165
tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va
yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.)
Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi.
Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar,
chizmalar,
belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va
munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli
xildagi vositalardan foydalanadi.
Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir
ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar
yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi
vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning
ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan
inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi.
Tafakkurning o‘ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga
keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog‘liqligidan iborat. Tafakkur
muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‘lgan savolga javobdan
boshlanadi.
Tafakkur muammosini ko‘rib chiqqan a.a.smirnov
tafakkur va aqliy
jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishini tafovutlash zaruriyati haqida
ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz
assotsiatsiyalardan keng
foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini echishda ahamiyatli yordam
ko‘rsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ kechishida holat o‘zgacha bo‘ladi.
Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda o‘z oldimizga hech qanday maqsad
qo‘ymaymiz, chunki hech qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir jarayon
ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir-biri bilan assotsiativ tarzda bog‘langan
bo‘ladi. Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi ko‘p hollarda inson
toliqqan bo‘lib, hordiq olishni xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga ketishdan oldin
xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o‘ylar o‘tishini kuzatgansiz. Mana shu o‘ylar
ma’lum assotsiatsiyalarga kiradi.
Tafakkurning alohida muhim o‘ziga xos xususiyati – bu uning nutq bilan uzluksiz
166
aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq
tovush shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov
odamlarda ham nutq
shakliga mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr
yuritamiz.
Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan yashirin,
tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‘lib hisoblanadi.
Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur
jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish – ifodalash motivi (nutqiy
maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan
iborat bo‘lgan murakkab jarayon.
Tafakkur – bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g‘oyalar harakati. Uning
natijasi obraz emas, balki ma’lum bir fikrdir. Tafakkur – bu kiritilgan yo‘nalishli-
tadqiqiy, qayta o‘zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo‘lgan
harakatlar va
muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo‘lgan nazariy va amaliy
faoliyat.
Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi
sababiy-oqibat
aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini
beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo‘llash sohasi bo‘lgan amaliyot tafakkur
faoliyatining manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik
jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o‘taydigan yuqoriroq
darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi.
Lekin
hozirda tafakkur jarayonini ta’minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o‘zaro
ta’sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida
miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. Bundan
tashqari, bosh miya po‘stlog‘ining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan
ta’minlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini ta’minlovchi
miya nutq
markazlari ham katta ahamiyatga ega.
Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy
tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‘rgazmali-
167
obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: