Microsoft Word KichikBiznes doc



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

Ikkinchi bo’lim.
«Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametr va 
ko’rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo’lib, biznes-reja asosiy 
g’oya va mazmunining qisqacha ko’rinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida 
yaratilib, aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi.
Umumlashtiruvchi bo’limda quyidagilar taqdim etiladi: bosh maqsadning 
loyihasi (bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayotgan reja yakunining 
qisqacha tavsifi va ularning o’zaro farqi; qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’l va 
usullari; loyihani amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bog’liq 
sarf-xarajatlar; kutilayotgan samara va natija; olingan foydani qo’llash sohasi. 
Umumlashgan natija ko’rsatkichlari: umumiy yakunlovchi ko’rsatkichlar (ishlab 
chiqarish hajmlari, mahsulotning sotilishi, xizmatlarning ko’rsatilishi; sotishdan 
tushgan mablag’; shaxsiy va zayom sifatida olingan vositalar (samaradorlik); 
maxsus ko’rsatkichlar (sotilayotgan tovar va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati, 
ularning o’ziga xos xususiyati, iste’molchilarnint talabi va didini qoniqtirishi; 
qilingan xarajatlarning qoplanishi; tavakkalning past darajaliligi; rejalashti-
rilayotgan natijani olish kafolati).
Uchinchi bo’lim.
«Tadbirkorning 
iste’molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tavsifi» deb 
nomlanib, unda quyidagilar taqdim etiladi: tadbirkor ishlab chiqargan mahsulot 
ko’rsatkichlari yoki uning tavsifi: ta’rifi, modeli, sur’ati va boshqalar; 
ishbilarmon ishlab chiqargan tovar iste’molchilari va u qoniqtirmoqchi bo’lgan 
iste’mollar (xaridorning tovarni sotib olishga qodirligi haqida bashorat; tovar 
sotib oluvchi hudud, aholi guruhi, tashkilotlar haqida ma’lumot; tovarlarni 
ma’lum vaqt doirasida iste’mol qilishi haqida ma’lumot, tovarga nisbatan 
talabga ta’sir yetuvchi omillar); ishlab chiqarilgan tovarning sotish narxini ba-
shorat qilish.

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin