Microsoft Word KichikBiznes doc


Xodimlarni qabul qilish madaniyati



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

Xodimlarni qabul qilish madaniyati. 
Tadbirkor o’z navbatida 
rahbardir. U xodimlarni qabul qilish madaniyatiga ega bo’lishi lozim. Chunki 
xodimlarni qabul qilish, ularning tashvishlariga quloq solish, og’irlarini engil 
qilish har bir rahbarning burchi va vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun ham 
qabul madaniyatiga rioya qilish uchun rahbar quyidagilarga e’tibor bermog’i 
lozim:

suhbatdoshingizni qancha vaqtingiz borligi to’g’risida ogohlantiring;

faqat suhbatdoshingiz gaplarini inobatga olib, vaziyatni ko’z oldingizga 
keltiring;

to’xtatib bo’lmaydigan, uzil-kesil munozaradan o’zingizni tiying;

o’z fikringizni ishonchli va batafsil bayon ayting;

o’z g’oyangizni izchillik bilan bayot yeting;

ovozingizni baland qilmasdan gapiring, so’zlaringiz dona-dona va 
ravon bo’lsin; 

qarshi tanbeh hollarda o’zingizga nisbatan tanqidiy yondashing;

shunchaki fikrlash yoki haqiqatan ham shunaqami – bular o’rtasidagi 
farqni biling;

savollarni shunday tuzingki, ularni tushunish bir xilda bo’lsin;

muammo muhokamasini aniq yechim bilan tugating;

ishni qalashtirmang, zudlik bilan ko’rsatma bering;

suhbatdoshingizni yumushi o’zi uchun o’ta muhim yekanligini unut-
mang.
Qabulingizda bo’lgan shaxsning muammosini hal etishga imkoniyat 


81 
bo’lmagan taqdirda ham siz uni samimiy iltifot bilan kuzating va xayrixohlik 
bilan ishining o’nglanib ketishiga umid baxshida yeting.
Umuman, xizmat yuzasidan qabul chog’ingizda quyidagi qoidaga rioya 
qilsangiz, nur ustiga a’lo nur bo’lar edi:
Uchrashuv chog’ida – xushfe’llik. 
Quloq solish chog’ida – e’tibor, rag’bat.
Bahslashuv chog’ida – ko’p narsani bilishga qiziquvchanlik.
Tanqid chog’ida – o’zini tuta bilish.
Tashkilotda rahbarlardan qaysi biri, qanday masala yuzasidan kishilarni 
qabul qilishi aniq belgilab qo’yilishi zarur. Bo’ysunuvchilarni iltimosiga 
ko’ra, qabul qilganda rahbar ularga iltimos va takliflarini qisqa bayon qilishni 
o’rgatishi lozim. Agar rahbar o’zi taklif yetib qabul qilsa, bo’ysunuvchi bu 
haqda oldindan xabardor qilinishi kerak. Suhbat chog’ida ishonch muhitini 
vujudga keltirishi lozim, suhbatdoshni majbur qilish, sha’nini kamsitish 
mumkin emas.

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin