Microsoft Word KichikBiznes doc


Xo’sh, boshqarish san’ati nima?



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

Xo’sh, boshqarish san’ati nima?
Boshqarish san’ati tadbirkor rahbar-
lardan talab qilinadigan eng asosiy xislatlardan bo’lib, uning qo’l ostidagi 
ishchi-xizmatchilar bilan yaxshi munosabat o’rnatishi, korxonada ishlab 
chiqarishning eng samarali natijalarini beradigan muhit yaratishni taqozo 
etadi. 
Yaponiyaning boshqarish uslubi
ana shu tamoyil asosiga qurilgan. 
Yaponlarning boshlang’ich ijtimoiy sharoiti shundayki, ular ishchini ijtimoiy 
himoya qilish bilan birga ma’naviy tarbiyalab boradilar, inson ro’hiyatidan 
(psixologiyasidan) to’g’ri foydalanadilar, ishchini ishga tayyorlash jarayon-
ida xalqqa ma’lum bo’lgan uslublarni qo’llaydilar, ya’ni bajariladigan ish-
ning nozik tomonlari va qat’iylikni o’rgatadilar. Ishchining ish joyini tez-tez 
o’zgartirishi qat’iy qoralanadi, shu sababli ishchilar bir ish joyida uzoq yillar 
davomida ishlab, o’z kompaniyasiga sodiq bo’lishadi. Natijada, ishchilarning 
tajribasi va malakasi juda yuqori bo’ladi, bu esa , o’z navbatida, mehnat un-
umdorligining o’sishi, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga olib keladi. 
Bizda ham har bir tadbirkor rahbar ish joylarida mana shunday uslubni 
tashkil qila olishi kerak. Shundagina sifatsiz mahsulot sonini kamaytirib, 
yuqori sifatli mahsulot olishga erishish mumkin. 
Tadbirkor rahbarning tashkilotchiligi
– mehnat jamoasini uyushtirish, 
jipslashtirish, ishlab chiqarish va tarbiyaviy jarayonlarga ta’sir ko’rsatish, 
guruh faoliyatini oliy maqsadlarga qarata olish qobiliyati kabi masalalarni 
qamrab oladi.
Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatlarga tez erishadi? Ruhshunos 
olimlar uning bir necha omillarga bog’liqligini ta’kidlaganlar. 
Bular quyidagilardir: 
Tadbirkor rahbarda tashkilotchilik qobiliyatining namoyon bo’lishi: 
- jamoada sof axloqiy muhit paydo qila olishi, hammaning hamkorlikda 
harakat qilishini ta’minlay olishi; 
- kishilarni ishontira olishi va jamoada o’zaro yaxshi munosabatlarni 
qaror toptirish uchun shart-sharoit yaratishi. 
Rahbarning kishilar bilan til topib ishlash mahorati: 


83 
- tadbirkor o’z qo’l ostidagilarning nimaga qodirligini hisobga olib ish-
larni taqsimlashi; 
- kishilarni uyushtirishning eng muhim omillaridan foydalanishi; 
- har bir kishining ro’hiy-psixologik kayfiyatlariga mos ravishda mu-
loqot qilishi. 
Tadbirkor rahbarning mehnatga munosabatida ishbilarmonligi: 
- ishlab chiqarish va boshqa jabhalarda har xil muammolarni hal etishda 
eng qulay yo’llarni izlab topish; 
- vijdonlilik va adolatlilik; 
- boshlagan ishlarni oxiriga yetkazish. 
Rahbar faoliyatida ijro etish qobiliyatining namoyon bo’lishi: 
- kasbiy malaka va ko’nikmaga ega bo’lishi; 
- texnik vazifalarni hal etishga uquvliligi; 
- yangiliklar va g’oyalarni ishlab chiqarishga joriy etib borishi. 
Tadbirkor rahbarning qarorlarni qabul qilishdagi uquvi: 
- mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish; 
- qabul qilgan qarorining oqibati va natijalarini ko’ra bilishi; 
- ishlab chiqarishda sodir bo’luvchi turli holatlarni hisobga olib borishi, 
tanglikdan qutulish yo’llarini izlashi; 
- noto’g’ri qaror qabul qilganda o’z xatolarini bo’yniga olishi; 
- xodimlarni boshqaruv masalalariga ko’proq jalb etishi. 
Tadbirkor rahbarning kishilarga munosabati: 
- o’z va’dasi, so’zining ustidan chiqishi; 
- kishilarni bir-biridan ajratmasligi – hammaga bir xil munosabatda 
bo’lishi; 
- o’z qo’l ostidagilar va boshqalarga tavozeda bo’lishi va o’zini tuta 
bilishi, odobliligi va xushmuomalaligi; 
- kishilarga munosabatda har bir kishining ruhiy-psixologik 
xususiyatlarini hisobga olib muomalada bo’lishi. 
Tadbirkor rahbarning o’z-o’ziga talabchanligi: 
- o’z xatti-harakatlarini tanqidiy baholay olishi; 
- o’z imkoniyatlarini hisobga olib ishlashi; 
- boshqalarning unga bergan yaxshi va yomon baholarini tahlil yetib
ulardan tegishli xulosa chiqarishi. 
Rahbar o’zida quyidagi ruhiy-psixologik, fiziologik, axloqiy, ma’naviy 
va ishbilarmonlik sifatlarini mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. 
Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari: 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin