81
bo’lmagan taqdirda ham siz uni samimiy iltifot bilan kuzating va xayrixohlik
bilan ishining o’nglanib ketishiga umid baxshida yeting.
Umuman, xizmat yuzasidan qabul chog’ingizda quyidagi qoidaga rioya
qilsangiz, nur ustiga a’lo nur bo’lar edi:
Uchrashuv chog’ida – xushfe’llik.
Quloq solish chog’ida – e’tibor, rag’bat.
Bahslashuv chog’ida – ko’p narsani bilishga qiziquvchanlik.
Tanqid chog’ida – o’zini tuta bilish.
Tashkilotda rahbarlardan qaysi biri, qanday masala yuzasidan kishilarni
qabul qilishi aniq belgilab qo’yilishi zarur. Bo’ysunuvchilarni iltimosiga
ko’ra, qabul qilganda rahbar ularga iltimos va takliflarini qisqa bayon qilishni
o’rgatishi lozim. Agar rahbar o’zi
taklif yetib qabul qilsa, bo’ysunuvchi bu
haqda oldindan xabardor qilinishi kerak. Suhbat chog’ida ishonch muhitini
vujudga
keltirishi lozim, suhbatdoshni majbur qilish, sha’nini
kamsitish
mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: