Microsoft Word KichikBiznes doc


Jamoaning tarkib topish bosqichi



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

Jamoaning tarkib topish bosqichi.
Bu bosqichda tadbirkor rahbar jamoa 
har bir a’zosining mehnatga munosabatini aniqlashga harakat qiladi. Kimki 
faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglasa, bor kuchi, ijodkorligini ishga 
safarbar etadi. Jamoada faollar va dangasalar, ishga halaqit beruvchilar bo’lishi 
mumkin. Tadbirkor rahbar bunday holda xodimlar o’rnini almashtirish, 
mehnatga munosabatini o’zgartirish, o’z ishiga qiziqtirish, tashabbus 
ko’rsatishga undash orqali jamoa faoliyatini ta’minlaydi. U bu ishlarni qo’l os-
tidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish, baholash, mehnat natijalarini chamalab 
ko’rish bilan qo’shib olib boradi. 
Har bir a’zoning jamoaga moslashish bosqichi.
Bu bosqichda «qolo-
qlar», «ishga halaqit beruvchilar» qolmaydi. Ularning shaxsiy qiziqish va 
ehtiyojlari jamoa faoliyati bilan uyg’unlashib, moslashib ketadi. Sof axloqiy-


85 
ruhiy muhit yaratilgan mehnat jamoasida faollik, ijodkorlik, kasbga 
qiziquvchanlik barqaror tus oladi. Shaxsda yaxshi niyat paydo bo’ladi, 
maqsad va ehtiyojlarini qondirishga intilish, mehnasevarlik kuchayadi. Ham-
korlikdagi mehnatdan zavq olish shaxslararo munosabatlarni yaxshi-laydi. 
Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi.
Bu bosqichda jamoa his-
tuyg’ulari bir maqsad yo’lida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga keladi, 
an’anaviylik qaror topadi. Inson o’z qiziqish va intilishlarini jamoa hayoti bi-
lan bog’laydi. Atrofdagilarga ishonch ortadi, do’stlik va muhabbat rishtalari 
mustahkamlanadi. Bu jarayonlarda tadbirkor rahbar zimmasiga katta 
mas’uliyat yuklanadi. Bunda tadbirkorning o’ziga xos ish yuritishi
boshqaruv malakasi, tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlarni olib borish mahorati 
yaqqol namoyon bo’ladi. 
Yaxshi tadbirkor rahbar uchun ma’lum shaxsiy sifatlar zarur. U qat’iyatligi 
va chaqqon, ziyrak bo’lishi kerak. Tadbirkor o’ziga kerakli fikrlarni yig’a bilishi 
kerak. 99 foiz ilg’or g’oyalar mutaxassislar bilan muloqotda yuzaga kelsa, 1 foiz 
g’oyalar odamlarni yeshita bilishida paydo bo’ladi. Buning uchun suhbatlash-
ishni bilish, o’rganish, shaxsiy g’arazlarni unutish, g’oyalarni tartibga solish
eng asosiysi, doimo o’qish-o’rganish kerak. Aks holda, u o’z ishini baholay 
olmaydi. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin