumkin. 
Birinchi tendentsiya muxandis xodimlarini jamiyatda mavjud shaxs sifatida 
tan olib, uning shaxsiy individual psixologik xususiyatlarini o’rganish, ya’ni uni 
psixologik jihatdan tavsiflash, tasniflashdir. Buni xodimning injener mehnati 
psixologiyasi nuqtai nazaridan talqin qilish mumkin. Ya’ni, muxandis mehnat 
huquqni qo’llash faoliyatining psixologik qonuniyatlarini tadqiq etadi va 
muxandislikka oid mutaxassisliklar professiogrammalarni, texnik usul va 
mahoratni, mutaxassislik ko’nikmalari va malakalarini, kadrlarni tanlash va joy-
joyiga qo’yishni, muxandislik faoliyati shakllari va boshqaruvini, mutaxassislik 
yo’nalishini, mutaxassislikka tanlovni; muxandislik idoralari xodimlari shaxsini 


30 
shakllantirish va ixtisoslikka oid tarbiyalashni, mutaxassislik deformatsiyasi 
(buzilishi) va uning oldini olish, ish joyini, ish vaqtini to’g’ri tashkil etishini va 
boshqa masalalar bo’ycha ularning psixologik asosini ishlab chiqish bilan 
shug’ullanadi. 
Ikkinchi tendentsiya muxandislar xizmat faoliyatining ob’ekti va predmetini 
tashkil etuvchi shaxslar psixologiyasini har tomonlama o’rganish. Bu 
tendentsiyaning echimi muxandis xodimlar zimmasiga yanada murakkabroq 
bo’lgan vazifalarni yuklaydi
2

Bu ikki tendentsiya muxandisxodimlari faoliyatida shaxs muammosini 
psixologik jihatdan chuqur o’rganishni taqozo etadi. 
Muxandis xodimlar faoliyatida shaxs muammosini o’rganishning bu ikki 
tendentsiyasi rasman ikki xilda ko’rinsa ham uning echimi bir nuqtaga, ya’ni 
mamlakatimizda yashab mehnat qilayotgan shaxslarning psixologiyasini 
o’rganib, jamiyatda barqarorlikni ta’minlashga kelib taqaladi. Bu har ikki 
tendentsiya uchun ham ustuvor vazifa hisoblanadi. Muxandis shaxsining 
psixologik tuzilishi etarli darajada o’rganilmagan. Uning psixologik tuzilishi 
quyidagi masalalarning hal qilinganligi darajasiga bog’liq. 
Birinchidan, muxandis davlat xizmatchisi sifatida mavjudmi, mavjud 
bo’lsa, unga qanday majburiyatlar yuklangan va qanday vakolatlar berilgan? 
Bizning davlatimizda bu masala etarli darajada hal qilingan. Masalan, ishlab 
chiqarish jarayoni mavjud, u har doim takomillashib bormoqda. 
Ikkinchidan, muxandislar o’zaro va fuqarolar bilan bo’ladigan 
munosabatlari qanday ijtimoiy normalarga asoslangan? Bu masala ham ijobiy 
hal qilingan bo’lib, u qonunchilikka hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga 
asoslangan. 
Uchinchidan, muxandislarning kasbiy va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik 
darajasi qanday yo’lga qo’yilgan?
To’rtinchidan, xodimlarning har bir ijobiy xatti-harakat qanday baholanadi? 
2
Климов В. Л. Инженерная психология. – СПб., 1999. – С. 198. 


31 
Mana shu masalalarning qonuniylik, adolat, axloqiylik mezonlari bilan hal 
qilinishi muxandislarining psixologik tuzilishini belgilaydi. 
Psixolog olimlar shaxsning psixologik tuzilishini quyidagicha talqin 
qiladilar. Masalan, atoqli rus psixologi S.L.Rubinshteynning fikriga ko’ra, 
shaxs psixologiyasi quyidagi tuzilishga ega: yo’nalganlik, u ehtiyojlar, 
qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda 
dunyoqarashlarda ifodalanadi; 
1) 
bilimlar, ko’nikmalar, malakalar hayot va faoliyat jarayonida egallanadi; 
2) 
individual tipologik xususiyatlar temperament, irodada aks etadi. 
K.K.Platonov ta’limotiga ko’ra, shaxs psixologiyasining tuzilishi 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
Yo’nalganlik kichik tizimi (ost tuzilish) shaxsning axloqiy qiyofasi va 
munosabatlarini birlashtiradi. Undan harakatchanlik, barqarorlik, jadallik
ko’lam (hajm) darajalarini farqlash lozim. 
Ijtimoiy tajriba kichik tizimi (ost tuzilishi) ta’lim vositasida, shaxsiy 
tajribada egallangan bilimlar, ko’nikmalar va odatlarni qamrab oladi. 
Psixologik aks ettirish shakllari kichik tizimi (ost tuzilishi) ijtimoiy turmush 
jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlarini o’z 
ichiga oladi. 
Biologik shartlangan kichik tizimi (ost tuzilishi) miyaning morfologik va 
fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik 
o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik 
xosiyatlarini birlashtiradi. 
A. G. Kovalev talqiniga ko’ra, shaxs psixologiyasi quyidagicha tuzilishga 
ega: 
– 
yo’nalganlik voqelikka nisbatan inson munosabatini aniq- laydi, unga 
o’zaro ta’sir etuvchi har xil g’oyaviy va amaliy yo’nalishlar, qiziqishlar, 
ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini 


32 
belgilaydi. 
– 
imkoniyatlar shaxs faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini 
ta’minlovchi tizim. O’zaro ta’sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha 
qobiliyatlarni qamrab oladi; 
– 
iroda ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvorini aniq- laydi. Odamning 
ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Iroda tizimida irodaviy 
va ma’naviy sifatlar ajratiladi; 
– 
mashqlar tizimi hayotiy faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish 
(korrektsiyalash), o’zini o’zi nazorat qilish, boshqarishni ta’minlaydi. 
Bundan tashqari, inson shaxsining o’zi «endopsixik» va «ekzopsixik» 
tizimga bo’linadi, degan fikr ham ilgari surilgan. Shaxs psixologiyasining ichki 
tuzilishi sifatida «endopsixika» bamisoli kishining nerv psixik tuzilishiga o’xshash 
bo’lgan inson shaxsining ichki mexanizmi kabi psixik qismlar va funktsiyalarning 
o’zaro ichki bog’liqligini ifoda etadi. «Ekzopsixika»ning tashqi muhitga 
munosabati, ya’ni shaxs qanday bo’lmasin, baribir munosabatga kirishishi va 
shaxsga qarama-qarshi turadigan tizimlarning barchasiga nisbatan munosabati 
bilan belgilanadi. 
«Endopsixika» moyillik, xotira, tafakkur, xayol, irodaviy zo’riqish, tashqi 
ta’sirlarga beriluvchanlik kabi xislatlarni, «ekzopsixika» esa kishi munosabatlari 
tizimi va uning tajribasini, qiziqishlarini, moyilliklarini, his-tuyg’ularini, 
shakllangan bilimlari va boshqa xususiyatlarini o’z ichiga oladi. Tabiiy asosdagi 
«endopsixika», ijtimoiy omil bilan belgilanadigan «egzopsixika»ga qarama-
qarshi o’laroq, biologik jihatlar bilan bog’liq. 
Psixolog olimlarning yuqorida bayon qilgan fikrlarini metodologik asos 
qilib olgan holda, muxandis xodimlari shaxsining psixologik tuzilishi 
quyidagilardan iborat deb hisoblash mumkin: 
1) 
kasbiy yo’nalganlik xodimning ehtiyojlari, qiziqishlari, e’tiqodlari, 
faoliyati va xulqining ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarida ifodalanadi; 
2) 
kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar xodimning hayotiy faoliyati 


33 
jarayonida egallanadi; 
3) 
individual tipologik xususiyatlar xodimning temperamenti, irodasi va 
qobiliyatida aks etadi; 
4) 
mashqlar tizimi hayotni, faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish 
(korrektsiyalash), o’zini o’zi nazorat qilish, o’zini o’zi boshqarishni ta’minlaydi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin