Microsoft Word KichikBiznes doc



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

To’rtinchi bo’lim.
«Bozor kon’yunkturasi, talab va sotuv hajmin-
ing tahlili» bo’limida talabni o’rganish va narxlarni bashorat qilishning davomi 
bo’lib, bu bo’limda ishlab chiqarishning hajmi va tovarning sotilishi vaqt 
mobaynida belgilab beriladi. Biznes-rejani tayyorlash jarayonida bozorning 
tadqiqoti, tahlili va baholanishi bir tomondan, oldindan taxmin qilishga 
asoslansa, ikkinchi tomondan, bo’lajak xaridor yoki savdo tashkiloti bilan 


43 
bo’lgan dastlabki bitimga tayanadi. Loyihalarning o’lchami va muddatiga 
qarab, turli xil sharoitlar yuzaga keladi. Kichik va qisqa muddatli loyihalar 
amalga oshirilganda mahsulot iste’molchilari doirasini aniqlash mumkin. Bu 
esa , o’z navbatida, sotuv hajmi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Bo-
zorga tahliliy baho berish bilan birga, biznes-reja bozorni marketing va boshqa 
faoliyat turlari bilan jadallashtirish yo’llarini ham belgilab berishi lo-
zim.Ushbu bo’limni ishlab chiqishda boshqa ishbilarmonlar mavjudligi, 
raqobatchilar, ularning imkoniyati va qobiliyati, shuningdek narx siyosa-tini 
bilish lozim. Bundan tashqari, biznes-rejaga raqobatni hisobga olgan holda 
tovarning sotilish hajmi kiritiladi. 
Beshinchi bo’lim.
«Harakat dasturi va 
tashkiliy chora-tadbirlar» bo’lib, bu bo’limning mazmuni aksariyat hollarda 
tadbirkorlik turiga (ishlab chiqarish, tijorat, moliya) bog’liq. Ishbi-
larmonlik harakat dasturi quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) marketing 
harakatlari (reklama, sotish bozorini aniqlash, iste’molchilar bilan aloqa 
bog’lash, ularning talabini hisobga olish); b) mahsulotni ishlab chiqarish; 
v) tovarlarni sotib olish, saqlash, tashish, sotish (asosan, tijorat tadbirkorli-
giga oid); g) tovarni sotish jarayoni va sotgandan keyin xaridorga xizmat 
ko’rsatish.Tashkiliy tadbirlar dasturiy harakat-larning uzviy qismi bo’lib, 
biznes-reja bajarilishining boshqaruv uslubi; loyiha boshqaruvining tashkiliy 
tuzilmalarini; ijro yetuvchi harakatlarni muvofiqlashtirish uslubini qamrab 
oladi. Mehnat haqining maxsus shaklini o’rnatish, rag’batlantirish, kadrlarni 
tanlab olish, ularni tayyorlash, hisob, nazorat ishlari tashkiliy tadbirlarga 
kiradi.

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin