Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


xulosa deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang‘ich hukmlar  xulosa dalillari



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/101
tarix31.05.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#60226
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101
2 5208751846268607301

xulosa deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang‘ich hukmlar 
xulosa dalillari deb ataladi. Masalan, barcha slanetslarning yonuvchanligi ma’lum, 
va ushbu modda slanets bo‘lsa, u holda «ushbu moddaning yonuvchanligi» haqida 
xulosa yasash mumkin. 
Xulosa chiqarishning sodda va tipik shakli sillogizm hisoblanadi. Masalan: 
«barcha metallar – elektr o‘tkazuvchi. Qalay – metall bo‘lgani uchun, qalay – 
elektr tokini o‘tkazadi». 
Inson asosan xulosalarning ikki turi – induksiya va deduksiyadan 
foydalanadi. Induksiya – bu xususiy xulosalardan umumiy xulosalarni keltirib 
chiqarish, ayrim dalillar va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qoidalar va 
qonunlar o‘rnatish usuli. 


170 
Deduksiya – bu umumiy mulohazalardan xususiy mulohazalar keltirib chiqarish, 
umumiy qonunlar va qoidalar asosida ayrim dalillar va hodisalarni bilish. 
2. Tafakkur operatsiyalari, sifatlari va individual xususiyatlari 
Fikrlash jarayonida inson atrof-olamni o‘ziga xos aqliy opersiyalar 
vositasida o‘rganadi. Asosiy fikrlash operatsiyalariga analiz va sintez, taqqoslash, 
abstraksiya va umumlashtirish, aniqlashtirish, tasniflash va tizimlashtirish kiradi. 
Analiz – bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar, harakatlar, 
munosabatlarga ajratish. Stolni, masalan, qopqog‘i, tirgaklari, g‘aladonlari va 
boshqalarga bo‘lish mumkin. Fikrlash jarayoni bevosita nutqiy faoliyatga 
kiritilganida analiz amaliy, va nazariy holatda aqliy bo‘ladi. 
Sintez – bu qismlar, xossalar, harakatlarni fikran yaxlitlikka birlashtirish. Xuddi 
shunday, o‘quvchi biror mavzuni o‘rganishda matnning hammasini o‘qib chiqadi, 
so‘ngra esa alohida ma’noga ega bo‘lgan qismlarni ajratadi, ya’ni matnni tahlil 
qiladi. Keyin eslab qolish uchun reja tuzadi – bu sintez operatsiyasi bo‘ladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin