84
Xarakter sifatlari –
maqsadga intiluvchanlik, dadillik, mardlik, ishonch,
o’zini tuta bilish, o’zi va boshqalarga nisbatan talabchanlik, tavakkal qilish
qobiliyati, qiyin vaziyatlarda ham o’zini yo’qotmaslik, xazil-mutoyiba
tuyg’usi.
His-tuyg’u sifatlari
– his-tuyg’ularning turg’unligi, aniqligi, ifodaliligi,
kuchli xayajonli holatlarda to’g’ri harakatlar qilish qobiliyati, muloqotga
kirishganda boshqalar kayfiyatini, his-tuyg’ularini hisobga olish, o’z his-
hayajonlarini va kayfiyatlarini boshqara olish.
Xulq-atvor sifatlari
– yanada yaxshilashga intilish va uni himoya etish,
kishilar bilan munosabatda samimiylik, halollik.
Tadbirkor rahbarning ruhiy-fiziologik sifatlari:
1. Arzimas narsalardan janjal chiqarmaslik, achchiqlanmaslik, ba’zan
ko’rib ko’rmaganga olish.
2. Ruhiy jarayonlarda bosiqlik.
3. Ruhiy, xayajonli xavf-xatar hollarida o’zini yo’qotib qo’ymaslik.
4. O’zini anglashda faollik, kayfiyatda o’ta sezgirlik.
5. Jismoniy sog’lom va har tomonlama barkamollik.
Tadbirkor rahbarning axloqiy, ma’naviy sifatlari:
1. Mehnasevarlik, kishilarga nisbatan mehribonlik, insonparvarlik,
samimiylik, halollik, vijdonlilik, sabr-matonat, holislik.
2. Tartiblilik va intizomlilik, o’ziga va boshqalarga talabchanlik, o’zgalar
fikrini tushunish va hisobga olish.
Uyushish-jipslashish bosqichi.
Mehnat jamoasiga uyushish-jipslashish
hamkorlikda faoliyat qilish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda jamoa
a’zolarining malakasi, qobiliyati, qiziqishlari e’tiborga olinadi. Shaxsiy
ehtiyojlarni qondirishdagi faoliyat kishilarni jipslashtiradi. Tadbirkor rahbar
mehnat jarayonida kishilarning bilimi, kasbi, malakasi, yoshini hisobga olib,
ularni jamoaga to’playdi. Bunda tadbirkor rahbarning tashkilotchilik qobili-
yati namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: