93
kengaytirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini
ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim
ahamiyat kasb etadi:
- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xa-
rajatlarini kamaytirishda ko’maklashish;
- ularni tashqi bozor kon’yunkturasidagi o’zgarishlar, istiqbolli bozorlar,
raqobatchilar to’g’risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;
- transport-kommunikasiya tizimlarini rivojlantirish;
- yangi transport yo’laklarini ochish orqali transport xarajatlarini ka-
maytirish va h.k.
Bu borada har bir tarmoq uchun ishlab chiqilishi ko’zda tutilayotgan
2010-2012 yilga mo’ljallangan tayyor mahsulotni yangi tashqi bozorlarga
chiqarish bo’yicha maxsus dasturlarda eksport hajmini oshirish, eksport qi-
linadigan yuklarni tashish tizimini takomillashtirish, eksportchi korxonalarni
marketing, moliya va tashkiliy-huquqiy qo’llab-quvvatlash masalalari o’z
aksini topadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, eksport hajmini oshirish, uning tarkibini
takomillashtirish, umuman tashqi savdo aylanmasini divesifikasiya qilish
iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat o’zgarishlariga yerishish, uning
raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush fa-
rovonligini yanada ko’tarish maqsadlariga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: