Microsoft Word KichikBiznes doc


Kengash va majlislarni olib borish madaniyati



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

Kengash va majlislarni olib borish madaniyati. 
Tadbirkor rahbar 
kengash va majlislarni olib borish madaniyatiga ham ega bo’lishi kerak. 
Kengash – jamoa fikri. Aql zakovatini muayyan masalani muhokama etish va 
oqilona qaror qabul qilish maqsadida uyushtirilgan majlisdir. 
Sohibqiron 
Amir Temur kengash to’g’risida shunday deydi: 
“Kengash ikki turli 
bo’lur. Biri – til uchida aytilgani, ikkinchisi – dildan chiqqani. Til uchida ay-
tilganini (shunchaki) eshitardim. Dildan aytilgan maslahatni esa qalbim 
qulog’iga quyardim va dilimga joylardim. Agar (g’anim ustiga) lashkar 
tortmoqchi bo’lsam, urush-yarashdan o’rtaga so’z tashlab, amirlarim 
ko’ngillarining bu ikkovidan qay biriga moyilligini bilishga intilardim. Agar 
yarashdan so’z ochsalar. Buning foydasini urush ziyoniga solishtirib 
ko’rardim. Agar urushga moyil bo’lsalar, uning naf va foydasini yarash ziyo-
niga taqqoslab ko’rardim, qaysi biri foydaliroq bo’lsa, shuni ixtiyor qi-
lardim”.
9.3.Tadbirkor rahbar faoliyatining ro’hiy-psixologik xususiyatlari 
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadbirkorlik va 
ishbilarmonlik, boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. 
Boshqarish uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish 
uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga ko’ra tarbiyaviy, moddiy 
rag’batlantiruvchi, ma’muriy-tashkiliy turlarga bo’linadi. 
Tarbiyaviy uslub, insonning ma’naviy takomillashishi, ruhiyatiga va 
boshqa ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi. 
Moddiy rag’batlantiruvchi uslub esa mehnat samaradorligini oshirish, 
mahsulot sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy qiziqtirish maqsadida 
tashkil etiladi.


82 
Ma’muriy-tashkiliy uslub
asosan jamiyat talablarini qondirishga 
qaratilgan bo’lib, ishlab chiqarish jarayoni va mehnat taqsimotini rejali olib 
borish uchun qo’llaniladi. Bu uslub ikki turda bo’lishi mumkin: uzoq 
muddatga moslashtiriladigan va bir martalik bo’lishi mumkin. Shart-
sharoitiga ko’ra, kerakli uslub qo’llaniladi va bu takomillashtirib boriladi. 
Boshqarish uslublarini takomillashtirishdan asosiy maqsad daromadni to’g’ri 
taqsimlash, har bir ishchi, xizmatchining o’z mehnatiga yarasha daromad ol-
ishini ta’minlashdir. Demak, boshqarish uslublarini hayotga shunday tatbiq 
etish kerakki, har bir inson mehnat qilsagina, turmushi yaxshi bo’lishiga 
ishonch hosil qilsin. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin